|
![](/i/favi32.png) 2-modul. Taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari\'12.12.2020 y ochiq dars ma’ruzasiUmumiy yurisdiksiya sudlari.
О„zRda sud tizimini shakllantirishning
huquqiy bazasi О„zR Konstitusiyasining 107-moddasida kafolatlashdan. Ayni shu
konstitusiyaviy norma 1993 yil 2 sentabrda О„zRning "Sudlar tо„g„risida"gi
Qonuni qabul qilinishida asos bо„lib xizmat qildi.
Mazkur Qonunga muvofiq, umumiy yurisdiksiya sudlari tizimi quyidagi
bо„g„inlardan tashkil topdi:
О„zR Oliy sudi;
Qoraqalpog„iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar sudlari va Toshkent
shahar sudi;
tumanlararo, tuman (shahar) sudlari; harbiy sudlar (О„zR Harbiy sudi, okrug
va hududiy harbiy sudlar).
О„zR Oliy sudi.
О„zR Konstitusiyasining 110-moddasiga binoan, "О„zR Oliy
sudi fuqarolik, jinoiy va ma‟muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud
hokimiyatining oliy organi hisoblanadi". Mazkur sud tomonidan qabul qilinadigan
hujjatlar qat‟iy tarzda О„zRning barcha hududida bajarilishi majburiy. О„zR
birinchi Prezidenti I.A.Karimov “... sud hokimiyatini bosqichma-bosqich
mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta‟minlash, uni sobiq tuzumda
bо„lgani kabi qatag„on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson
va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat
qiladigan tom ma‟nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng
qо„lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi”
(
Karimov
I.A.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
Konsepsiyasi. -T.: О„zbekiston, 2010. B. 16.
)
deb ta‟kidlab о„tdi.
О„zR suveren davlat bо„lishi bilan sudlar hokimiyatning qonun chiqaruvchi
va ijro etuvchi tarmoqlaridan, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlaridan
mustaqil holda ish olib borish imkoniga ega bо„ldi.
Hozirgi kunga kelib, Oliy sudning huquqiy maqomi "Sudlar tо„g„risida"gi
Qonunning 2000 yil 14 dekabrdagi tahriri I bо„limining normalari hamda
keyinchalik kiritilgan о„zgartish va qо„shimchalar, shuningdek, О„zR Fuqarolik
protsessual kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksining bir qator qoidalari asosida
tartibga solinmoqsa
(
Dostları ilə paylaş: |
|
|