2-qism. Elektrodinamika. Optika va atom fizikasi



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/115
tarix26.09.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#123891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
2-qism. Moskovkina (Fonsiz)

39.12.
 
10 µC va 6 µC bo’lgan zaryadlar bir biridan 2 m masofada joylashgan. Bu 
zaryadlar o’rtasidagi elektr maydon kuchlanganligini aniqlang? 
39.13.
 
+4 nC va -5 nC bo’lgan ikki nuqtaviy zaryadlar orasidagi masofa 0.6 m ga teng. 
Bu zaryadlar o’rtasidagi nuqtada elektr maydon kuchlanganligi qanday bo’ladi? 
39.14.
 
+8 µC va -3 µC bo’lgan elektr zaryadlari o’rtasidagi nuqtada elektr maydon 
kuchlanganligi 5.5 kN/C ga teng bo’lsa , zarydalar orasidagi masofani toping. 
39.15.
 
+5q va -2q nuqtaviy zaryadlar bir biridan 10 sm masofada joylashgan. Bu 
zaryadlarni tutashtiruvchi to’g’ri chiziqda , birinchi zaryadan qanday masofada elektr 
maydon kuchlanganligi nol ga teng bo’ladi? 
Uchinchi daraja 
39.16.
 
Izoliyatsiyalangan ipga osilgan 0,4 gr massali , zaryadi 
C bo’lgan 
sharcha gorizontal yo’nalgan bir jinsli elektr maydoniga kiritilganda ip vertikal bilan 45° 
burchak hosil qildi. Elektr maydon kuchlanganligini aniqlang. 
39.17.
 
Tomoni 3 m ga teng bo’lgan kvadratning uchta uchiga 2 nC dan bo’lgan 
nuqtaviy zaryadlar joylashtirilgan. Kvadratning to’rtinchi uchidagi elektr maydon 
kuchlanganligini aniqlang. 
39.18.
 
Tomini 0.1 m bo’lgan kvadrat uchlariga q, 2q, 3q, 4q nuqtaviy zaryadlar birin 
ketin joylashtirildi. Agar q=3 nC bo’lsa, kvadrad markazidagi elektr maydon 
kuchlanganligini aniqlang? 
39.19.
 
Dioganallari 10sm va 20sm bo’lgan rombning qisqa dioganali uchlariga q va 2q 
nuqtaviy zaryadlar, uzun dioganali uchlariga esa 2q va 4q nuqtaviy zaryadlar joylashtirildi. 
Agar q=1nC bo’lsa rombning dioganallari kesishish nuqtasidagi elektr maydon 
kuchlanganligini aniqlang? 
39.20.
 
To’g’ri burchakli uchburchakning o’tkir burchakli uchlariga +2nC va -2nC 
nuqtaviy zaryadlar joylashtirilgan. To’g’ri burchak uchidagi elektr maydon 
kuchlanganligini aniqlang? Katetlari 3sm va 4sm. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə