2-mavzu: Turon kurashni va uning rivojlanish tarixi


Mustaqillik yillarida turon yakka kurashining rivojlanishi



Yüklə 232,03 Kb.
səhifə3/5
tarix12.05.2023
ölçüsü232,03 Kb.
#109890
1   2   3   4   5
2 maruza

2. Mustaqillik yillarida turon yakka kurashining rivojlanishi.
Qisqa vaqt mobaynida turon yakka kurashi ulkan imkoniyatlarga ega bo`ldi,muhim sanalar tarixga aylandi.
1993 yil – jismoniy madaniyat va sport bo`yicha qo`mita tomonidan turon yakka kurashi sportning mustaqil turi sifatida ro`yxatdan o`tdi.
1995 yil – O`zbekiston Respublikasi jismoniy madaniyat va sport davlat qo`mitasi tomonidan me`yoriy hujjatlar ro`yxatga olindi va turon yakka kurashi O`zbekiston milliy sport turi nomini oldi.
O`zbekistonda I - rasmiy chempionati o`tkazildi.
Birinchi marta turon yakka kurashi vakillari, jangovar san`at bo`yicha I- dunyo chempionatida (Moskva) ishhtirok etdi va Andrey Smirnov (Toshkent ) dunyo sportchilarining kuchli o`nlik safiga kirdi.
1996 yil – turon yakka kurashi bo`yicha birinchi marta Turkmaniston, Qozog`iston va Rossiya sport klublarida seksiyalar ochildi.
Toshkent shahrida I - xalqaro turnir ochilish marosimi bo`lib o`tdi.
O`zbekiston tarixida I - marta turon yakka kurashi bo`yicha respublika sportchilari Yunesko homiyligida o`tkazilgan (Bangkok,Tailand) milliy sport turlari va xalq o`yinlari butun dunyo festivalida qatnashdi.
1997 yil – xorij mamlakatlari vakillarining taklifiga ko`ra turon yakka kurashi bo`yicha musoboqa qoidalari qayta ko`rildi.
1998 yil – turon yakka kurashi O`zbekiston o`yinlari dasturiga kirdi.
1999 yil – turon yakka kurashi bo`yicha bo`lim dastlab Tayloqdagi (Samarand viloyati) olimpiya zahiralari sport kollejida ochildi.
2000 yil Qoraqalpog`iston respublikasida hakamlar malakasini oshirish bo`yicha xalqaro seminar bo`lib o`tdi.
2001 yil – turon yakka kurasti bo`yicha O`zbekiston sportchilari dunyo jangovar san`ati xalqaro festivalida ishtirok etdi.
2002 yil – sport maktablari, klublari respublikamizning turli profildagi sport tashkilotlari ucrun o`quv dasturi tasdiqlandi.
2003 yil – O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi ilmiy xodimlari tomonidan turon yakka kurashi bo`yicha kompleks tekshiruvlar o`tkazildi va uning respublika hududlarida taraqiyyoti uchun tavsiyalar berildi.
Respublika umumta`lim maktablarining jismoniy tarbiya darsliklarida turon yakka kurashi kiritildi.
Sportning milliy turlari bo`yicha murabbiy o`qituvchilarni tayyorlovchi respublika maxsus o`quv yurtlarida turon yakka kurashi bo`yicha o`quv dasturi tasdiqlandi.
Turon yakka kurashi bo`yicha shug`ullanuvchi sportchilar uchun sutkalik iste`mol me`yorlari bo`yicha tavsiyalar tasdiqlandi.
O`zbekiston respublikasi Adliya Vazirligi O`zbekiston turon yakka kurashi federasiyasi ustavi ro`yxatga olindi (10.12.03 №565)
2004 yil turon yakka kurashi konseptsiyasi tasdiqlandi.
O`zbekiston turon yakka kurashi federasiyasi O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi a`zosi bo`ldi. Bu Turon yakka kurashi mustaqil sport turi ekanligi, uning respublikada taraqiyoti va xorijda tan olinganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Qozog`iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg`iziston, Rossiya va O`zbekiston vakillarining qarori bilan 1-kongress bo`lib o`tdi va Osiyo turon yakka kurashi assotsiatsiyasi ATA tuzildi .
Turon yakkakurashining O`zbekiston milliy entsiklopediyasi (8-tom) dan joy oldi.
2005 yil, Respublikamizda Turon yakkakurashi bilan shugullanuvchi sportchilar soni o`n ming kishidan oshdi.
2006 yil, O`zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari bo`yicha Vazirlik tomonidan tasdiqlandi (10.02.2006) va O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan ro`yxatga olindi (06.03.2006). Turon yakka kurashi bo`yicha sport inshootlarini jihozlash uchun inventar va jihoz ro`yxati berildi.
O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov yosh Turonchilar bilan uchrashdi va ularning chiishlariga yuori baho berdi (avgust).
2007 yil – Osiyo Turon yakka kurashi Assosiatsiyasi Yuridik maqom oldi. O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan Assosiatsiya ustavining Davlat ro`yxatidan o`tkazildi (7 aprel №655).
Turonchilar“Boyvachcha” (o`zbekfil’m) badiiy fil’mida suratga tushdilar.
5-9 dekabr kunlari Nukus shahrida O`zbekiston, Qozog`iston, Tojikiston,Turkmaniston, Qirg`iziston va Rossiya komandalari ishtirokida Turon yakka kurashi bo`yicha 1- Osiyo rasmiy chempionati o`tkazildi. 2006 yil 28/VIII da mustaqilligimizning 15 yilligiga bag`ishlab “Jurjoniy” sport majmuasining ochilishida. O`zbekiston Respublikasi prizidenti I. A. Karimov yosh turonchilar bilan uchrashdilar va ularning chiqishlariga yuksak baho berdilar.



Yüklə 232,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə