2-mavzu. Mukammal va nomukammal raqobat nazariyalari reja


Raqobat vositalariga qo’yidagilar kiradi



Yüklə 28,34 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü28,34 Kb.
#133169
1   2
2-mavzu. Mukammal va nomukammal raqobat nazariyalari reja

Raqobat vositalariga qo’yidagilar kiradi.
Raqobat kurash vositalari va usullari jihatidan halol raqobat va g’irrom raqobatga bo’linadi. Halol raqobat qonuniy, yo’l berilgan va hamma tan olgan, insoniy usullar bilan o’zaro bellashuvdir. G’irrom raqobat man etilgan vositalar yordamida va g’ayriinsoniy usullar bilan olib boriladigan kurashdir. G’irrom raqobat yovvoyi bozor iqtisodiyotining, halol raqobat madaniy (qivilizaqiyalashgan) bozor iqtisodiyotining belgisi hisoblanadi. G’irrom raqobat yuz berganda josuslik, qo’poruvchilik, re­ket, tuhmat, tovar belgisini o’g’irlash va hatto qotillik kabi usullarqo’llanadi, raqibni turli yo’llar bilan obro’sizlantirish choralari ko’riladi
(1- rasm).
Halol raqobatda madaniy usullar qo’llaniladi. Bu usullardan narx vositasida raqobatlashuv, tovar sifatini oshirish orqali kurashish, servis (xizmat ko’rsatish) orqali bellashuv keng tarqalgan. Bu usullardan alohida-alohida emas, balki birgalikda foydalanishda ham qo’llaniladi! Narx bilan raqobatlashuvda narx arzon yoki qimmat belgilanadi. Ammo narxni oshirish yoki tushirishning chegarasi bor. Narx xarajatlardan pasayib ketsa, zarar ko’riladi. SHu boisdan narxni arzonlashtirish uchun xarajatlar pasaytiriladi. SHundagina foyda ta’minlanadi. Ammo narx bilan bellashuv usuli hamisha qo’l kelavermaydi. Ommaviy iste’mol mollari bozorida narxni pasaytirish raqobatda yutish sharti, lekin puldorlarga mo’ljallangan nufuzli tovarlar bozorida bu usul natija bermaydi, chunki puldorlar uchun obro’talab tovarlarning narxi emas, balki unga ega bo’lishning o’zi muhim. Agar avtomobilь bozorini olsak, u yerda ommabop mashina narxi 20 ming dollar, uni 16 ming dollarga tushirish afkor haridor uchun muhim, ammo 150 ming dollar turadigan avtomobilь narxini 5 ming dollargaarzonlashtirishga puldorlar befarq qaraydilar. Bundan tashqari ular narxi tushiralgan tovarni sifatsiz deb baholaydilar. SHu boisdan nufuzli tovarlar bozorida bir firma narxni ko’tarsa, bunga javoban boshqasi ham shunday qiladi.
SHunday firmalar borki, ular bozorda tovar sifatini oshirish yo’li bilan raqobat qiladilar, yaxshi tovarlar yetkazib berish va holis xizmat qilish orqali obro’ orttirib, el og’ziga tushadilar. Ularning tovar belgilarini hamma taniydi. G’irrom raqobatni qo’llagan firmalar o’z tovarlariga mashhur firmalar belgisini qo’yib, qalloblik yo’liga o’tadilar, o’zgalar tovar belgisi bilan sifati past tovarlarini pullashga intiladilar.
Iqtisodiyot rivojlangan mamlakatlarda tovar sifatini oshirish orqali raqobatlashuv katta ahamiyat kasb etadi, chunki aholining harid qobiliyati yuqori bo’lib, qimmat tovarlarni ham sotib olishga qurbi yetadi. Tovar sifatini oshirib borish doimiy ravishda tovarlar tarkibini yangilab turishni ham talab qiladi; Tovarning sifati deganda uning dizayni (chiroyi), iste’mol uchun qulayligi, uzoq va ishonchli xizmat qilishi, ekologik toza bo’lishi kabilar tushuniladi. Texnikaviy tovarlar uchun ixchamlik, ko’p joy egallamaslik, shovqinsiz ishlash, energiya va yonilg’i sarfi kamligi o’ta muhim. Masalan, Germaniyaning «Mersedess-Benq» korporaqiyasi har 100 km yo’lga 3 litr solyar moyi sarflaydigan ixcham avtomashinani yaratishga kirishganda, bunga ja­voban raqobatchi «Opelь» firmasi har 100 km yo’lga 2,7 litr solyarka sarflaydigan ixcham mashinani taklif etdi. Demak, raqobatda tovarlarning afzalligini ta’minlash muhim.
Servis vositasi, tovarni ishlatishda xizmat ko’rsatish yoki ishlatishni qulaylashtirish bilan raqobat qilish tez tarqalib borayotgan usuldir. Texnikaviy tovarlar sotilganda, ularni ishlatish yuzasidan xizmatlar ko’rsatiladi. Tovarni haridor didiga moslashtirish, uyiga eltib berish, ularni ishga tushirish, bepul ta’mirlab turish kabi xizmatlar ko’rsatiladi va bu xizmatlarni kim yaxshi bajarishi yuzasidan raqobat boradi.
Raqobatning turli usullarini qo’llashdan asosiy maqsad xaridorni o’z tovariga jalb etib, uning pulini olish. AQSHda buni «Iste’molchi dollari uchun kurash» deb ataydilar. Raqobatlashuv usuli qanchalik samarali bo’lsa, g’olib chiqish imkoniyati shunchalik ko’p bo’ladi.
Hozirgi raqobat kurashida tovar reklamasiga alohida e’tibor beriladi.
Reklama tovarning nafliligi haqida holisona axborot bo’lib, turli yo’llar bilan haridorga yetkaziladi.
Yüklə 28,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə