Psixologik muammo. Reja



Yüklə 26,5 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü26,5 Kb.
#142597
Psixologik muammo


Psixologik muammo.
Reja:

  1. Konsultativ vazifalar. Psixologik talab.

  2. Ilk bolalik davri konsultatsiyasiga xos talablar.

  3. Psixoterapevtik masalalarni ifodalash.

  4. Xulosa.

Vaqt, kuch va vositalarni sarflash imkoniyatiga ega bo`lmagan yechimlarni Tayanch iboralar: O`smirlik davri konsultatsiyasi, talabalarga psixologik xizmat,


katta yoshdagilar konsultatsiyasi, muammolarni identifikatsiyalash. psixologik
diagnoz muammolari. psixoterapevtik masalalarni ifodalash.
Psixologik muammo. Konsultativ vazifalar. Psixologik talab. Muammoli vaziyat va patsientning shikoyatlari tahlili. Tipik talablar klassifikatsiyasi.
Maslahat berish psixologik amaliyotning asosiy turi sifatida quyidagi
maqsadlari ko`zlaydi:
Munozarada yuzaga kelgan muammoni zudlik bilan hal etishda unga
yordam ko`rsatish. Odamlarda ko`pincha darhol aralashish, kechiktirilmaydigan yechimlarni talab etuvchi, mijoz hal etish uchun ko`p talab etuvchi muammolar yuzaga keladi. Bunday muammolarni odatda
operativ deb ataydilar va kerakli yechimlar ham shunday deb ataladi. Operativ muammolarni hal etishda og‘zaki maslahat shaklida zudlik bilan
psixologik yordam olish juda muhim hisoblanadi. Bolaning ota-onasi bilan o`zaro munosabatlarda jiddiy nizo lar yuzaga kelishi, ularni vaqtida hal etilmasligi bola jismoniy va psixik sog`ligiga juda katga salbiy ta’sir etishi
mumkin. Biror bir tashkilot ishchisida ham keskin, darhol hal etilishi kerak bo`lgan muammo paydo bo`lishi mumkin. Masalan, yaqin kunlarga belgilangan o`zining bevosita boshlig`i bilan qisqa vaqtli uchrashuv vaqtida
ular o`rtasidagi munosabatlardagi muammoni hal etish zarur bo`ladi. Misol: oilada eri yoki xotinida kutilmaganda oralaridagi munosabat » yoki qarindoshlardan biri bilan munosabati keskin yomon lashadi. Mana shu sababli oilada og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan keskin vaziyat
yuzaga kelishi mumkin. Mijozga psixologning doimiy aralashishisiz o`zi mustaqil hal eta oladigan
masalalarni yechishda, ya’ni odatda maxsus professional psixologik bilimlarkerak bo`lmagan faqatgina muloqot, sog`lom mazmunga asoslangan hayotiy maslahat kerak bo`lgan masalalarni hal etishda yordam ko`rsatish. Masalan,
mijoz uchun mehnat va dam olish qulay kun tartibini tanlab olishi turlin faoliyatlar o`rtasida vaqtni to`gri taqsimlash shunday muammo hisoblanishi
mumkin. Mijoz o`z muammosini to`gri tushunib, umuman uni o`zi xal etishga tayyor
bo`lgan, lekin biror narsadan shubhalangan, o`zining to`g‘ri yo`l tutayotganiga to`la ishonchi bo`lmagan hollarda, shunday holatda psixologik maslahat davomida mijoz psixolog-maslahatchi bilan muloqot natijasida ular tomonidan professional va ruhiy qo`llab quvvatlanadi, bu esa unda o`ziga ishonchini kuchaytiradi.
Psixolog-maslahatchida tayyor yechim bo`lmagan, chunki vaziyat uning imkoniyati doirasidan chiqqan, mijozga qanday bo`lsa ham mayli juda oz va samarasi yetarli bo`lmagan yordam ko`rsatish kerak bo`lgan hollarda, psixologik maslahat quyidagi asosiy vazifalarni hal etadi:
A) Mijoz duch kelgan muammoni aniqlashtirish, tushunib olish.
B) Mijozda yuzaga kelgan muammoning mohiyati to`g‘risida, uning jiddiyligi darajasi haqida unga tushuntirib berish, mijozni muammo bilan tanishtirish.
h) Mijoz paydo bo`lgan muammoni mustaqil hal eta olishi mumkinligini aniqlash maqsadida psixolog-maslahatchining mijoz shaxsini o`rganishi.
G) Mijoz muammosini hal etishni eng yaxshi yo`lini ko`rsatish bo`yicha mijozga maslahat va tavsiyalarni aniq ifoda etish.
D) Mijoz o`z imkoniyatlarini hal etishga kirishgan holatida mijozga qo`shimcha amaliy maslahatlar sifatida kundalik yordam ko`rsatish.
E) Mijozga kelajakda shu kabi muammolarni yuzaga kelishining oldini olishni o`rgatish, psixoprofilaktik vazifasi.
J) Psixolog-maslahatchi mijozga uning o`zi qo`llashi mumkin bo`lgan oddiy, hayotiy zarur psixologik bilim va malakalarni berish. Aytib o`tilgan vazifalarni har birini ko`rib chiqamiz.
Muammoni aniqlashtirish mijozni diqqat bilan tinglab, uni bir qancha vaqt kuzatib psixolog-maslahatchi uning muammosi mohiyati aslida nimadan iborat ekanligi to`grisidagi xulosaga kelishidan iborat bo`ladi. Ba’zida uning xulosalari umuman mijozning fikri bilan mos keladi, ba’zan esa mos kelmaydi.
Xulosalar mos kelmagan xolda psixolog-maslahatchi mijozga u - maslahatni nima uchun dastavval mijozning o`zi o`ylagan, undan farq qiluvchi aynan mana shu xulosaga kelganligini tushuntiradi.
Mijozga muammoni tushuntirish aynan mana shundan iborat bo`ladi. SHunday tushuntirish davomida psixolog- maslahatchi uning muammosi nimadan iborat ekanligini dalil, asoslar bilan tushuntirish bilan birga nima uchun ushbu muammo yuzaga kelganligini va uni qanday qilib amaliy hal etish mumkinligini ham
ko`rsatib beradi. Keyin, mantiqiy zarur va odatda avvalgisi bilan birga amalga oshiriladigan qadam - bu mijoz shaxsini psixologik o`rganish hisoblanadi. Buni o`rganmay turib birinchidan - mijozning o`z muammosini to`la, chuqur tushunib yetishga, ikkinchidan - uni hal etishda mijozning faol ishtirok etishiga tayanib bo`lmaydi. Maslahat olib borishda mana shu ishni bajarib psixolog mijozga uning muammosini tushuntirish, shu bilan birga uning individual xususiyatlarini hisobga olish imkoniyatiga ega bo`ladi. SHundan keyin psixolog-maslahatchi muammoning mohiyatini o`zi tushunishi va mijoz individualligini hisobga olib, uni hal etish bo`yicha tavsiyalarni ifoda etib beradi. Bunday tavsiyalar qisqacha, oddiy va mijoz tushunadigan bo`lishi hamda mijoz tomonidan kerakli ongli nazorat bilan mavjud hayotiy sharoitlarda amaliy belgilanishi mumkin bo`lishi kerak. Har doim ham mijoz psixolog-maslahatchidan olgan maslahat va tavsiyalarini amalga oshirishga kirisha olmaydi. Ko`pincha o`zining tajribasizligi yoki bilmasligi sababli xatoga yo`l qo`yadi va psixolog-maslahatchi tomonidan
kundalik yordamga muhtoj bo`ladi. Psixolog-maslahatchi esa mijozni tinglab, o`zi va u uchun muammoni aniqlashtirib, uni to`g`ri hal etish bo`yicha tavsiyalar taklif etib, o`zining professional burchini to`la bajardi deb o`ylashi kerak emas. Mijozning olgan maslahat va tavsiyalarini xatosiz amalga oshirishni ta’minlash
ham psixolog-maslahatchining vazifasi hisobla- nadi. To`g`ri mijoz psixolog-maslahatchidan olgan tavsiyalarni bajarishni xoxlamasligi ham mumkin. Odamlar
hayotlarida duch keladigan muammolar shunday bo`ladi-ki, ular takroran yuzaga keladi, ularni bir marotaba hal qilinishi ular kelajakda yana bir bor yuzaga kelmasligiga to`la kafolat bo`la olmaydi. SHuning uchun mijoz bilan maslahat berish ishlarini olib borganda kelajakda bunday muammolar yuzaga kelmasligiga harakat qilish kerak. Xususan mana shu psixoprofilaktikaning vazifalaridan biri hisoblanadi. Uni hal etib psixolog- maslahatchi mijozning o`zi o`z harakatlari bilan hayotida kelajakda shunga o`xshash muammo takror yuzaga kelishining oldini olish va hal qila olishga erishadi. Mijoz psixoprofilaktik masalani mustaqil hal qilishga qodir bo`lishi hamda o`ziga o`zi zarur yordamni ko`rsata oladigan bo`lishi uchun maslahatchi- psixolog ba’zida ixtiyoriy ravishda uning uchun kasbiy zarur bo`lmagan vazifani oladi: mijozga foydali bo`lgan oddiy psix Agarda ancha malakali, mas’uliyat bilan va yo`qsak darajada psixologik maslahat berish bilan shug`ullanadigan odamni psixolog-maslahatchi oliy va maxsus oliy psixologik ma’lumotga ega va bundan tashqari psixolog maslahatchi sifatida yetarli amaliy ish tajribasiga ega, mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan va kerakli sertifikat bilan tasdiqlangan odam psixolog-maslahatchi bo`lishi mumkin. Buni kengroq tushuntirib o`tamiz Go`daklik davridan so`ng rivojlanishning yangi davri ilk bolalik (1-3yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola xayotidagi eng axamiyatli, uning kelgusi
psixologik rivojini belgilab beruvchi davr xisoblanadi.Bu rivojlanish asosini bolaning to`g`ri yurishini, muloqotga kirishini va predmetli faoliyatni egallagani tashkil etadi. Tikka va to`g`ri to`g`ri yura olish imkoni bolani bila olishga, doimiy ravishda yangi maolumotlarni egallashga olib keladi. Bu yoshdagi bola o`z
xatti –harakatlari jixatdan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishish uchun intiluvchan bo`ladi. 1-3 yosh bola shakllanishda psixik rivojlanishning nihoyatda axamiyati kattaligini inobatga olgan holda ayrim psixologlar (m-n R.Zazzo) inson tug`ilganidan to yetuklik davrigacha bo`lgan psixik rivojining taxminan o`rtalari 3
yoshga to`g`ri keladi degan mulohazani beradilar. Bu yoshdan boshlab bolalar predmetlarni o`rganish olamiga qadam qo`yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala –munosabatda bo`la oladi va elementar a’loqa qoidalariga amal qila oladi.Kattalar bilan bo`ladigan muloqot orqali bola atrof xayot xaqida boshqa yo`nalishlarga qaraganda 10 xissa ko`proq ma’lumot oladi.Nutq bu yoshda nafaqat
muloqot balki tafakkurning rivojlanishi va o`z o`zini shuningdek, bilish jarayonlarni boshqarish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Ilk bolalik davrining boshlariga kelib bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni biz biron bir predmetni olishga harakat qila olganidan so`ng esa uni sinchiklab o`rganishida ko`rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari asosan ko`rgazmali harakatli bo`lib, u atrof olamdagi turli bog`liklarni o`rganishga xizmat qiladi. O`zidan uzoqroq turgan koptokni biron bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko`rgan bola endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni kaltak yerdamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida umumlashtirish katta o`rin tutadi. Umumlashtirishda shuningdek budilpnikni ham tushunishi kerak. Lekin ular turlicha bo`lgani sabab
ularda umumiylikni topish bola uchun birmuncha qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash yordamga keladi va umumlashtirishni tashkil etadi, 2-3 yoshli bolalar maolum bir predmetlarni o`rniga ularning o`rnini bosishi mumkin deb hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan o`yin jarayonida bola cho`pni
qoshiq yoki termormetr o`rnida, yog`ochdan krovat yoki mashina o`rniga foydalanishi mumkin. Bir predmetni boshqasi o`rnida qo`llash mumkinligini bilish bola atrof olamni bilishi, o`rganishidagi axamiyatli burilish hisoblanadi va u dastlabki tasavvurlarni yuzaga keltiradi. Bu yeshdagi bolalar endi asta-sekinlik
bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea, xikoyalarni, shuningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertak eshitish jarayonida bola ertak qaxramonlarini kimgadir o`xshatishga harakat qiladi, u o`zi mustaqil ertak yoki xikoyalarni to`qiy olishi ham mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy funktsiya hisoblanib, u bilishning barcha ko`rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni o`zlashtirishida avvalo harakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu
borada harakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan ixtiyorsiz bo`ladi. Bu davrdagi bolalarga ko`p kitob o`qib berish natijasida ular
uzun ertak va sheor xikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning
umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos bo`lgan nerv sistemasining umumiy egiluvchanligi natijasidir. O`zi va atrof hayot xaqidagi voqea va xodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni xali to`liq ravishda
xotirasida saqlab qola olmaydi. Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi.
Kichik maktab davri 6-7 yoshdan boshlanib to 9-10 yoshgacha davom etadi. Bu davrda bola u maktab o`quvchilariga qo‘yiladigan har xil talablar bilan
tanishadi,fan asoslarini o`rganish uchun biologik va psixologik jixatdan tayyorlanadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo`ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o`qish xisoblanadi. Bolaning maktabga borishi uning
psixologik rivojlanishi va shaxsning shakllanishidagi o`rni nihoyatda katta Bola o`quv faoliyatida O`qituvchi raxbarligi ostida inson ongining turli asosiy shakllari mazmunini egallaydi va insoniy an’analar asosida harakat qilishni o‘rganadi. O`quv faoliyatida bola uz irodasini o`quv maqsadlariga erishish uchun mashq
qildiradi. O`quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakko`rini keraqli darajada rivojlanishini talab etgan xolda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi.Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi. Birinchi bor maktabga kelgan bola uz atrofidagilar bilan psixologik jixatdan yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U o`zining hayoti tubdan o`zgarganini. unga yangi majburiyatlar nafaqat har kuni maktabga borish, balki o`quv faoliyati talablariga bo`ysunish xam yuklatilganligini xis eta boshlaydi. Oila a’zolarining bola o`quv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek. uni nazorat qilayotganligi,
unga qilinayotgan yangi shakllaridagi muomala munosabat uning ijtimoiy mavqei o`zgarganligini to‘la xis etishiga, o`ziga nisbatan munosabatining o`zgarishiga asos bo`ladi. Kattalar bolalarni seminar jixatdan o`z vaqtlarini to`g`ri taqsimlash borasida yaxshi o`qish, o`ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan
shugullanishga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan xisoblashishadigan, maslaxatlashishadigan yangi bir o`rinni egallaydi. O`quvchining maktabdagi muvafaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to`liq ijobiy asos bo`ladi. Odatda maktabda borish bilan bog`liq bo`lgan qiyinchiliklar va muammolar
quyidagilardan iborat.
1. Yangi o`quv tartibi bilan bog`liq bo`lgan qiyinchiliklar. Bunday qiyinchilik
ko`prok maktabgacha tarbiya muassasalariga bormagan bolalar uchun xosdir.
2. Bolaning sinf jamoasiga moslashuvdagi qiyinchilik.
Bu xolat bolalar jamoalariga yetarli darajada ishtirok etmaganlarda ko`proq
uchraydi.
3. O`qituvchi bilan o`quvchi munosabatlarida yuzaga keladigan qiyinchiliklar.
4. Bolaning oilaviy sharoiti o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan kiynchiliklar.
Bu qiyinchiliklar bola rivojlanishning yangi ijtimoiy sharoitlarida asta - sekin
o`z ifodasini topadi.
Ta’limdagi qiyinchiliklarning alohida olingan sabablaridan kelib chiqib ularni taxlil qilish “O‘zlashtira olmagan” materiallarni masalan, yozuv yoki o`qishni bosh asos qilib olish, keyin esa ularni keltirib chikaraetgan omillarni ko‘rib chiqish mumkin. Asosiy murakkablik shundaki, bir xil qiyinchilikning sababi turli iboralarda turlicha bo`lishi mumkin. Bolaga yondashishning eng maqsadga muvofik yo`li bu ta’limning turli bosqichlarda ro‘y beruvchi qiyinchiliklarda
bolaning funktsional xolatini va rivojlanishining shaxsiy xususiyatlarini xisobga olishdan iboratdir.O`qituvchi bolalarda uchraydigan har qanday qiyinchilikni uning o`zlashtirishi bilan bog‘laydi. Bunda bolani baxolash odatdagidek o`ziga xos shaklda bo`ladi, a’lochi demak, yaxshi o`quvchi , 2 olsa yomon o`quvchi.Mazkur shaklda xos choralar ko‘rilgan. Masalan,maktabda yomon o`zlashtirgan o`quvchining ota - onasi chaqirtiriladi,gazablangan o`qituvchi ularga o`z farzandlariga yomon qarayotganliklarini , yomon tarbiya berayotganliklarini ular bilan kam shugullanayotganliklarini aytib noliydi. Yana xam achinarlisi o`qituvchi sinf oldida yuqori ovoz bilan bolani so‘kadi va kamsitadi. Ko`pchilik xatoni eng tajribali o`qituvchilar xam o`zlashtirmasligi sababini o`quvchining dangasaligi, noshudligi, tarbiyasizligi bilan baxolashga o`rinadilar. O`qituvchi
o`zlashtirmaslikning xaqqiy sabablari to`grisida kamdan kam o`ylaydi va tabiiyki, uni bartaraf qilishning o`ziga xos chora tadbirlarini izlaydi. SHuning uchun quyida maktab psixologining boshlangich sinf o`quvchilari bilan amalga oshirish mumkin bo`lgan psixologik tuzatish ishlarininng ayrim jixatlarini kurib chiqamiz.
Misol tariqasida Ye.L.Yakovleva tomonidan taklif etilgan tuzatish dasturini xavolaqilamiz. Yozilgan so`zlarni taxilil qilish, ulardagi harflarni ko`rish uchunbolalarga diqqat qilish o`yinlari taklif qilinadi. Bu o`yin asosida sinash, tuzatish testi yetadi. Buning uchun katta shrift harflarida bosilgan eski ertak kitoblari olinadi. Bolalarga 5 min davomida uchragan a harfini chizish taklif etiladi. Bunda bola 4 va undan ortiq a harfini qoldirsa yutqazadilar, agar kam qoldirsa yutadilar degan shart qo‘yiladi. Yutganlar ragbatlantiriladi. O`yin har kuni o‘ynagan
ma’qul, yutuqlar natijasi esa, bir xaftada bir marta e’lon qilinadi va golib taqdirlanadi. TOpshirqni bir-biriga qushini bolalarning o`zlari tekshiradilar. CHunki bu yoshdagi bolalar o`z ishlaridan ko‘ra o`zgalar ishiga juda qiziqadilar. SHunga ko‘ra ular sezmay qoldirgan xatolarga ko‘ra ularning bir necha minut davomida diqqat e’tiborlarini to`plagan xolatlari juda axamiyatlidir. Najalar taxlili shuni ko`rsatadiki, 3-4 xaftadan sung o`qituvchining " Diqqat -e’tiborli bul" degan shiori bolalarda diqqatning to`planishiga xizmat qiladi. O`yin bilan bir vaqtda bolada ona tili darsligidan o`qish ko`rsatmasi beriladi. Bu usul Bilan so`z qandayyoziladi va qanday o‘qilishi haqida qiyosiy tushunchaga ega bo`ladi. Hammamiz bilamizki, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi, diqqatni rivojlanishiga doirmashg`ulotlar bo`lib ular o`quvchilarning o`ziga xos xususiyatlarini ya’ni ularni
diqqat-e’tiborli bo`lishga bilimlarni mustaxkamlashga va barcha topshiriklarni bajarishga o‘rgatadi.
Psixolog Piaje tadqiqotlarida 6-7 yoshli bolalardan turli xil balandlikdagi idishlardagi suv mikdorini belgilash suralgan. Va bolalar suv mikdorini bir-biri bilan teng bo`lgan idishlarda kurganlaridan sunggina o`z javoblari noto`g`riligni bilganlar.Kichik maktab davrida tasavvur asosan bolalar rasm chizishda, shuningdek
ertak va xikoyalar tukiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tasavvuri juda keng va xilma-xil bo`ladi. Ayrim o`quvchilar asosan real borlikni tasavvur etsalar boshqalari fantastik obraz va vaziyatlarni tasavvur etadilar. SHunga bog`liq kichik maktab yoshidagi bolalarni realistlar va fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko`pinchacha o`zlariga maolum obrazlar, syujetlardan foydalangan xolda yangi obrazlarni tasavvur etadilar, yaratadilar. Bu tasavvurlar asosida ularning kurkuvni yangish, dust topish, xursandchilik xislari yotadi. Bundan
tashqari tasavvur terapevtik natija olib keluvchp faoliyat sifatida xam namoyon bo`lishi mumkin.
Kichik maktab yoshidagi bola o`zining tub moxiyati va vazifasini tushunib yetmaydi,balki hamma maktabga borishi kerak deb tushunadi.Ammo u kattalarning ko`rsatmalariga amal qilib tirishkoklik bilan mashg`ulotlarga kirishib ketadi.Oradan maolum vaqt o`tgach shodiyona lahzalarning taassuroti kamayishi bilan maktabning tashki belgilari o`z axamiyatini yo`qota boradi va bola o`qishni kundalik aqliy mexnt ekanligini anglaydi.SHunda bola aqliy mexnat ko`nikmasiga ega bo`lmasa uning o`qishdan kungli soviydi,unda umidsizlik xissi
vujudga keladi.O`qituvchi esa bunday xolning oldini olish uchun bolaga ta’limning o`yindan farqi,qiziqarliligi haqida ma’lumotlar berishi va uni shu faoliyatga tayyorlashi kerak.Taolimning mazmuni o`quvchining bilimlarni egallashga qiziqishi o`z aqliy mexnati natijasidan kanoatlanish xissi bilan o`zviy bog`liqdir.
Kichik maktab yoshidagi bolalarni o`qitish jarayoni o`quv faoliyatining asosiy
komponetlari o`quv vaziyatlari,o`quv harakatlari,nazorat etish va baxolash bilan(V.V.Davidov bo`yicha)tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay bo`lgan sharoitda amalga oshirilishi juda muxim. Agar bola o`quv harakatlarini noto`g`ri bajarsa bu uning
o`quv harakatlarini yo nazorat va baxolash bilan bog`liq harakatlarni bilmasligi yoki ularni yaxshi egallamaganligidan bo`lishi mumkin.Bolaning mustaqilravishda bajarilgan harakatlar natijalarini o`z xatti harakatlari xususiyatlari bilan taqqoslay olishlari unda o`z o`zini nazorat etish xususiyatlarini ma’lum darajada shakllanganidan dalolat beradi O`quv vaziyatlarida bolalar ayrim turdagi masalalarni yechish yo`llari bilan tanishadilar va ularni egallagan zaxoti aniq bir masalalarni yechishda foydalanadilarO`smirlik davri 10–11, 14–15 yoshni tashkil etadi. Ko`pchilik o`quvchilarda o`smirlik yoshiga o`tish asosan 5–sinfdan boshlanadi. «Endi u bola emas–u, ‘ali katta ham emas»-bu formula o`smirlik davri harakterini bildiradi. Bu yoshda o`smir rivojida keskin o`zgarishlar ro`y bera boshlaydi. Bu o`zgarishlar fiziologik, hamda psixologik o`zgarishlardir. Fiziologik o`zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan bog`liq ravishda tanadagi barcha aozolarningmukammal rivojlanishi va o`sishi, xujayra va organizm to`zilmalarining qaytadan shakllana boshlashidir. Organizmdagi o`zgarishlar bevosita o`smir endokrin
sistemasining o`zgarishlari bilan bog`liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridanbiri gipofez bezining funktsiyasi faollashadi. Uning faoliyati organism to`qimalarining o`sishi va mu’im ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon bez,buyrak o`sishi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi. Natijada bo`y o`sishi
tezlashidi, jinsiy balog`atga yetish (jinsiy organlarning rivojlanishi, ikqilamchi jinsiy bezlarning paydo bo`lishi) amalga oshadi, bu akseleratsiyani vujudga keltiradi.

Xulosa
Psixologik muammo. .Kattalar bilan bo`ladigan muloqot orqali bola atrof xayot xaqida boshqa yo`nalishlarga qaraganda 10 xissa ko`proq ma’lumot oladi.Nutq bu yoshda nafaqat
muloqot balki tafakkurning rivojlanishi va o`z o`zini shuningdek, bilish jarayonlarni boshqarish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Ilk bolalik davrining boshlariga kelib bolada birinchi tafakkur operatsiyalari yuzaga keladi. Buni biz biron bir predmetni olishga harakat qila olganidan so`ng esa uni sinchiklab o`rganishida ko`rishimiz mumkin. Ularning tafakkurlari asosan ko`rgazmali harakatli bo`lib, u atrof olamdagi turli bog`liklarni o`rganishga xizmat qiladi. O`zidan uzoqroq turgan koptokni biron bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko`rgan bola endi mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni kaltak yerdamida olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Psixologik muammolar bir necha turdagi ruhiy va psixologik vaziyatlardan kaynaklanabilir. Bu muammolar kishi o'zining hissiyotlari, o'z-o'zini tushunish, o'z-o'zini boshqarish, o'z-o'zini qabul qilish, o'z-o'zini tanish va o'z-o'zini rivojlantirishga oid muammolardan iborat bo'lishi mumkin. Quyidagi muammolar hammasiga o'ziga xosdir, lekin ba'zi umumiy muammolar quyidagicha bo'lishi mumkin:
Depressiya: Bu muammo kishi o'z-o'zini ko'p vaqt mobaynida xafa his qilish, xursandlik va energiyasini yo'qotish, motivatsiyasizlik, umidsizlik va qo'rqinchli hissiyotlar bilan bog'liq bo'lishi bilan belgilanadi. Depressiya kabi psixologik muammolar kishi hayotini qanday ko'radi va uning harakatlarini, o'zini qabul qilish va qiziqtirishni ta'sir qilishi mumkin.
Anksiyete: Bu muammo kishi o'zini kuchli xavotirlar, qo'rqinchlar va xursandlikli hissiyotlar bilan bog'liq his qilish bilan belgilanadi. Anksiyete xavf, panika, jismoniy xavf va g'alati hissiyotlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bu muammo kishi faoliyatlarini va harakatlarini ta'sir qilishi, o'z-o'zini boshqarish qobiliyatini va hayot sifatini ta'sir qilishi mumkin Va hk.
Yüklə 26,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə