2-Laboratoriya mashg’ulot



Yüklə 35,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü35,69 Kb.
#163320
  1   2   3
2-S.Lab ishi



2-Laboratoriya mashg’ulot 
Arduino IDE dasturi asosida sodda o‘rnatilgan tizimlarni loyihalashni 
o’rganish (Yonib o’chuvchi LED diod lampa) 
Ishdan maqsad
: Yonib o’chuvchi LED diod lampasi sxemasini yig’ish, 
Arduino IDE dasturi yordamida plataga dastur yozish. 
1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish. 
LED lampalari haqida umumiy ma’lumot: 
Nurlatuvch idiod
– bu elektr energiyasini nokogerent yo‘rug‘lik nuriga 
aylantiradigan, bitta 
р-n
o‘tishga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichli asbob. Yo‘rug‘lik 
nuri elektron – kovak juftlarining rekombinasiyasi natijasida yuzaga keladi. 
Rekombinasiyasi, 
р-n
o‘tish to‘g‘ri ulanganda kuzatiladi. Rekombinasiya doim ham 
nurlatuvchi bo‘lavermaydi va to‘g‘ri zonali yarim o‘tkazgichlarda, jumladan galiy 
arsenidida sodir bo‘ladi. Bunday yarimo‘kazgichlar spesifik xona diagrammasiga 
ega bo‘ladilar.
Nurlanayotgan yo‘rug‘lik to‘lqin uzunligi 

kvant energiyasi bilan 
aniqlanadi. U esa nurlanuvchi rekombinasiyada yarimo‘tkazgichning ta’qiqlangan 
zona kengligida deyarli teng bo‘ladi. Galiy arsenididan tayorlangan yorug‘lik 
diodlari uchun

= 0,9-1,4 mkm. Qizil, sariq va yashil rang nurlatuvchi diodlar 
galiy fosfati, siyoxrang nurlatuvchi diodlar esa – kremniy karbiti asosida yasaladilar. 
Nurlatuvchi diodning energetik xarakteristikasi bo‘lib 
kvant chiqishi 
(effektivligi) hisoblanadi. U zanjir bo‘ylab o‘tayotgan har bir elektronga yo‘rug‘lik 
diodi chiqishida qancha yo‘rug‘lik kvanti mos kelishini ko‘rsatadi. Zamonaviy 
nurlatuvchi diodlari uchun kvant chiqishi 0,01-0,04 ni, ikki va uch yarim 
o‘tkazgichli birikmalardan yasalgan getero o‘tishli nurlatuvchi diodlarida esa ancha 
katta (0.3 gacha) bo‘ladi. Lekin doim birdan kichik bo‘ladi. Volt-amper 
xarakteristikasi oddiy diodniki kabi exsponensial bog‘liqlik bilan ifodalanadi. 
Nurlatuvchi diod 10
-7
-10
-9
с. da qayta ulanadi, ya’ni yuqori tezlikda ishlovchi 
yorug‘lik manbai hisoblanadi.


Nurlatuvchi diod (LED – Light Emitting Diode) – lampochka emas, bu
p-n
o‘tishga asoslangan yarim o‘tkazgichli elektron asbob bo‘lib, undan elektr toki 
o‘tganda nur tarata boshlaydi (1-rasm). Odatda ishchi tok diapazoni 5 - 20 mА 
bo‘lib, ishchi toki 60-200 мА bo‘lgan o‘ta yo‘rug‘likdagi yo‘rug‘lik diodi ham 
ishlab chiqariladi. Nurlatuvchi diodni resistor orqali albatta qutblarini to‘g‘ri 
ulangan holda kuchlanish manbaiga ulash kerak. Sodir bo‘ladigan kuchlanish 
pasayishi 1,5 - 4 V oralig‘ida bo‘lib, uni ishga tushirish uchun hech bo‘lmaganda 0,3 
V dan ko‘proq kuchlanish berish kerak.

Yüklə 35,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə