47.14. Qarshiligi 5 Om bo’lgan galvonometr shkalasi 50 ta bo’limga ega. Shkalasining
bo’lim qiymati 200 µA ga teng. Bu galvonometrni voltmetr sifatida foydalanish
uchun 495 Om qo’shimcha qarshilik ulandi. Voltmetrning bo’lim qiymatini toping.
48.
O’zgarmas tokning ishi va quvvati. Joul-Lens qonuni
1-daraja
48.1. Qarshiligi 6 Om bo’lgan o’tkazgichdan 9 s davomida tok o’tdi. Agar
o’tkazgichning ko’ndalang kesimidan bu vaqt davomida 3 C zaryad o’tgan bo’lsa,
ajralgan issiqlik miqdorini aniqlang.
48.2. O’tkazgich uchlaridagi kuchlanish 220 V bo’lganda tokning quvvati 1.1 kW ga
teng bo’ldi. Zanjirdagi tok kuchini aniqlang.
48.3. Qarshiligi 0.3 kOm bo’lgan o’tkazgichdan 5 minut davomida 2 A tok o’tganda,
qancha issiqlik miqdori ajraladi?
48.4. 110 V kuchlanish tarmog’iga ulangan o’tkazgichdan 10 minut davomida 60 kJ
isiqlik ajralgan bo’lsa, o’tkazgich qarshiligini aniqlang.
48.5. 42 V kuchlanishda 2 minut davomida zanjirning tashqi qismida 2880 J issiqlik
ajralgan bo’lsa, zanjirdagi tok kuchini aniqlang.
Ikkinchi daraja
48.6. Ikkita bir xil o’lchamdagi temir va mis o’tkazgichlar tarmoqqa ketka-ket ulangan.
Bu o’tkazgichlarda ajraladigan isiqlik miqdorlari nisbatini aniqlang. Temirning
solishtirma qarchilikgi 0.09 µOm∙m, misning solshtirma qarshiligi 0.017 µOm∙m.
48.7. 40A tok o’tayotgan mis o’tkazgichning har bir metr uzunligidan 1 s da 1,8 J issiqlik
ajralayotgan bo’lsa, mis o’tkazgichning diametrini aniqlang. Misning solishtirma
qarshiligi 1,7 ∙10
-8
Om∙m.
Husniddin Qoraboyev
36
48.8. Ichki qarshiligi 2 Om bo’lgan tok manbaiga 4 Om qarshlikli rezistor ulangan.
Qarshilikdagi kuchlanish tushishi 6 V ga teng. Zanjirda ajraladigan to’liq issiqlik
miqdorini aniqlang.