«Научный импульс» Февраль, 02 305 turli XIL kiyimlarga qo'yiladigan talablar va ularning tasnifi ziyayeva Dildoraxon Ikromovna



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#137209
  1   2   3   4   5
Ziyayeva Dildoraxon Ikromovna



Международный
научный
журнал

7
(100), 
часть
1
 
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202

305 
TURLI XIL KIYIMLARGA QO'YILADIGAN TALABLAR VA ULARNING TASNIFI 
Ziyayeva Dildoraxon Ikromovna

Toshloq tumani 2-son kasb hunar maktabi 
 “Maxsus fanlar” kafedrasi o’qtuvchisi 
 
Annotasiya

Ushbu maqolada hozirgi kunda turli 
xil kiyimlarga qo’yiladigan 
talablar haqida bayon qilingan
Kalit so‘zlar:
Estetik ko`rsatkichlar, gigienik sifat, ekspluatasion ko`rsatkichlar, model 
yaratish. 
 
Turli xil kiyimlarga iste'molchiga oid bo`lgan va texnik-iqtisodiy talablar qo`yiladi. 
Ijtimoiy ko`rsatkichda buyumni ishlab chiqarish va sotishga muvofiqligini bildirgan ommaviy 
ehtiyojlarga mosligi, ya'ni tashqi va ichki bozorda iste'molchilarning kiyimga bo`lgan 
ehtiyojlari tavsiflanadi.
Funksional ko`rsatkichlar kiyimning asosiy vazifasiga, iste'molchining tashqi 
ko`rinishiga va uning psixologik xususiyatlariga mosligini bildiradi. Shuningdek, kiyimning 
kiyib yuriladigan sharoitga mosligini va qulayligini, shaklini saqlashini va hokazolarni 
bildiradi. Kiyimning barcha xossalari uning vazifasiga bog`liq holda tanlansa, kiyim 
insonning ehtiyojini qondira oladi. Ayni kiyimning vazifasi modelga, uning konstruksiyasiga 
va materiallariga qo`yiladigan talablarni shakllantira oladi.
Estetik ko`rsatkichlar kiyimni shaxsiy iste'mol predmeti sifatida baholashda o`ziga xos 
ahamiyatga ega. Estetik xususiyatga ega bo`lmagan kiyim foydasiz buyumga aylanadi, 
chunki u o`z maqsadli funksiyasini - insonning estetik talabini qondiradigan o`ziga xos 
xususiyatni bajara olmaydi. Estetik ehtiyoj, go`zallik qonunlariga ko`ra, insonning 
go`zallikka va ijodga bo`lgan talablarini bildiradi. Kiyim muayyan davrga xos yetakchi badiiy 
tarzlarga mos loyihalanadi. Kiyimning sifati etakchi mezon ekanligini e'tiborga olib, uning 
shaklini yaqqol ko`zga tashlanishi, kiyimning gazlama bilan bog`liqligi hamda tanlangan 
ranglari va hokazolar nuqtai nazaridan moda talablariga muvofiqlik darajasini aniqlaydi. 
Kiyimning estetik ko`rinishi barcha konstruktiv elementlarning (detallar simmetrik 
joylanishi, biriktiruvchi va bezatuvchi choklarning ravonligi, astarning sifati va buyumning 
rangiga mosligi va h.k) o`ziga xos yechimi, ifodaliligi, buyumning haridorgir ko`rinishini 
ta'minlaydigan elementlari majmuiga (firma savdo belgisi, yorliq, qadoqlashga) bog`liq 
bo`ladi. 
Erganomik ko`rsatkichlar buyumning insonga moslashganlik darajasini bildiradi. 
Ergonomika (ergon - mehnat, nomog - qonun) insonni muayyan faoliyat sharoitida 
o`rganadigan hamda inson, buyum va atrofdagi muhitning o`zaro bog`lanish 
qonuniyatlarini o`rganadigan ilmiy fandir. Bu ko`rsatkich kiyim inson qomatiga va uni kiyish 
sharoitiga, statika (harakatsiz holati) va dinamika (harakat holati)da uning ayrim 


Международный
научный
журнал

7
(100), 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə