2-Mavzu: falsafiy tafakkur taraq



Yüklə 186,5 Kb.
səhifə1/18
tarix28.11.2023
ölçüsü186,5 Kb.
#136124
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2-mavzu


2-Mavzu: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOT BOSQICHLARI: SHARQ FALSAFASI
Reja:
1.Qadimgi Sharqda asotiriy tassavurlar va falsafiy bilimlarning paydo bulishi.Misr va Bobil va falsafiy maktablari
2.Qadimgi xindistonda falsafiy maktablar
3.Islom dining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti
4.Sharq panteizmi va perpatetizmi Sharq mutafakkirlari: Abu rayxon Beruniy, Abu nasr Faobiy, Ibn Sinoning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy –axlokiy ta’limotlari
5.Temuriylar sulolasi davri: Abduraxmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida gumanizm
6.XIX acr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilgor ijtimoiy- siyosiy fikrlar .
7.Sharq istilosi bilan bog’liq uygonish xarakatlari: osiyosentrizm, panturkizm, panislomizm, marivatparvarlik va jadidchilik ta’limotlari
8.XX-XX1 asr uzbek falsafasi


1-masala. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Fidokor» gazetasini muxburining savollariga bergan javoblarida ta’kidlaganidek: «Biroq bizda haligacha falsafa bo’yicha talab darajasidagi darsliklar «Jahon falsafasi», «Sharq falsafasi» kabi zarur kitoblar yaratilmayotganligini qanday izohlash mumkin? Dunyo tan olgan ko’p ulug’ faylasuflarning asarlari hanuzgacha o’zbek tilida nashr etilmagani tufayli aksariyat ziyolilar, xususan, yoshlarimiz ularning g’oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas. Suqrot va aflotun, Nisshe va Freyd kabi olimlarning, hozirgi zamon chet el faylasuflarning kitoblarini ham tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o’zbek tilida chop etish mumkin bo’lmasa?» Haqiqatdan ham Birinchi Prezidentimiz I.Karimov e’tirof etganidek, o’zbek tilida hind falsafasi, Xitoy falsafasi, Yunon falsafasi va hozirgi zamon chet el faylasuflarining asarlaridan deyarli tarjima qilinmaganligi achinarli hol.
Mustaqillik sharofati ila falsafa sohasida ancha ishlar amalga oshirildi. Darsliklar, o’quv qo’llanmalar hamda ma’ruza matnlari chop etildi. Ammo chop etilgan darsliklar o’quv qo’llanmalari va ma’ruza matnlari ham ayrim kamchilik va nuqsonlardan xoli bo’la olmaganligini tan olishimiz kerak. Jamiyat taraqqiyoti natijasida kishilarning hayotiy faoliyatlari kengayib, aqliy zakovati ham boyib borishi tabiiy jarayon.
Insoniyat tarixidagi har bir davr falsafiy masalalarni tadqiq qilishda o’ziga xos yo’lni tanlab, o’z davri nuqtai nazaridan tahlil qilib kelgan. Mifologik va diniy dunyoqarash zaminida paydo bo’lgan falsafiy dunyoqarash insonlar ma’naviy hayotining yangi bosqichiga ko’tarildi, natijada dunyoni aql ko’zi, tafakkur salohiyati bilan o’rganish boshlandi, ya’ni dunyoni ilmiy tushunishning zamini yaratildi. Falsafa tarixida bir-biriga o’xshamagan, hatto bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan qarashlar, tizimlar, fikrlar paydo bo’lsa-da, ularning hammasi falsafiy tafakkurning rivojlanishida biror darajada xizmat qilgan.
Sharq qadimiy madaniyat o’chog’i va jahon sivilizasiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. G’arb madaniyati tarixini o’rganish jarayonida Yevropasentrizm nazariyasiga og’ib ketish g’ayriilmiy bo’lgani kabi masalaning Sharq bilan bog’liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g’oyalari ta’siriga tushmaslik lozim.
Shu bilan birga, Sharqning o’ziga xosligi, unga mansub bo’lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizasiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo’shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizasiyasining sharq sivilizasiyasi quchog’ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o’zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko’rsatganini doimo esda tutish darkor.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko’pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o’tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizasiyalaridan biri bo’lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o’ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o’choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Yeng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o’sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo’lganini yaxshi biladi. Biz bugun o’sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o’ziga xos ta’limotlarning asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko’xna Sharq sivilizasiyasining beshiklaridan biri bo’lgan Mirs, qadimgi zamonda ilk o’troq hayot va o’ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bo’ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi.
Bizlarga ma’lumki Qadimgi Sharq va antiq dunyo falsafasi dastavval mifologik dunyoqarash tarzida vujudga kelganligini bilamiz.
Shuningdek, Qadimgi Sharq va antik dunyo falsafasining shakllanishi va taraqqiyotining o’ziga xos umumiy va xususiy jihatlari va qonuniyatlari mavjud. Ularga xos bo’lgan umumiy qonuniyat: sharqda ham antik dunyo falsafasi ham yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek mifologiyaga asoslanadi.
Falsafa ma’lumki mifologik dunyoqarash voqyealikning xayoliy in’ikosi sifatida asosan qadimgi davr kishilari uchun xarakterlidir. Qadimgi kishilar bu afsona va voqyealarni umumlashtirib, ularni xayoliy shakllarda tasvirlaganlar. Mifologik dunyoqarashda tabiat kuchlari alohida jonli vujudlar ko’rinishida jonlantirib tasvirlanadi. Shuning bilan bir qatorda falsafiy masalalar ham vujudga kela boshlaydi. Falsafiy dunyoqarash ko’r-ko’rona e’tiqodlar, xayoliy obrazlar to’g’risidagi tasavvurlar va tushunchalarga emas, balki borliqqa munosabati to’g’risidagi erkin, tanqidiy va ayni vaqtda umumlashmalarga asoslanib, olam qanday vujudga kelib, qanday rivojlanadi; hayot va o’lim o’zi nima kabi masalalar bilan bir qatorda yaxshilik va yomonlik, adolatlatlilik va adolatsizlik singari umuminsoniy qadriyatlarni ishlab chiqish kabi masalalar bilan ham Sharq, ham antik dunyo falsafasi shug’ullanib kelgan.
Qadimgi antik dunyo falsafasi to’g’risida fikr yuritar ekanmiz, uning eramizdan oldingi birinchi ming yillikda Qadimgi Xitoy, Hindiston va Yunonistonda vujudga kelgan sivilizasiya bilan bog’liq zkanligini aytib o’tish kerak. Eramizdan oldingi VI asrlarda eski ijtimoiy hayotning buzilib, yangicha yashashning boshlanishi, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy zamin, shuningdek ma’naviy imkoniyatlarning vujudga kelishi bilan Qadimgi davr sivilizasiyasi natijasi o’laroq dunyoni chuqurroq va atroflicha o’rganishni o’z maqsadi qilib qo’ygan falsafiy dunyoqarash paydo bo’ldi.
Falsafa jamiyatdagi quyidagi ehtiyojlar tufayli shakllana boshladi:
a) taraqqiy etayotgan olamga, insonga, uning ongiga qarashlarga doir ta’limotlarni yaratish zaruriyati;
b) olamning boshlag’ich asoslari va rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqish kerakligi;
v) olam haqidagi tafakkurning oqilona uslubiga mantiqiy fikrlashga va bilish nazariyasiga tug’ilgan ehtiyojlar paydo bo’lganligi;
g) afsonaviy va diniy tasavvurlardagi xayoliy fikrlarga asoslangan odamlarning ilmiy bilishdagi falsafiy tafakkur qilishdagi ongsizlikka barham berish zaruriyati.
Falsafaning rivojlanib borishi jarayonida undan dastlab matematika, geometriya, astronomiya(yer.av I-II asr va er. I-II asrlari), keyinchalik fizika, ximiya,biologiya fiziologiya, so’ngra ijtimoiy va gumanitar fanlar ajralib chiqdi. Bu fanlar avval dalillar to’plash, ularni bir, tizimga solish va umumlashtirish bilan shug’ullandilar. Qadimgi Sharq falsafasida ham, antik dunyo falsafasida ham dunyoning ayrim tomonlarini alohida o’rganayotgan fanlar o’rtasidagi aloqadorlik va bog’lanishlarni tahlil eta boshlagani uchun fanlar go’yo falsafaning qismlari sifatida tasavvur etildi vafalsafani «fanlar fani» deb e’lon qilindi. Qadimgi Misr adabiyotining nodir asari «Arfist qo’shig’i»da dinni rad etuvchi fikrlar bor. Unda: «O’lganlardan hech biri qaytib kelgan emas va oxirat haqida so’zlab bergan emas, demak, oxirat yo’q. Oxiratga ishonguncha, shu dunyoda harakat qiling»,- deyiladi.
Yeramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misrda dastlabki diniy-falsafiy fikrlar rivoj topgan.
Jahon mahnaviyati durdonalaridan biri Misr madaniyatidir. Misr mifologiyasida ijtimoiy hayot haqida, hayot ma’nosi to’g’risida fikr ritib, dunyo ne’matlaridan bahramand bo’lib, shod-hurram yashashga, o’lim vahimasiga tushmaslikka da’vat etganlar. «Nasixatnoma» asarida odamlarni bilim olishga, unga ixlos qo’yishga chaqiriladi. Dastlabki taqvim (kalendar), tibbiyotga doir asarlar misrda paydo bo’lgani shu da’vatlarning dastlabki samaralari edi.
Qadimgi Misr yodgorliklarida tibbiy hodisalar moddiy ibtidosi haqida fikrlar bor. Ularda hamma narsalarning asosi suv, butun koinotda havo mavjud deyilgan. Ba’zi Misr yodgorliklarida «inson o’lgach, uning jismi kulga aylanadi», «o’z nomining abadiy qolishini hohlagan kishi oxirat haqida hayol qilmasdan, bu dunyo ishlari bilan shug’ullanishi lozim» deyilgan. Bobilda, xususan, Xammurapi davrida (yer.av IV ming yillikning boshlari) quldorlik tuzimining ijtimoiy ziddiyatlari keskin tus oldai. Ishlab chiqarishning taraqqiy etishi bilan Bobilda astronomiya, matematika, geografiya fanlarida ma’lum yutuqlarga erishildi.
Bobil olimlari algebraning asoslarini, kvadrat va kub ildizlarni chiqarishni bilganlar, astronomlar osmon yulduzlari kartasini chizganlar. Er. Av. II asrda yashagan Bobillik Selevka hatto olamning geliosentrik tuzilishi haqida faraz qilgan.
Bobilda dastlabki falsafiy fikrlar 6 ming yil muqaddam boshlandi. O’sha davrlarda «Gilgamesh haqidagi doston», «Adapa» doston, «Xujayinning qul bilan suhbati» badiiy asari juda katta shuhrat qozondi. Bu asarda diniy qarashlar qattiq tanqid qilindi. Bu asar Bobilda qulchilik rivojlangan paytda jamiyatning bir tomonda boylik, ikkinchi tomonda ochlik, qashshoqlik o’sgan bir paytda vujudga kelgan. Bu yodgorlikda qul donishmand, hayotining mazmunini to’g’ri tushunadigan qilib tasvirlangan. Unda xudo yo’liga qilinadigan qurbonliklarning xojati yo’q, chunki xudo ovqatga muhtoj emas, deb diniy-mifologik qarashlar ustidan kulinadi.
Oxirat, jannat kabi diniy fikrlar rad etiladi. Teksda qo’yidagi fikrlarni o’qiymiz: «Tepalikka chiqib qarigin, shaharlardagi vayronliklarni ko’rgin, o’lgan va oddiy odamlarning kalla suyagiga nazar tashlagin. O’lim hammani baravar qilgan, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi».

Yüklə 186,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə