2-mavzu. Raqamli o'lchash vositalarini qiyoslashning o'ziga xos xususiyatlari



Yüklə 298,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix11.10.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#127042
  1   2   3   4   5   6
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 2



2-mavzu. Raqamli o'lchash vositalarini qiyoslashning o'ziga xos xususiyatlari. 
O'lchash usullari vositalarini to'g'ri tanlash va ulardan foydalana olish 
Reja 
1.
Raqamli o'lchash vositalarini qiyoslashning o'ziga xos xususiyatlari; 
2.
Qiyoslash ishlarini avtomatlashtirish masalalari va bo'linmalarda qiyoslashni 
samarali tashkil qilish; amaliy faoliyatda o'lchash vositalarini kalibrlash 
3.
O'lchash usullari vositalarini to'g'ri tanlash va ulardan foydalana olish
4.
Qiyoslashlararo intervalni asoslash va natijalarni rasmiylashtirish 
Ma’ruzachi: Akhrorbek Ermatov 
Raqamli o’lchash asbobi deb, o’lchash borasida uzluksiz o’lchanayotgan kattalikni 
natijasi raqamli qayd etish qurilmasida yoki raqamlarni yozib boruvchi qurilmada 
diskret tarzda o’zgartirilib, indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi. Raqamli 
o’lchash asboblari hozirgi kunda juda keng tarqalgan. 
Raqamli o’lchash asbobining funktsional chizmasi 1-rasmda keltirilgan. 
KAO’ - analog o’zgartkich; ARO’ - analog-raqamli o’zgartkich; RQQ - 
raqamli qayd etish qurilmasi. 
1-rasm. Raqamli o’lchash asbobining funktsional chizmasi 
“X” analog signali kirishdagi analog o’zgartkich KAO’ da keyingi 
o’zgartirish uchun qulay formaga o’zgartiriladi, so’ngra analog-raqamli o’zgartkich 
(ARO’) yordamida diskretlashtiriladi va kodlanadi. Va nihoyat, raqamli qayd etish 
qurilmasi RQQ o’lchanayotgan kattalik bo’yicha kodlangan ma’lumotni raqamli 
qaydnoma tarzida, operatorga qulay formada ko’rsatadi. Tavsiya etiladigan 
ma’lumotni qulayligi va aniqligi sababli raqamli o’lchash asboblari ilmiy-teshirish 
laboratoriyalaridan keng o’rin olgan. 
Raqamli o’lchash asboblari analog o’lchash asboblariga nisbatan quyidagi 
afzalliklarga egadir: 

yuqori aniqlik; 



keng ish diapazoni; 

tezkorlik; 

o’lchash natijalarini qulay tarzda tavsiya etilishi; 

avtomatlashtirilgan tarmoqlarga ulash mumkinligi

o’lchash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati mavjudligi va hokazolar. 
Lekin, har to’kisda bir ayb deganlaridek, raqamli o’lchash asboblarining ham 
muayyan kamchiliklari mavjud: 

murakkabligi; 

tannarxining balandligi; 

nisbatan ishonchliligi pastroq. 
Lekin, integral sxemalarning tezkor rivoji natijasida yuqoridagi kamchiliklar 
tobora chekinib bormoqda. 
Raqamli o’lchash asbobining asosi bo’lib ARO’ hisoblanadi. Unda ma’lumot 
diskretlashtiriladi, so’ngra kvantlanib kodlanadi. Diskretlashtirish - bu muayyan 
(juda qisqa) diskret vaqt oralig’ida qaydnomalarni olishdir. Odatda, diskretlash 
qadamini doimiy qilishga harakat qilinadi. Kvantlash esa, X(t) kattaligining uzluksiz 
qiymatlarini X
n
diskret qiymatlarning to’plami bilan almashtirish hisoblanadi. 
Kattalikning uzluksiz 
qiymatlari muayyan tartiblar 
asosida 
kvantlash 
darajalarining qiymatlari bilan almashtiriladi. Kodlashtirish esa, muayyan ketma-
ketlikda ifodalangan sonli qiymatlarni tavsiya etishdan iborat. 
Diskretlashtirish va kvantlash raqamli 
o’lchash asbobining asosiy 
xatolik 
manbalari hisoblanadi. Bundan tashqari, kvantlash darajalarining soni ham o’ziga 
yarasha xatoliklar kiritadi. 
Suyuq kristalli indikatorlarning tezkor rivoji raqamli o’lchash asboblarining 
ixchamlashuviga, energiya sarfining kamayishiga zamin yaratmoqda. 

Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə