2. Mol mulk Solig’ini solish ob’ekti qaysilar?



Yüklə 27,75 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü27,75 Kb.
#157186
Aziz test


TEST
1.O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan jismoniy shaxsning daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi 1-qismiga asosan necha foizlik soliq stavkasi bo’yicha soliq solinadi?
A) 15
B) 14
C) 13
D) 12
2. Mol mulk Solig’ini solish ob’ekti qaysilar?
A) uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
B) tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo’ljallangan yashash uchun mo’ljallanmagan ko’chmas mulk ob’ektlari;
C) qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo’ljallanmagan ob’ektlar.
D) barcha javoblar to’g’ri.
3. Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish ob’ektlarining nimasi soliq bazasi hisoblanadi?
A) miqdoriy qiymati
B) bazaviy qiymati
C) valyuta qiymati
D) kadastir qiymati
4. Mulk solig’ini hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi necha so’mdan kam bo’lishi mumkin emas?
A) 72 million
B) 62 million
C) 52 million
D) 42 million
5. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo’yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish ob’ektining bahosi mavjud bo’lmagan taqdirda, mol‑mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — ……..million so’m miqdorda, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa — …….. million so’m miqdorda soliq bazasi hisoblanadi.
A)213/85
B) 212/84
C) 211/83
D) 210/82
6. Quyidagilarning qaysi birida mulkida bo’lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi:
A) o’n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida beriladi;
B) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi
C) ) I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi
D) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar
7. Quyidagi qaysi jismoniy shaxslarning mulkida bo’lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi?
A) yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular yigirma uch yoshga to’lguniga qadar amal qiladi.
B) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to’liq uzib qo’yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o’rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga
C) sobiq SSSRni, O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoxud harbiy xizmatning yoki ichki ishlar organlaridagi va O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog’ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo’lganligi oqibatida yoxud frontda bo’lish bilan bog’liq kasallik tufayli halok bo’lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari)
D) o’n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida beriladi
8. Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m gacha bo’lganlarini qo’shib hisoblaganda), ko’p kvartirali uylarga uzviy bog’liq bo’lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar soliq stavkasi qancha?
A) 0.55
B) 0.45
C) 0.35
D) 0.25
9. Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo’lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari stavkasi qancha?
A)0.73
B)0.62
C)0.42
D)0.33
10. Yer solig’I ob’ekti qaysilar?
A) dehqon xo’jaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari
B) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari
C) jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari
D) hamma javoblar to’g’ri.
11. Dehqon xo’jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xo’jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan necha foiz miqdorda belgilanadi?
A) 0.65
B) 0.75
C) 0.85
D) 0.95
12. Soliq davri uchun soliqni to’lash jismoniy shaxslar tomonidan qaysi sanadan qaysi sanaga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi?
A) 15 aprel va 15 dekabrga
B) 15 mart va 15 dekabrga
C) 15 yanvar va 15 oktyabrga
D) 15 aprel va 15 oktyabrga
13. Yer solig’I imtiyozlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) “O’zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
B) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.
C) I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
D) hamma javoblar to’g’ri
14. “2020-yil 1-iyulgacha shartnoma imzolagan jismoniy shaxslar, qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy‑joylar qurilishi Dasturi doirasida, ipoteka kreditini to’lab bo’lmagunga qadar, xarid qilingan uy‑joylar bo’yicha mulk solig’ini to’lashdan ozod qilinadilar.” Bu imtiyoz qaysi qarorga asosan amalga oshiriladi?
A) 2021 yil 30 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining “2022 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ‑73‑son qaroriga asosan
B) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag’batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ‑3651‑sonli Qarorining 9‑bandi 3‑xatboshisiga asosan
C) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017‑2020 yillarda shaharlarda arzon ko’p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ‑2660-sonli qarorining 17-bandi “a”-kichik bandiga asosan
D) . O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013-yil dasturi to’g’risida”gi PQ‑1902‑son qarorining 4‑bandi 3‑xatboshisiga asosan
15. 2022 yilda soliq yukining keskin oshib ketmasligi uchun hisoblangan soliq summasi 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan, jismoniy shaxslardan olinadigan mol‑mulk solig’i summasi 2021 yil uchun hisoblangan soliq summasining necha baravaridan oshmasligi belgilangan?
A) 5.3
B) 2.1
C) 3.2
D) 1.3
Yüklə 27,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə