2-mavzu: marketing konsepsiyalari va ularning evolyutsiyasi reja


-jadval Tijorat faoliyatini jadallashtirish (sotish) va marketing konsepsiyalarini solishtirish



Yüklə 32,57 Kb.
səhifə3/8
tarix19.09.2023
ölçüsü32,57 Kb.
#122374
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu 2023

2.2-jadval
Tijorat faoliyatini jadallashtirish (sotish) va marketing konsepsiyalarini solishtirish

Konsepsiya

E’tiborning asosiy obyekti

Vosita, yutuq, maqsadlar

Daromadni oshirish manbai

Tijorat faoliyatini jadallashtirish (sotish)

Ishlab chiqarilgan tovarlar

Sotish tizimini takomillashtirish, reklama, sotishni kuchaytirish

Sotish hajmining o’sishi

Marketing

Xaridorlar ehtiyoji

Marketingni kompleksli kuchaytirish

Xaridorlar ehtiyojlarini qoniqtirish

Keltirilgan 2.2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, marketing konsepsiyasida e’tibor berilayotgan asosiy obyekt iste’molchilar zaruriyati, ya’ni ularning ehtiyojlarini to’laroq va samaraliroq qondirish hisoblanadi. Bu yerda firmaning ko’zlangan maqsadga erishishi uning qanchalik darajada iste’molchilar talabini o’rganganligi va raqobatchilarga nisbatan qanchalik darajada ularning talabini samaraliroq qondirganligiga bog’liq bo’ladi.


Tijorat faoliyatini jadallashtirish (sotish) va marketing konsepsiyalari avvalambor tadbirkorlik faoliyatining dastlabki shart-sharoiti bilan bir-biridan farqlanadi. Birinchi holatda asosiy nuqta (e’tiborning asosiy obyekti) ishlab chiqarilgan (mavjud) tovarlar hisoblanadi, keyingi ishlar esa minimal muddatda ko’proq daromad olish maqsadida ularni muvaffaqiyatli sotish yo’llarini topishga qaratilgan. Amaliyotda tijorat faoliyatini jadallashtirish konsepsiyasini amalga oshirish ko’pincha xaridni yuklash bilan bog’liq – sotuvchi nima bo’lmasin bitimni tuzishga intiladi, xaridorlar ehtiyojini qondirish esa uning uchun ikkinchi darajali holdir. Marketing konsepsiyasi ehtiyojning boshlang’ich asosi sifatida (talab, manfaat, istak, muammo) nafaqat joriy, balki istiqbolli hamda imkoniyatli ehtiyojlarni ham nazarda tutadi. Bunda korxona tezkor daromadni olishga emas, yuqori iste’molchilar qoniqishini yaratish va qo’llab-quvvatlash yo’li bilan uzoq tijoratli istiqbollarga qaratiladi.
“Ehtiyojlarni toping va ularni qondiring” – bu ibora marketing konsepsiyasi mohiyatini to’la xarakterlaydi. Ehtiyojlarni raqobatchilardan samaraliroq qoniqtirgan korxonalar bozorda muvaffaqiyatga erishadilar.
Marketing – iqtisodiy faoliyatning eng rivojlangan sohalaridan biridir. Hozirgi sharoitda uning asosiy g’oyasi – daromadni olish uchun ehtiyojlarni qondirish – yangi sahifalarga ega bo’ldi. Bu ma’lum sabablarga asoslangandir.
Hozirgi kunda marketing amaliyotida ijtimoiy va axloqiy masalalarni hisobga olish zaruriyati ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasining (societal marketing) rivojlanishini keltirib chiqardi. Bugungi kunda atrof-muhitning ifloslanishi, aholi sonining tez sur’atlar bilan o’sishi marketingning ana shu konsepsiyasidan foydalanishni taqozo etadi. Bu konsepsiya firmaning foydaliligi, iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish darajasi va jamiyat manfaatlari kabi uch omilning o’zaro uyg’unlikda bo’lishini talab qiladi.
Ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasi bozorga muvaffaqiyatli kirib kelmoqda. Bunga misol tariqasida – Skandinaviya davlatlarida amalga oshirilayotgan Green Key («Yashil kalit») dasturidir. Bu dastur mehmonxona obyektlariga ekologiya belgisini beradi. Mazkur belgi bilan belgilangan joylashtirish obyektlarida atrof-muhitga ta’sir etishni nazorat qilish kiritilgan va ehtiyotkorlik bilan xo’jalik yuritish prinsiplari qo’llaniladi. Ko’plab odamlar atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatda bo’lgan sharoitda Green Key mehmonxonani tanlashda juda muhim qo’shimcha dalil hisoblanadi.
Ijtimoiy-ahloqiy marketing konsepsiyalarini qo’llashga qaror qilgan korxona bozor munosabatlarida u amal qiladigan ahloqiy qoidalarni aniq va bir ma’noda shakllantirish kerak. Bu qoidalar marketing sohasida juda dolzarbdir: aynan u orqali iste’molchilar, ishbilarmon hamkorlar bilan o’zaro aloqalar savdo va reklamani tashkil etish amalga oshiriladi. Yechimning ahloqiy muammosi har doim daromadni olish uchun ahloqiy me’yorlardan foydalanish imkoniyati paydo bo’lganda yuzaga keladi. Ahloqiy me’yorlarga rejalanadigan harakatlarning mos kelishini baholash uchun J.J.Lamben tomonidan 8 ta savol-test taklif etilgan:

  1. Rejalashtiriladigan harakat mavjud qonunga zid emasmi?

  2. Rejalashtiriluvchi harakat jamoat ahloqiy me’yorlari bilan nizolashmaydimi?

  3. Rejalashtiriluvchi harakat biror-bir majburiyatning buzilishiga olib kelmaydimi?

  4. Rejalashtiriluvchi harakat buzg’unchilik harakatiga ega emasmi?

  5. Rejalashtiriluvchi harakat shaxslar yoki tashkilotlarga zarar yetkazmaydimi?

  6. Manfaatdor shaxslarga teng yoki katta imkoniyatlar keltiruvchi alternativ harakatlar yo’qmi?

  7. Rejalashtiriluvchi harakat mulkchilik huquqi, shaxsiy hayotni himoyalash, shuningdek iste’molchilar huquqini e’tiborga oladimi?

  8. Rejalashtiriluvchi harakat boshqa shaxsning yoki shaxslar guruhining farovonligini pasaytirmaydimi?

Korxona manfaatlarida ahloqiy xulq foydasiga tanlash – nafaqat axloqiy fikr, balki qarama-qarshi tanlov jiddiy yo’qotishlarga olib kelishi mumkin (savdoning pasayishi, ishonchni yo’qotish va boshqalar). Axloqsiz xulq butun iqtisodiy tizimning faoliyatiga zarar yetkazadi va iste’molchilarning marketingga bo’lgan ishonchini yo’qotadi.



Yüklə 32,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə