2-mavzu. Shaxs va shaxsning psixik taraqqiyoti Reja



Yüklə 260,78 Kb.
səhifə32/35
tarix28.11.2023
ölçüsü260,78 Kb.
#134329
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
2-mavzu. Shaxs va shaxsning psixik taraqqiyoti Reja-fayllar.org (1)

Xayol turlari
Xayol o‘zining aktivligi va faolligi bilan xarakterlanadi. Shuning bilan birga xayol jarayoni faqat atrofdagi olamni o‘zgartirishga qaratilgan shaxs ijodiy faoliyatining sharti sifatida foydalanishi mumkin va foydalanadi. Fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amlaga oshmaydigan va ko‘pincha amalga oshirib bo‘lmaydigan ish harakat programmalarini belgilaydi. Xayolning bunday formasi passiv xayol deb ataladi. Odam passiv xayolni ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirishi mumkin: ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirilgan, lekin hayotda gavdalantirishga qaratilgan, iroda bilan bog‘liq bo‘lmagan xayolning mana shunday obrazlari shirin xayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yokimli, qiziqarli narsalar xakida shirin xayol surish xamma odamlarga xosdir.
Passiv xayol ixtiyorsiz ravishda xam yuzaga kelishi mumkin. Bunday ixityorsiz ravishda yuzaga keladigan passiv xayol asosan ong faoliyatining, ikkinchi signal susayishida, odamning vaqtincha xarkatsizlik xolatida, uykusirash xolatida, affekt xolatida, uykuda tush ko‘rishda, ongning kasallikka uchrab buzilishida (gallyutsinatsiyada) va shu kabilarda sodir bo‘ladi. Agar passiv xayolning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlariga bulish mumkin bo‘lsa aktiv xayolni ijodiy va qayta tiklovchi xayoli turlariga bulish mumkin bo‘ladi. Uz asosida yozilganlarga muvofik keladigan obrazlar sistemasini yaratuvchi xayol qayta tiklovchi xayol deb ataladi.
Ijodiy xayol qayta tiklovchi xayoldan fark qilgan xolda orginal va kimmatli moddiy maxsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarning yaratilishi takoza qiladi. Tasavvur xayoli, ijodiy xayol, ixtiyorsix va ixtiyoriy xayol - xayol turlari jumlasidan bo‘lib, ular bir-biridan fark qiladi. Tasavvur xayoli deb, xozir yoki utmishda aslida bo‘lgan mavjud bo‘lsa xam, lekin bizning tajribamizda xali uchramagan va biz idrok kilmagan narsa va xodisalar tugrisida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo‘lgan xayol turini aytamiz. Ijodiy xayol deb, bizning tajribamizda bo‘lmagan va voqelikning uzida xam uchramagan narsa va xodisalar xakida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo‘lgan xayol turiga aytiladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, tasavvur xayoli bilan ijodiy xayol urtasidagi fark faqat nisbiy farkdir. Ijodiy xayol jarayonida bo‘lgan kabi, tasavvur xayol jarayonida xam ob’ektlarni obrazlari yaratiladi, yangidan ijod kilinadi. Xayolning bu ikki turi xam aslda ijodiy jarayondir. Orzular va shirin xayol surilishlar ijodiy xayolning aloxida turlardir.
Orzu – ijodiy xayolning tilakdagi kelajakka qaratilgan faoliyatidir. Orzu qilish – kunglimizga yokadigan istikbol obrazlarini yaratish demakdir.
Shirin xayol surish – muayyan bir narsaga qaratilmagan – muayyan bir sistemaga ega bo‘lmagan xayol jarayonidir. Shirin xayolga botgan vaqtda turli obrazlar kuz ungidan birin-ketin betartib uta beradi. Bu tasavvurlar jarayonini tafakkur tartibiga solmaydi. Orzularda bo‘lgani kabi, shirin xayol surishda xam, asosan, uzimiz xush ko‘rgan obrazlar paydo bo‘ladi. Shu sababli, ko‘pincha, shirin xayol surish odamga xuzur baxsh etadi.
Bizninng tush ko‘rishimiz xam ixtiyorsiz xayol faoliyatidir. Odatda, kishi kattik uxlamagan vaqtida tush kuradi; uyku vaqtida, garchi zaif xolda bo‘lsa xam, xar xolda, tugiladigan sezgilar, kishi organizmining xolati va extiyojlari, shuningdek, kishi bedor yo‘rgan chogida tuygusida kechirgan xissiyotlar, uyku vaqtida beixtiyor paydo bo‘ladigan tasavvurlar odamning tush ko‘rishiga sabab bo‘ladi. Ijodiy faoliyatga xamma vaqt fantaziya kushilgan bo‘ladi. Birok xamma vaqt xam odamning amaliy harakatlarida xayol jarayonlari xamma vaqt darxol amalga osha bermaydi. Ko‘pincha xayol jarayonlari odam amalga oshirishni istaydigan obrazlar shakliga ya’ni aloxida ichki faoliyat shakliga kirib oladi. Mana shunday kelajakda odam xoxlaydigan obrazlar orzu deb ataladi.
Xayol faoliyati kengligi, mazmundorligi, kuchi va realligi jixatlaridan fark qiladi. Xayolning bu xususiyatlari ayrim kishilarda turlicha namoyon bo‘ladi va xar bir shaxsning uziga xos xarakterini belgilaydi. Xayol kengligi voqelikning kishilar xayol faoliyati uchun ob’ekt bo‘ladigan soxalari doirasi bilan belgilanadi. Tabiatning xozirgi va kelajak xolati, odamlarning utmishdagi va kelakjakdagi tarixiy hayoti, yer ostidagi narsalar, osmon va undagi yulduzlar, texnika va san’at xayol faoliyati uchun ob’ekt bo‘ladigan ana shunday soxalar jumlasidandir. Xayolning mazmundorligi biror ob’ektga nisbatan xayolda tugilayotgan tasavvurlarning boyligi xilma-xilligi va ma’nodorligi bilan belgilanadi. Shuning uchun xam vallon kishining xayoli kam mazmun (xayoli kambagal) deb gapiramiz.
Xayol kengligi va mazmundorligi, odatda, bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Keng xayol ko‘pincha mazmunga xam boy bo‘ladi. Xayol kuchli va kuchsiz bulishi mumkin. Biz xayol kuchiga xayolda yaratilayotgan obrazlar voqelikni idrok qilishdan xosil bo‘lgan obrazlarga kanchalik yaqinlashganligiga qarab, baxo beramiz. Ba’zan xayol shunchalik kuchli suratda ishlaydiki, biz xayol ob’ektlarini xudi kuzimiz bilan kurib, to‘rgandek, kulogimiz bilan eshitib to‘rgandek, yoki kulimiz bilan ushlab sezayotgande bulamiz. Xayol kuchi avvalo odam extiyojining, kizikishlarining va istaklarining kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Faqat shu bugunnigina uylaydigan, shu bugungusiga magrur yoki uz-uziga magrur kishilarda xayol juda kuchsiz bo‘ladi. Xayol kuchi kup daraja kishining umumiy axvoliga va nerv sistemasining xolatiga: kishining tetikligiga yoki charchab kolganligiga, sogligiga yoki betobligiga bog‘liq bo‘ladi.

Yüklə 260,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə