2-Mavzu: falsafiy tafakkur taraq


-masala. Qadimgi Hindiston falsafasi



Yüklə 186,5 Kb.
səhifə2/18
tarix28.11.2023
ölçüsü186,5 Kb.
#136124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2-mavzu

2-masala. Qadimgi Hindiston falsafasi Hindiston hududida topilgan eng qadimgi yozma yodgorliklarga (2500-1700 yy) asoslanadigan antik falsafa shakli.
Qadimgi hind jamiyati hayot haqidagi ilk manba Vedalar hisoblanadi. Hindistonning qadimiy gimni, falsafiy qarashlari uning madaniy merosining yozma yodgorliklarida, asosan 4 vedada (bilimlar, diniy gimnlar, qo’shiqlar to’plami) o’z ifodasini topgan. Bu vedalardan eng muhimi Rigveda bo’lib, eramizdan taxminan 1500 yil oldin maydonga kelgan. Qolganlari esa Yajurveda, Samaveda va Atxarvavedalardan iborat. Eramizdan 1000 yil oldin Upanishad (maxfiy ta’limot) oqimi vujudga kelib, uning ijodiy mahsullikda, deb tushuntiradi. Upanishadlar falsafasining mohiyati shundaki, u jonni ruh bilan tenglashtiradi. Upanishadlarcha, tan jonning qobig’i bo’lib, jon esa – dunyoviy ruhning bir bo’lagidir. Upanishadlardagi falsafiy mavzular asosan insonni o’rab turgan borliq, uning hayotidagi o’rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning hayoti va ruhiyatining mohiyati, bilish imkoniyatining chegaralari axloq me’yorlari haqidadir. Falsafiy muammolar asosan diniy-mifologik nuqtai nazardan bayon etilgan.
Jaynizm (hindcha «jinna» - «g’olib») – eramizdan avvalgi 1-yillik o’rtalarida qadimgi Hindistonda yuzaga kelgan va olamning asosida ikki ibtido: materiya va jon yotadi, deb hisoblaydigan ta’limot. Jaynizm ta’limotiga ko’r. Insonning asosiy maqsadi tashqi olam xukmronligidan qutulish va kamolga erishishdir. Inson tabiati ham moddiy, ham ruhiydir. Jon bir vaqtning o’zida nafis jon (jiva) va dag’al materiya (ajiva)ning birligidan iborat. Insonning joni 9jivasi) qanday bo’lsa, u ham shunday bo’ladi, bu holat esa karma-nafis materiyaga bog’liq. Karma jonni (jivani) o’z ta’siridan chiqarmaydi. Yaxshi yoki yovuz karmalar mavjud. Bu esa insonlarning turli shaxsiy sifatlarini belgilaydi. Jaynizm ta’limotining tarafdorlari inson kamollikka erishishi mumkin, buning uchun inson o’z karmasiga rioya qilishi va o’z ehtiroslaridan qutilishga intilishi kerak. Inson yovuz karmadan xalos bo’lishi uchun ezgu ishlarni bajarishi lozim. Deb hisoblaydilar.
Jaynizmda dunyoning tuzilishi va mohiyati haqida turli g’oyalar ilgari surilgan. Bu dunyo abadaiy, u hech kim tomonidan yaratilmagan va u yo’q qilib tashlanmaydi. Olamda ketma-ketlik tartibi mavjud: quyi dunyoda jinlar va gunohkorlar yashaydi, o’rta dunyo – biz yashab turgan dunyo, keyingi – xudolar dunyosi va undan yuqorida xudolarga o’xshashlar dunyosi joylashgan1.
Hinduizm – hindistonda tarqalgan din. Hinduizm ta’limoti verdizm va baraxmanizm g’oyalarining evolyusiyasi natijasida mil.av.2-ming yillikning o’rtalarida paydo bo’lgan. VIII-asrda Hindistonda islom dinining taraqalishi bilan, uni qabul qilmaganlarni «hindu»lar deb atay boshladilar. Hinduizm ibtidoiy dinlarning ko’p unsurlarini saqlab qolgan: muqaddas hayvonlar, tabiat hodisalariga, ajdodlar ruhiga sig’inish va hakozo. Hinduizm yagona cherkov tashkilotiga ega emas. Uning paydo bo’lishini biror konkret asoschining nomi bilan bog’lamaydilar. Hinduizm diniy va falsafiy qarashlarning murakkab kompleksi hamda qonun-qoidalari majmuasidan tashkil topgan bo’lib, odamning tug’ulganidan to o’lgunicha bo’lgan barcha huquq va burchlarini belgilab beradi. Marosimlar o’tkazishga katta e’tibor beriladi. Hinduizm Trimurti tamoyiliga asoslangan. Olam, hayotning hamma shakllarini Braxma yaratgan. Biroq, Braxmaga sig’inish deyarli yo’q. Hindular boshqa xudoga – Vishnu va Shivaga sig’inadilar, shunga muvofiq, hinduizm ikki asosiy oqim – shivaizm va vishnuizmga ajraladi. Hinduizmning hamma oqimlari Vedalarning abadiyligi va xudo tomonidan yuborilganligiga, Koinotning deyarli mavjudligiga, bunda harakat pastlashib boruvchi yo’ldan ketishiga: jonning abadiyligi va o’lmasligi, ko’chib yurishi (sansara)ga ishonadi.
Buddizm (Budda nomidan olingan) – diniy falsafiy ta’minot, vujudga kelishi jihatidan birinchi jahon dini. Buddizm asoschisi – shahzoda Siddxartxa Gautama (mln.av. 567-488 y.) vafotidan so’ng «haqiqat natijalari» - budda deb atala boshlagan. Yagona ta’limont sifatida shakllangan budizm dastlabki asrdayoq 18 ta maktabga bo’linib ketgan. Bir nechta saborlarda uni birlashtirishga urinish natijasiz yakunlangan. Milodning I-asrida buddizm xinoyana 9kichik aravacha yoki najot topishning keng yo’li) oqimlariga bo’linib ketadi. Hozirgi davrda buddizmga e’tiqod qiluvchilar soni 400 mlndan ziyod oshib ketdi. Buddizm falsafasi vedalar matnlari asosida yaratilgan. Siddxartxa o’z ta’limotining asosiy qoidalarini Banorasdagi targ’ibotida «to’rt oliy haqiqat» shaklda bayon etgan: 1) azob-uqubat xaqidagi ta’limot; 2) azob-uqubat sabablari haqidagi ta’limot; 3) azob-uqubatlardan xalos bo’lish haqidagi ta’limot; 4) azob-uqubatlardan qutqarishrshning najot yo’llarini topish haqidagi ta’limot. Bu so’nggi ta’limot yechimi «Najotning olijanob sakkizlik yo’li»da o’z ifodasini topgan: taqvodorlik e’tiqodli, qat’iyati, so’zi ishi, turmush tarzi, taqvodorlikka intilish, taqvodorlikni orzu qilish, taqvodorlik fikr-hayoli bilan yashash. Bu yo’lga amal qilgan odam oqibatda yuksak kamolotga erishadi, ya’ni u arxatga (chin haqiqatni anglab yetgan avliyoga) aylanadi va nirvanaga o’tadi.
Chorvaka-lokayata – miloddan avvalgi VII asrda Hindistonda yuzaga kelgan falsafiy maktab. Chorvaka-lokayata maktabining asoschisi-donishmand Brixaspatidir. Chorvaka so’zining lug’aviy ma’nosi to’rt unsur, «loka» so’zining lug’aviy ma’nosi-bu dunyoda, ya’ni moddiy dunyo. Bu ikki ta’limotning mazmuni bir bo’lgani uchun «chorvaka-lokayata» deb atala boshlandi. Olam asosida to’rt unsur yotadi. Brixapati ta’limotiga ko’ra, biz yashab turgan moddiy dunyodan boshqa dunyolar yo’q. Inson ham ana shu to’rtta unsurdan tashkil topgan. To’rt unsurni sezgilarimiz orqali qabul qilamiz. Ular hech kim tomonidan yaratilmagan. To’rtta unsurning turlicha birikishi orqali organizm, noorganik moddiy narsalar va hodisalar tashkil topadi.
Chorvaka-lokayataning ta’kidlashicha, insonda hissiy bilish muhim kasb etadi. Agar sezgi a’zolarimiz bo’lmaganda, olam haqida bilimga ega bo’lmagan bo’lar edik, deb ta’kijdlashardilar. Ular aqliy bilishni ham tan olganlar. Lekin aqliy bilish hissiy bilishdan kelib chiqadi deb o’qtiradilar.
Qadimgi Markaziy Osiyo zaminida dastlabki falsafiy fikrlar mil. avv. VIII-V asrlarda shakllangan. Qadimdan Markaziy Osiyo xalqlari tarixi boy ma’naviy merosga, ijtimoiy qarashlarga, jamiyat to’g’risidagi tasavvurlarga, insonning kelib chiqishi borasidagi fikrlarga ega bo’lgan. Bu xalqlar doimo o’z xalqi ozodligi, erki, farovon turmushi, insonlar baxtli hayoti uchun kurashib kelgan. Masalan, To’maris, Shiroq kabi qahramonlar butun umrini o’z xalqi uchun baxshida etganlar.
Miloddan avvalgi VII- III ming yilliklarda Markaziy Osiyoda Zardushtiylik dini ijtimoiy hayotning barcha sohalariga keng kirib borgan. Bu davrda Turonda ijtimoiy munosabatlar ancha rivoj topdi. Ayniqsa, bu paytda zardushtiylik va u bilan bog’liq bo’lgan dualistik dunyoqarash keng tarqalgan edi. Zardo’shtiylik faqat din bo’lib qolmay, balki o’sha davr mafkurasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-falsafiy qarashlarning ifodasi sifatida yuzaga keldi. Bu dinning muqaddas kitobi “Avesto” bo’lib, unda jamiyat va insonlarning kelib chiqishlari to’g’risida fikrlar bildirilgan. Zardo’shtiylik dinining ushbu kitobi 12 ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan yozilgan. Unda qadimgi kishilarning tabiat va uni bilish yo’llari haqidagi tasavvurlari umumiy tarzda ifoda etilgan. Unga ko’ra, insonni o’z ichiga olgan koinot yer, okean, osmon, yorug’lik va jannatdan iborat. Avestoda insonning kelib chiqishi qo’yidagicha ifodalangan: birinchi inson Govamard (ho’kiz-odam; forscha Qayumars) hisoblanib, yerdagi barcha insonlar undan tarqalgan. Insonlarning birinchi shohi Yima bo’lib, u hukmronlik qilgan davr oltin davr deb atalgan. Chunki bu davrda o’lim, qarilik, sovuqlik va yovuzlik kabi yomon illatlar jamiyatda yo’q bo’lgan. Yaxshilik xudosi Ahuramazda doimiy bahorni yaratib, insonlar baxli hayot kechirganlar. Oradan 900 yil o’tgach shoh Yima kibri havoga berilib, jamiyatda qattiq ta’qiqlangan sigir go’shtini yeydi. Natijada, yomonlik xudosi Axriman boshliq devlar bosh ko’taradi. Butun dunyoni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan barcha jonzotlar uchun qo’rg’on qurib, hamma jonzotlardan bir juftdan olib qo’rg’onga joylashtiradi va yerda hayotni shu tarzda saqlab qoladi. Shu bilan oltin davr tugab, Hayr va Sharr (yaxshilik va yomonlik) o’rtasidagi kurash davridan iborat ikkinchi davr boshlanadi. Bu ikkala xudo o’rtasida kurash ketadi va Ahuramazda g’alaba qozonadi. So’ngra uchinchi davr insoniyatning kelajak davri boshlanadi. Bu vaqtda barcha insonlarning orzu-umidlari, xohish-istaklari ro’yobga chiqadi, olamda yaxshilik hukmronlik qiladi.
Zardushtiylikda insonlar axloqiy-ijtiomiy ahamiyatga ega bo’lgan “ezgu fikr”, “ezgu so’z” va “ezgu amal”ga rioya etishgan.
“Avesto”da mehnat inson kamoloti va axloqiy sog’lomligining manbai sifatida ulug’lanadi. Zardo’shtiylik axloqi nuqtai nazaridan saxovatli bo’lish uchun inson birinchi galda halol mehnat qilishi, o’z qo’li bilan mahsulot yaratishi lozim. Shu boisdan Zardo’shtiylik dinida ishyoqmaslik hamma nuqsonlarning koni, deb qoralanishi bejiz emas.
Inson boshqalarga nisbatan baxillik qilmasligi lozim. Ezgu fikrlar esa jaholatga teskaridir, chunki jaholatda niyatlar yo’qoladi, burch va adolat unitiladi, uylamay ish qilinadi. Shuningdek, Zardo’shtiylikda insonni burch faqat axloqiy yo’l-yo’riqlarni o’zlashtirishdan iborat bo’libgina qolmasdan, balki oilaviy turmush, yaxshi yor va farzand to’g’risida ham uylash kerakligi ta’kidlanadi. Zardo’shtiylikda qadim zamonlardan beri kishilarning jamiyatdagi munosabatlarini tartibga soluvchi urf-odatlar va axloqiy qoidalar mavjud bo’lgan. Bunda Axuramazda xudosi ilohiy qonun darajasiga ko’tariladi. “Avesto”da huquqiy qoidalar tartibli tarzda ifoda qilingan bo’lmasada ham o’sha davrning huquqiy munosabatlari to’g’ri aks ettirilgan. Huquqiy sohalar jinoyat, fuqarolik, oila, yer-suv huquqi kabilarga ajratilgan. qadimgi davrda ham sud jazosi o’zining shavqatsizligi bilan ajralib turgan. Jazolash vositasi sifatida o’t, qizdirilgan temir va boshqa narsalar qo’llanilgan. Bu huquqiy qoidalar ham din asosida bo’lib, bosh hakam Axuramazdaning o’zi ko’rsatiladi.
Zardushtiylikdan keyin Markaziy Osiyoda II-III asrlarda rivojlangan ta’limot Monizm hisoblanadi. Bu ta’limotning asoschisi Moniy (216-276 yillar) bo’lib, u insonlar turmushi, hayoti va ijtimoiy masalalarga bag’ishlangan bir qancha risolalar hamda kitoblar yozib qoldirgan. Lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Hatto u insonlar bilim olishi uchun «Moniylik yozuvi» alifbosini ham tuzgan. O’zining ijtimoiy qarashlarida jamiyatdagi adolat, erkinlik, mehnatsevarlik kabi tushunchalarni ulug’laydi. Uning ta’limoticha, insonlar hayotiga nur dunyosi – yaxshilik va zulmat dunyosi – yovuzlik hukmronlik qiladi. Ammo inson o’z hayoti davomida yaxshilikni yomonlik ustidan hukmronlik qilishini ta’minlaydi, deydi. Monizm ta’limoti o’zida asosan oddiy xalq ommasi manfaatlarini himoya qilgan bo’lib, jamiyatdagi barcha mol mulkka ega bo’lgan boylarga qarshi edi. Shu sababdan uning ta’limoti o’sha davrdagi hukmron mafkura tomonidan tazyiqqa uchradi.
V-VI asrlarda Markaziy Osiyoda zardo’shtiylikka qarshi qaratilgan ta’limot Mazdak (470-529 yillar) boshchiligidagi Mazdakizm ta’limoti edi. Bu ta’limotning asosiy negizini ijtimoiy masalalar tashkil etadi. Uningcha, dunyodagi yovuzlik insonlarni boy va kambag’al bo’lishidir. Shu tarzda jamiyatda ijtimoiy adovatlarga qarshi kurash insonlar o’rtasida turli urushlar, bir-birlarini ko’ra olmasliklar yuzaga keladi. Bunday hayotni bartaraf etib, barchani jamiyatdagi tengligini ta’min etish lozim. Hamma insonlar tenglik mafkurasiga amal qilsinlar. Bu tenglik insonlar barcha moddiy boyliklarga bir xilda egaligini ta’minlashi zarur, deydi. Bu ta’limotning asosiy negizini «tenglik» g’oyasi tashkil etgan. Shu boisdan Mazdak ta’limotida ijtimoiy zulmga qarshi kurashish birinchi o’rinda turgan.
Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat o’ziga xos shaklda rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o’rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo’jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo’ligi o’tgan. Bu hokimiyat eraimzdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo’lishini o’ziga xos tarzda tushurtirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o’z ta’sirini o’tkazgan.
Bunday ruhdagi falsafiy g’oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi Konfusiy (551-479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning «Hikmatlari», ya’ni aforizmlari juda mashhur. Konfusiy ta’limotida umum insoniy qadriyatlarning Xitoy xalqi turmush tarzda namoyon bo’lishi, bu xalqqa xos ma’naviy mezoniylar aks etgan. Bu ta’limot bir necha asrlar davomida ushbu hududda milliy g’oyalar majmui, millatning mafkurasi sifatida odamlarning ma’naviy ongi va qiyofasi shakllanishiga ta’sirt ko’rsatgan. U hozir Xitoyda ham o’zining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan.
Konfusiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi-taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfuyesiy nuqtai-nazariga ko’ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «lu» tushunchasi belgilaydi. U, ya’ni tartib duyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga binoan amalga oshishi lozim. Tartib-insoniyat jamoasining eng oliy hayotiy qadriyatlaridan biridir. Konfusiyning ta’kidlashicha, shaxs faqat o’zi uchun emas, balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Konfusiy ta’limotida insonninghayotidagi ijtimoiy o’rni nihoyatda ulug’, u o’ziga ravo ko’rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko’rmasligi, o’ziga ravo ko’rgan narsani boshqalarga ham ravo ko’rishi lozim.qadimgi Xitoyning ko’zga ko’ringan faylasuflaridan bir Lao Szidir (VI-V asrlar). Uning ta’limotiga ko’ra olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo’ysunmog’i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni-tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg’unligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko’ra, «Si», ya’ni beshta unsur-olv, suv, havo, yer va yog’och yokimetall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Szining ta’kidlashicha, olamda hech bir narsa doimiy va o’zgarmas, harkatsiz holda bo’lishi mumkin emas.
Daosimga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o’tib turadi. Qarama-qarshi kuchlar qo’rtasidagi kurash, ya’ni In va Yan orasidagi munosabat-bizni o’rab turgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir. Inva Yan o’rtasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonida turushi, o’zini qurshabturgan tabiat va atrofdagi olamga mehr ko’rsatishi lozim. Bo’lmasa, Dao qoneuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Szi bu o’rinda ekologik haloqatni nazarda tutgan. «kishilar Dao qonunini buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan o’ch oladi,degan ediLao-Szi. Buni ekologik haloqatlar avj olib berayotgan bugungi kun voqyeligi ham tasdiqlaydi.
3- masala. Sharq mamlakatlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar bir-biri bilan bog’langan, yaxlit jarayon sifatida vujudga kelgan dinlar inson kamoloti borasida faolit olib borgan. Yer yuzidagi barcha dinlar inson va jamiyatni kelib chiqishini ilohiy kuch asosida tushuntirib beradi. Mana shunday dinlardan biri VIII asrda Markaziy Osiyoda rivojlangan Islomdir. Islom dining rivojlanishiga Sharq xalqlarining ta’siri katta bo’ldi. Islom dinining muqaddas kitobi «qur’oni Karim»dir. qur’oni Karim yer yuzi musulmonlarining dasturi, diniy ahkomlar manbaidir. «qur’on» so’zi arabchadan olingan bo’lib, u «o’qish» deagn ma’noni bildiradi. muhammad payg’ambar 40 yoshga yetganda unga Ollohdan vahiy kela boshlaydi, ya’ni bu payg’ambarlk vahiysi bo’lgan. Shu asosda «qur’oni Karim» 22 yil davomida vahiy orqali Muhammad payg’ambarga nozil bo’lgan. Unda 114 ta sura, 6236 ta oyat bor. Yigirmata surada oila va u bilan bog’liq masalalar tilga olinishi insoniy jamiyatda juftlik naqadar zarur ekanligini ko’rsatib turadi. Shuningdek, qur’oni Karimda shariat masalalari ham o’z o’rnini topgan. Qur’oni Karimdan keyin Islom olamida ikkinchi o’rinda turadigan manba bu Hadislar hisoblanadi. Hadisi Sharifda Muhammad payg’ambarning aytgan so’zlari, qilgan ishlari va sahobalari tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari to’g’risida hikoya qilinadi. Hadisi Shariflarni yig’ib kitob shakliga keltirish asosan payg’ambarimiz vafotlaridan keyin amalga oshirilgan. Islom olamining o’sha paytdagi madaniy markazlaridan sanalgan Bog’dod, Damashq, Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz kabi shaharlarda Hadis fani bilan shug’ullanuvchi muhaddislar ko’p bo’lgan va ular Hadis to’plamlarini tuzishgan. Ular ichidan eng ishonchli sanalganlari 6 ta bo’lib, bularni Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Imom at-Termiziy, Imom an - Nasoiy va Imom ibn Mojja tuzishgan.
Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan islom dinini targ’ibotchilaridan va Hadis ilmining mukammal sohiblaridan biri Imom al-Buxoriy (809-869 yillar) dir. O’zining «Al jome’ as-saxix» nomli hadislar to’plamida insonlarni poklikka, kamtarlikka, ogohlikka, mehnatevarlikka chorlovchi hadislarni to’plagan va ayni paytda hadislarning mashhur targ’ibotchisi hamda hadis ilmidan dars beruvchi bo’lgan. Uning shogirdlaridan Shayx ibn Muhammad Yusuf Al-Farobiy shunday ma’lumot beradi. Imom Buxoriyni «Al jome’ as-saxix»larini o’zlaridan 90 000 kishi eshitgan ekan. Yana bir shogirdining aytishicha, Imom Buxoriyning Bog’doddalik vaqtidagi darslariga men ham qatnashardim, shunda 20000 dan ortiq talaba hozir bo’lar edi, deydi. Buxoriy odamlarning bir-birlariga o’zaro mehr-shafqatli, inoq bo’lishlarini ta’kidlab, bunday insoniy fazilatlarga ega bo’lgan kishilarni inson tanasini a’zolariga o’xshatadi. U shunday deydi: «Mo’minlar o’zaro do’stlik, mehr va shafqatda xuddi inson tanasidagi a’zolarga o’xshaydilar, zero, uning biror a’zosi og’rigudek bo’lsa, boshqa a’zolari ham bedor va lahos bo’ladilar».
«Al jome’ as-saxix» asarida hadislardan tashqari insonlarning kelib chiqishi, jamiyat rivaojanishi uchun zarur omillar, davlatni boshqarish yo’llari, islom marosimchiligi, axloq-odob, ta’lim-tarbiya masalari keng yoritib berilgan.
Islom olamida mashhur muhaddislardan biri Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824 – vafoti taxminan 892-893 yillar) bo’lib, xalq orasida Qur’oni Karimni tafsirchilaridan bo’lib yetishdi. At-Termiziy yoshligidanoq musulmon ta’limotini chuqur egallagan. U kishini insonni jamiyatda tutgan o’rni, uning kelib chiqishi, turmush-tarzi, jamiyat haqida aytilgan fikrlari, shariat masalalariga bag’ishlangan «Kitob at-tarix»(«Tarix kitobi») asari hisoblanadi. Asarda ta’kidlanishicha, at-Termiziy o’zidan oldin yashab o’tgan imomlar izidan borib, inson Ollohning irodasi mahsuli ekanligi, islom qoidalari asosida jamiyatni boshqarish, musulmon Sharqida insonlar hurfikrlikka ega bo’lishi, barcha kishilar ilmiy-falsafiy, diniy-axloqiy bilimlarni keng qamrovli o’rganishlari, insonlarda islomning zamon shart-sharoitlariga moslashuvchanlik jihatlarini shakllantirish masalalari bayon etilgan.
Xo’ja Abduholiq Fijduvoniy (1103-1179 yillar) tasavvuf ilmining asoschilaridan biridir. O’z ta’limotida sufiylikni targ’ib etdi. Uning ijtimoiy qarashlari «Vasiyatnoma»sida bayon etilgan. Unda aytilishicha, inson jamoatga mulozim bo’lishi, jamiyatga xizmat qilish kabi muqaddas vazifani doimo bajarishi kerak va Ollohga yaqinlashishning muhim yo’li shu ekanligini aytdi. U insonlarni Haq yo’liga chorlab, butun olamni yaratuvchisi yagona Olloh ekanligini uqtiradi. Inson uchun zarur bo’lgan poklik yo’lini tanlash uchun sakkizta rashha (qonun-qoida)ni ishlab chiqdi. Butun hayotida riyozat bilan mashg’ul bo’lib odamlarni to’g’ri yo’lga boshladi.
Markaziy Osiyo xalqlari hayotida ikkinchi SHarq Uyg’onish davrida ko’plab mutafakkirlar tarix sahnasiga keldi. bu davrda A.Temur, M.Ulug’byek, A.Navoiy, A.Jomiy, Z.M.Bobur va boshqa bir qancha allomalar jamiyat rivoji borasidagi ijtimoiy masalalarni o’rtaga tashladilar.
XIV asrning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari, davlatni qurish, jamiyatni huquqiy qonun-qoidalar asosida boshqarish, insoniyat taraqqiyotiga yangi sivilizasiyani olib kirishda Amir Temurning hissasi katta bo’ldi. U o’zining ijtimoiy – siyosiy qarashlarini aytar ekan, myen markazlashgan mustaqil davlat tuzishda va uni boshqarishda shior qilib olgan 12 ta tuzuklarimga amal qildim, deydi. «Temur tuzuklari»da «Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o’zimdan rozi qildim, gunohkorlarga ham rahm qilib haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim» dyegan so’zlarni o’qiymiz.
Temur o’z davrida davlatni boshqarish ishlarida byevosita o’tmishda mavjud bo’lgan davlatlar va podshohlar hayotini ham o’rganib chiqqanligini aytadi. Bu haqda shunday deydi: «Hayotni ko’p issiq sovug’ini ko’rib ulardan saboq olib tajribamni oshirdim. SHuning uchun do’st-dushman bilan kelishib yashadim. Odam Atodan boshlab Hotam ul an biyogacha, ulardan hozirgi damgacha o’tgan sultonlarning qonunlari, turish-turmushlari, qilish - qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va yaxshi axloqlari, ma’qul sifatlaridan namuna olib unga amal qildim. Davlatning tanazzulga uchrashi sabablarini surushtirdim va davlatu-saltanat zavoliga sabab bo’luvchi ishlardan saqlandim».
Temuriylar davrida ijtimoiy fikr taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan davlat arboblaridan bir Mirzo Ulug’byekdir. O’z davri fani va madaniyati, jamiyat rivoji uchun ko’plab dunyoviy bilimlarni xalqqa yetkazib byerdi. Ayniqsa, jamiyat taraqqiyoti yosh avlod qo’lida ekanligini chuqur anglab yetib, yoshlar barcha egallagan bilimlarini mukammallashtirib borishi, ularni hayotga tadbiq etishlari, jamiyat farovonligi uchun qayg’urishlari, doimo kasb va hunar egallashga intilishlari lozimligini uqtiradi. Uningcha, har bir inson o’z o’tmishi, tarixini yaxshi bilishi, qolavyersa, kelajak haqida o’ylashi lozim. U o’zining «Ziji Ko’ragoniy», ya’ni “YUlduzlar jadvali” nomli asarini yozdi. Bu kitobda jahon xalqlarining har xil hisoblaridagi eralar va ularning munosabatlari, vaqtni aniqlansh, quyosh va oy tutilishlari, yulduzlar va sayyoralarning harakatlar va boshqalar to’g’risida fikr yuritadi. U bir yilda 365 kun 6 saot 46 soniya borligini bundan 600 yil oldin aytib o’tgan.
Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy tafakkuri taraqqiyotida Boboraxim Mashrab (1657-1711 yil) qarashlari alohida ahamiyatga ega. U o’zining «Dyevonai Mashrab» deb nomlangan asarida insonlar g’am-tashvishlari, dard-alamlarini kuyladi. Mashrab shye’rlarida jamiyatda hukm surayotgan ijtimoiy adolatsizliklarni qoraladi. Uning insonparvarlik so’zlari jamiyatdagi hukmdorlarga, shariat pyeshvolariga mutlaqo yoqmadi. Jamiyatdagi tyengsizlik, haqsizlik kabi illatlarni qoralab, ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlarni barchasi oddiy xalqni og’ir ahvolga solib qo’yishini aytadi.
Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721) falsafiy qarashlarini bayon etar ekan, avvalo, barcha narsalar 4 unsur (tuproq, suv, havo va olov)ning qo’shilishidan kelib chiqqanligini aytadi. Bu unsurlarni birikuvi noorganik tabiatning, keyinchalik o’simlik olamining kelib chiqishi, o’simlikning rivojlanishi bilan hayvon kelib chiqishi sodir bo’ldi. Undan keyin so’zlashishga o’rganib inson paydo bo’ldi, deydi. SHu tariqa anorganik, organik tabiat, hayvonot olami va insoniyat o’rtasidagi o’zviy aloqa borligini ko’rsatadi. Bedil inson agar o’z vaqtida ovqatlanib turmasa quvvatdan ketadi, myehnat qilish qobiliyatini yo’qotadi deydi. Ayniqsa bu holat ko’pincha tarki dunyo qilganlar, gadoylar o’zlarini turli qiynoqlarga soladilar, o’z tanalarini murdaga aylantirib, o’zlarini o’zlari xor qiladilar. Bunday kishilarni ko’z oldilarida parilar, jinlar namoyon bo’ladi, natijada ular aqldan ozib qoladilar, deydi.

Yüklə 186,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə