2-mustaqil ish “O‘zbek adabiy tili me’yorlari”



Yüklə 2,96 Kb.
tarix30.03.2023
ölçüsü2,96 Kb.
#103704
2-mustaqil ish “O‘zbek adabiy tili me’yorlari”-fayllar.org


2-mustaqil ish “O‘zbek adabiy tili me’yorlari”

2-MUSTAQIL ISH

“O‘ZBEK ADABIY TILI ME’YORLARI”

REJA:
1. Me’yor tushunchasi


2.O’zbek adabiy tili me’yoriy ko’rinishlari

Nutq madaniyatiga erishishning asosiy omili tilni, ayniqsa adabiy til me’yorlarini egallash, ulardan umumli va o‘rinli foydalanishdir. Hozirgi adabiy til me’yorlariga rioya qilib tuzilgan nutq aniq, to‘g’ri va ta’sirchan holda tinglovchiga yetib boradi. Me’yor- jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, maqullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutq jarayonida qo’llanish holati va imkoniyatidir. Til va nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’ringa ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan. Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o’rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-marifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashi, urf- odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin emas.

Anglashiladiki, til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o’rganilishi bejiz emas. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o’tishi bilan o’zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir. Tadqiqotchilarning aytishicha rasmiy muomalada tildan foydalanish tilning me’yorlashuvini, adabiy tilning shakllanishini tezlashtirgan. Til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy bo’lgan bir qolipga keltirish tilshunoslikning muhim vazifasi hisoblanadi. Me’yor masalalari shu sohaning o’rganish obyekti bo’lib qoladi. Til birliklarining adabiy shaklda me’yorlashuvida badiiy adabiyotning o’rni ham aloohida. Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o’z fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq qiladigan ifodalarda berishga intiladilar. Bu yo’lda ular yangi so’z va iboralar yaratadilar. Bu tilning boyishi va me’yorllashuviga sabab bo’ladi. Til elemantlarini me’yorlashtirish jarayonda eskiliik yangilik o’rtasida kurash hamisha davom etadi. Tilda yashab turgan so’z va iboralar ularnng o’rniga kelayotgan yangilariga osonlikcha o’rnini bo’shatib bermaydi.Ma’lum muddat ular teng darajada parallel yashab turishi va vaqtlar o’tishi blangina o’rnini bo’shatib berishi mumkin.



http://fayllar.org
Yüklə 2,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə