I. P. Pavlov temperamentni quyidagicha ta’riflaydi. Har bir ayrim kishining va shuningdek, har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xarakteristikasidir, har bir individning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa be



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü108,5 Kb.
#144553
  1   2   3   4   5   6
temperament


Mavzu: TEMPERAMENT VA XARAKTER TURLARI VA XUSUSIYATLARI
Reja :

  1. Temperament

  2. Temperamentning fiziologik asoslari

  3. Xarakterning shakllanishi va o’sishi

I.P.Pavlov temperamentni quyidagicha ta’riflaydi. «Har bir ayrim kishining va shuningdek, har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xarakteristikasidir, har bir individning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa beradigan nerv sistemasining asosiy xarakteristikasidir». (Polnoye sobraniye sochineniy, III tom, 2-kitob, 103-bet).


Temperament, psixologik jihatdan olganda, kishidagi hissiyotning qo’zg’alishlarida va kishidagi umumiy harakatchanlikda ko’rinadigan individual xususiyatdir.
Har qaysi kishidagi hissiyotning qo’zg’alish tezligi, kuchi va barqarorligi har hil bo’ladi. Bir hil odamlarning hissiyoti tez, kuchli qo’zg’aladi va barqaror bo’ladi. Ba’zi kishilarda esa bunday qo’zg’alish sust, zaif bo’lib, uzoqqa bormaydi. Temperamentning bunday xususiyatlari kishidagi hissiyotning qo’zg’alishlari bilan birga, organizmning atrofdagi muhit ta’siriga javoban ko’rsatadigan ixtiyorsiz reaksiyalarida ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Bu xususiyatlar tashqi tomondan kishining mimikalarida, pantomimikalarida, har hil beixtiyor ish-harakat va imo-ishoralarida ko’rinib turadi. Kishi hissiyotining bunday qo’zg’aluvchanlik xususiyat­lari diqqatning kuchi va barqarorligida, iroda sifatlarida, aqliy jarayonlarjumladan, nutq tezligida aks etadi. Mana shunday ixtiyorsiz faollikning qanday yuz berishiga qarab, bir hil odamlarni «tez», «betoqat», «serg’ayrat», «jo’shqin» deymiz. Ba’zilarini esa «sustkash», «lapashang» va hokazolar deb yuritamiz. Bu hildagi individual xususiyatlardan kishining temperamenti (mijozi) tarkib topadi.
Ayrim temperamentlarning alomatlari kishining bolalik chog’larida yaqqol namoyon bo’ladi.
Har bir kishining o’z temperamenti bo’ladi. Lekin har qaysi odamning temperamentlarida mana shunday indivi­dual tafovutlar bo’lishi bilan birga, bu temperamentlar­ning umumiy, o’xshash belgi va alomatlari ham bo’ladi. Hamma hilma-hil temperamentlarni mana shunday umumiy belgilariga qarab ajratish, ya’ni klassifikasiya qilish mumkin.
Barcha temperamentlarni qadimdan to’rt tipga: 1) xole­rik, 2) sangvinik, 3) melanxolik va 4) flegmatik temperamentga ajratish rasm bo’lgan.


Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə