2-ma'ruza. Sun'iy intellektning tasnifi Reja



Yüklə 192,64 Kb.
səhifə5/11
tarix30.12.2023
ölçüsü192,64 Kb.
#165971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2-маъруза(Классиф. ИИ)(26.11.21

3. Intellektual dasturlash. SIdagi ushbu yo’nalish dasturchining ushbu sohaga nisbatan qarashlariga mos keladi. Intellektual ilovalarni yaratishdagi qiyinchiliklar foydalanilgan algoritmik tilga, instrumental tizimga, dasturlash paradigmalariga, intellektual axborot tizim(IAT)ni yarish vositalariga va bilimlarni olishga, grafikli tizimlarga bevosita bog’liq (2.4-rasm) [2, 11, 12].

Ko'plab dasturiy tillar orasida SI bo'yicha kichik bir qismi ishlatiladi.

  1. C, C ++ kabi an'anaviy dasturlash tillari asosan instrumental tizim yaratish uchun qo’llaniladi.

  2. Maxsus dasturlash tillari:

  • Ro'yxatlarni qayta ishlashga yo'naltirilgan LISP va uning ko'p sonli versiyalari;

  • PROLOG mantiqiy dasturlash tili. Oldin mashinali tarjima qilishda, keyinroq esa mantiqiy ifodalardan mantiqiy xulosalashda qo’llaniladi.

  • Rekursif funksiyali REFAL tili.

  1. BNEda qo’llaniladigan tillar: KL-1, KRL, FRL freymlarga mo’ljallangan, PILOT produsiyali modellarga mo’ljallangan.

Instrumental tizimlar yetarli darajada tez rivojlanadi va turli xil intellektual tizimlarni loyixalash va yaratish uchun mo'ljallangan [7]. Hozirgi davrgacha ETlar deb nomlanuvchi ko’plab instrumental vositalar ishlab chiqilgan. Masalan, EKO, Leonardo, Nexpert Object, Kappa, EXSYS, GURU, APT, KEE Vva h.k.
Shuningdek, oxirgi yillarda integrallashgan unstrumental tizimlar ishlab chiqarila boshlandi. Sunday tizimlarga misol sifatida Work bench tizimlarga KEATS, Shelly, VITAL larni keltirish mumkin [7].
Aniqlik uchun birinchi tizimning tarkibiy qismlarni keltiramiz:

    • matnli bilimlarni qismlarga ajratish;

    • freymli modeldan foydalanib bilimlarni tavsivlash;

    • gipertekstli va kontseptualli modellarni yaratish uchun grafikli interfeys;

    • to’g’ri va teskari xulosalashning interpretatori;

    • mantiqiy chaqirishni vizuallashtirish instrumenti;

    • bilimlar bazasidagi jadvallarni boshqarish interfeysi.


Yüklə 192,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə