2 Mavzu. Adobe Photoshop dasturuning asosiy tushunchalari. Dasturning ishchi muhiti. Instrumentlar panelida quyidagi insturmentlar. Xossalar paneli. Ranglar palitrasi. Holat qatori. Kontekstli menyu. Ma’ruza mashg’uloti ta’lim tехnоlоgiyasining



Yüklə 4 Mb.
səhifə7/16
tarix17.12.2023
ölçüsü4 Mb.
#150303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
potoshop

Edit menyusi
Edit (Правка) Tuzatish (2.32-rasm) menyusi yordamida quyidagi amallar bajariladi: tasvirlarni muharrirlash buyruqlari: nusxalash, transformatsiya qilish (ko‘rinishini o‘zgartirish), qo‘yish va tasvir ranglarini qaytadan aniqlash, berilgan shakldagi va o‘lchamdagi kistlarni yaratish, har xil shakllar
va figuralar yaratish. Fade (Ослабить) menyuchasi buyruqlari ko‘zlangan amallar effektini kamaytirish (masalan, eng oxirgi ishlatilgan filtrdan tuzatish (korrektirovka) yoki chizishni boshqa amallar bilan almashtiradi). Purge (Очистить) menyuchasi buyruqlari xotirani tozalaydi. Yanada Edit menyuchasi yordamida Color Settings (Характеристики цвета) muloqot oynasini ochib, Preset Manager (Менеджер настроек)dan va Preferences (Установки) dan foydalanib ranglarni o‘zgartiradi.

2.32-rasm


Image menyusi

Image (Изображение) Tasvir menyusining Mode (Режим) menyuchasi yordamida (3.33-rasm), tasvirlar sakkizta imkoniyatning biriga o‘tkazilishi mumkin. Adjustments (Корректировки) menyuchasi tasvir ta’sirchanligi (toni), to‘yinganligi, ravshanligini o‘zgartiradi.
Image Size (Размер изображения) Tasvir hajmining menyuchasi yordamida fayl hajmini, tasvirni ajrata olishni, o‘lchamlarini o‘zgartira olish imkoniyatiga ega. Canvas Size (Размер холста) muloqot oynasi tasvir joylashgan ishchi maydon o‘lchamini o‘zgartirganda ishlatiladi.
2.33-rasm


Layer menyusi

Layer (Слой) Qatlam menyusida joylashgan buyruqlar (3.34-rasm) qatlamlarni qo‘shish, nusxalash, o‘chirish, o‘zgartirish, guruhlash, stekda joylashgan tartibni o‘zgartirish, o‘zaro bog‘langan qatlamlarni boshqarish, qatlamlarni biriktirish, maskani qo‘shish va tasvirni bitta qatlamga aylantirish amallarini bajaradi. Buyruqlarni bajarish tezligini oshirish uchun Layers (Слои) рalitrasidan foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

2.34- rasm

Yüklə 4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə