2-Mavzu: Yengil atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan metodlar. (2-soat) Reja



Yüklə 20,54 Kb.
səhifə1/4
tarix19.09.2023
ölçüsü20,54 Kb.
#122497
  1   2   3   4
2 Mavzu Yengil atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan metodlar


2-Mavzu: Yengil atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan metodlar. (2-soat)
Reja.
1. So‘z metodi va undan foydalanish.
2. Ko‘rsatish metodi va undan foydalanish.
3. Sport texnikasini egallash.


Yengil atletik turlarning texnikasini o‘rgatish va uni takomillashtirish — trenirovka protsessining tarkibiy qismidir. Yengil atletika ayrim turlari texnikasini o‘rgatish metodikasining umumiy asoslari quyida bayon etilgan. Ulardan eng muhimlari — o‘rganilayotgan texnika to‘g‘risida tasavvur hosil qilishning, to‘g‘ri harakat qilish va to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishki amalda bilishning, bajara olishni baholashning, xatolarni aniqlash va ularni tuzatishning metodlari va vositalaridir.
Urgatish metodlari. Sport texnikasini urgatish uchun,^uqituvchi uchta asosiy metoddan foydalanadi: tushuntirish, ko‘rsatish va bevosita (jismoniy) yordam. Bu metodlarning asosiy vazifasi —to‘g‘ri harakat tasavvurini hosil qilish, harakatni bilib olishga yordam berish, xatolarni ko‘rsatish va ularni tuzatishdirU Sport texnikasini o‘rgatish metodlarining har qaysisi, o‘zining ijobiy tomonlari borligiga qaramasdan, tez va samarali o‘rgatishni to‘la-to‘kis ta’minlay olmaydi. Shuning uchun amalda hamma metodlar ayrim-ayrim ham, bir vaqtning o‘zida birga ham qo‘llanadi. Masalan, o‘qituvchi kerakli harakatni tushuntirayotib, bir vaqtning o‘zida ko‘rsatadi ham, o‘quvchi faoliyatini tuzatayotib, shu bilan birga qanday tu- holatda ekanligini aytib ham beradi. Quyida ko‘rsatilgan metodlarni qulayroq bayon qilish uchun, ular alohida-alohida tasvirlangan.
So‘z metodi va undan foydalanish. Sport texnikasini o‘rgatishda so‘zning roli juda katta. Lekin so‘z bilan murakkab faoliyat haqida, harakat tezligi haqida, qancha kuch sarflash haqida, inersiya momentlari va boshqalar haqida tasavvur hosil qilish qiyin. Asosiy rol o‘ynaydigani — amaliy mashg‘ulotlar vaqtidagi tushuntirishdir. Bunda o‘quvchi u yoki bu harakatni bajarishga intiladi, keyin, ko‘rsatma olib, kerakli harakatni qayta bajarishga urinib ko‘radi va hokazo. Ko‘p so‘zli, uzundan-uzoq tushuntirishdan qochish kerak. Tushuntirishda ildamlab ketib qolmay o‘rgatishning ayni paytida nima kerak bo‘lsa, shu narsa to‘g‘risida gapirish kerak. Urgatish boshlarida qisqa, ani^ tushuntirish kerak. Sport texnikasini o‘zlashtira borgan sari tushuntirish tobora ko‘proq detallarni o‘z ichiga olib, yanada chuqurroq bo‘la boradi. Oddiy tushuntirish bilan birga, obrazli tushuntirish ham ho‘llanadi. Bunda o‘quvchiga tanish bo‘lgan obraz va tasavvurlardan foydalaniladi. Masalan, yugurib kelib balandlikka «perekidnoy» usuli bilan sakrashni o‘rgatish paytida, ko‘pgina o‘quvchilar planka ustidan girizontal holatga o‘tishni bilib olishlari juda qiyin bo‘ladi. Bu qiyinchilikni yengish uchun, mana bunday obrazli tushuntirish qo‘llanadi: «Siz o‘tadigan plankani baland gimnastik stol, sakrab uning ustiga qorin bilan yotib olish kerak, deb faraz qilyng». Masalan, yurish va yugurishda odatda sanoq yoki kerakli ritmda bajariladigan boshqa tovush signallari yordamida ritm o‘rgatiladi. Texnikani o‘rgatish va takomillashtirish protsessida o‘rganilayotgan mashqni bajarishdan oldin va uni bajarish paytida, eslatish va aytib turish muvaffaqiyatli qo‘llanadi. Sportchiga ma’lum, lekin yaxshi xotirlab qolinmagan yoki bajarish paytida esidan chiqib qolayotgan joylarinigina aytib turish mumkin. Aytib turish. vasiylikka aylanib ketmasligp kerak. Ayniqsa musobaqalar vaqtida bunga o‘rgatish yaramaydi. Nihoyat, sport texnikasini o‘rgatish natijasini tahlil silish kerak. Uqituvchining sportchi bilan suhbati, o‘rgatish natijasini baholashga, o‘quvchining harakat to‘g‘risidagi tasavvurini amalda bajarishi bilan taqqoslashga, uning texnikani qanday tushunishini tekshirishga, kelgusi mashg‘ulotlar uchun vazifalar belgilashga imkon beradi. Tahlil har mashg‘ulotda o‘rgatish protsessida va ayniqsa mashg‘ulot oxirida o‘tkaziladi.

Yüklə 20,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə