Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot
nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo’lib
keladi. Ayniqsa hozirgi paytda bu masala yanada keskin qo’yilmoqda. Buning
sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz
oldida turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish
vazifasini amalga oshirib bo’lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida
har doim ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga avanslangan resurslar,
mablag’lar yoki qilingan xarajatlar o’rtasidagi nisbat tushuniladi.
Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan
kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o’zgaradi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga
qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub’ekt ko’proq foyda olishga intiladi.
Shuning uchun ham ishlab chiqarishning samaradorligini olingan foydaning (F)
ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (IX) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni:
%
100
'
IХ
F
R
.
Bu yerda: R’ - foyda normasi, IX – iqtisodiy resurs xarajatlari.
Ishlab chiqarish samaradorligini to’la ifodalashda unda qatnashgan omillarning
unumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini bildiradigan ko’rsatkichlar
tizimidan foydalaniladi.
Bulardan biri mehnat unumdorligidir.
Dostları ilə paylaş: