I. P. Pavlov temperamentni quyidagicha ta’riflaydi. Har bir ayrim kishining va shuningdek, har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xarakteristikasidir, har bir individning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa be



Yüklə 108,5 Kb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü108,5 Kb.
#144553
1   2   3   4   5   6
temperament

Xolerik temperament – hissiyotning tez va kuchli qo’zg’aluvchanligi, barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Xolerik temperamentli kishilarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko’rinib turadi. Xoleriklar qizg’inlik va tajanglikka moyil bo’ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman harakatchan, serg’ayrat va har doim urinuvchan bo’ladilar.
Bu hil temperamentli bolalar serg’ayrat bo’ladilar. Ular bir ishga tez kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan bo’ladilar. Ular ko’pchilik bilan jamoa o’yinlar o’tkazishni sevadilar va bunday o’yinlarni ko’pincha o’zlari boshlab, oxirigacha aktiv qatnashadilar. Xolerik temperamentli bolalar arazchan, serjahl va tajang bo’ladilar. Bir narsadan xafa bo’lsalar, bu xafalik ularda uzoq saqlanadi. Ulardagi kayfiyat ancha barqaror va davomli bo’ladi.


Sangvinik temperamenthissiyotning tez, kuchli qo’zg’aluvchanligi, lekin beqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Sang­vinik temperamentli kishilarning kayfiyati tez-tez o’zgarib, bir kayfiyat o’ziga teskari bo’lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turmog’i mumkin. Sangviniklardagi psi­xik jarayonlar, xoleriklardagi singari, tez o’tadi. Bu hil temperamentli kishilar ildam, chaqqon, serharakat va jo’shqin bo’ladilar. Sangvinik temperamentli kishilar tevarak-atrofdagi voqyealardan tez ta’sirlanadilar va muvaffaqiyatsizliklar hamda ko’ngilsiz hodisalar uncha qattiq xafa qilmaydi. Ular ko’p ishga tez va g’ayrat bilan kirishadi­gan bo’ladilar, lekin ishdan tez soviydilar. Bir zayldagi ishlarni uzoq davomli sur’atda bajarishga moyil bo’lmaydilar.
Sangvinik temperamentli bolalar juda serharakat, ildam va chaqqon bo’ladilar. Ular har qanday ishga qatnashish uchun doim tayyor bo’ladilar. Ko’pincha, bir qancha vazifalarni birdaniga bo’yinlariga oladilar. Lekin, har bir ishga ishtiyoq bilan tez kirishganliklari singari, boshlagan ish­dan tez qaytishlari ham mumkin. Sangviniklar chin ko’ngildan va’dalar berishlari, lekin, ko’pincha, va’dani unutib, uni bajarmasliklari ham mumkin. Bu hil temperamentli bolalar o’yinlarga tez va zavq bilan kirishadilar, lekin o’yin davomida, o’z rollarini tez-tez o’zgartirib turishga moyil bo’ladilar. Ularning darrov xafa bo’lishlari va yig’lashlari mumkin, lekin ular hafalikni tez unutadigan bo’ladilar. Ularning yig’isi kulgi bilan tez almashadi.



Yüklə 108,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə