2-Mavzu: Yengil atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan metodlar. (2-soat) Reja


Ko‘rsatish metodi va undan foydalanish



Yüklə 20,54 Kb.
səhifə2/4
tarix19.09.2023
ölçüsü20,54 Kb.
#122497
1   2   3   4
2 Mavzu Yengil atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan metodlar

Ko‘rsatish metodi va undan foydalanish. Sport texnikasini o‘rgatishda namuna ko‘rsatish muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rsatilayotganni kuzatib, o‘quvchi sport texnikasining yaxlit ko‘rinishini qamrab olishi, ijroning oson yoki qiyinligi va boshqa ko‘p narko‘rsatishning muhim roli yana shundaki, namoyish qilinayotgan texnikani ko‘z bilan ko‘rganda, u o‘quvchilar ongida eng ob’ektiv zks ztadi, harakat haqida hosil bo‘lgan tasavvur to‘g‘ri bo‘ladi. Odatda mashqni trener yoki texnikasi yaxshi sportchi ko‘rsatadi. Shuningdek, kinofilmlar, kinokolsovkalar, kinogrammalar, plakatlar, fotosuratlar, rasmlar, maketlar namoyish qilish kerak. Texnikaning detallari to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish uchun, o‘qituvchi ko‘pincha alohida elementlarni ko‘rsatib beradi. Masalan, snaryadni qanday ushlashni yoki yadro itqitishda panjalarning eng oxirgi harakatini yoki tepsinish joyiga oyoq.tagi qanday qo‘yilishini va shu kabilarni alohidaalohida ko‘rsatadi. Sport texnikasini namoyish qilishda harakatning tez bo‘lishi ko‘rib idrok qilib olishni qiyinlashtiradi. Ba’zan, masalan, disk, nayza uloqtirish va yadro itqitishda o‘qituvchi sekinlashtirib ko‘rsatishdan foydalanishi mumkin. Juda murakkab yengil atletika turlaridagi ayrim elementlarni joydan turib ko‘rsatish yengilroq. Masalan, turnikda, halqalarda osilib turib, uzunlikka «qaychi» usulida sakrashdagi oyoq harakatlarini sekin ko‘rsatish mumkin. Yugurib kelib «perekidnoy» usulida balandlikka sakrashda planka ustidan o‘tish paytini gimnastik otda (ko‘ndalang qo‘yib) ko‘rsatish mumkin. Gimnastik otda g‘ov osha yugurishdagi to‘siq ustidan o‘tishni ko‘rsatsa ham bo‘ladi. Ammo o‘rgatishda sekin «ko‘rsatishga» juda berilib ketish yaramaydi. U faqat tushuntirish uchun kerak, harakatlarni tez va yaxshi bilib olishga va ularni tushunishga yordam beradi. Ko‘rsatishni kuzatayotganda, harakat mazmuniga e’tibor berish lozim. Uquvchi ko‘rsatilayotgan harakat yoki faoliyatni mayda-chuyda detallariga e’tiborni bo‘lmay, harakat vazifasi qanday hal etilayotganiga e’tibor qilishi kerak. Unda yaxlit faoliyat haqida, uning asosiy strukturasi va bajarish tezligi to‘g‘risida tasavvur hosil bo‘lishi kerak. Shuning bilan birga mazkur faoliyat boshdan oxir qanday ritmda bajarilishini ham tasavvur etmoq kerak. Keyinchalik o‘quvchining kuzatishi detallasha boradi, uning etibori alohida harakatlarga, ijrodagi «nozik» tomonlarga jalb kilinadi. Lekin mashg‘ulotlar protsessida goh faoliyatning yaxlit ijrosiga e’tibor berish kerak bo‘lsa, goho detallarni «hijjalab» tushuntirish kerak bo‘ladi.

Yüklə 20,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə