Husniddin Qoraboyev
41
50.
Amper kuchi.
1-daraja
50.1.
Induksiyasi 2 Tl bo’lgan bir jinsli magnit maydonga kiritilgan 8 sm uzunlukdagi
o’tkazgichdan 4 A tok oqayotgan bo’lsa, bu o’tkazgichga
maydon tomonidan
qanday kuch ta’sir qiladi? Tok kuchi va magnit induksiya
vektori orasidagi
burchak 30 ° ga teng.
50.2.
Aktiv qismining uzunligi 0.4 m bo’lgan o’tkazgich induksiyasi 0.8 Tl bo’lgan bir
jinsli magnit maydoniga kiritilganda unga 1.6 N kuch ta’sir etdi. O’tkazgich
magnit induksiya chiziqlariga pependikulyar joylashgan bo’lsa, undagi tok kuchini
aniqlang.
50.3.
Magnit induksiya chiziqlariga 45° burchak ostida joylashgan 10 sm uzunlikdagi
o’tkazgichdan 8 A tok o’tganda unga 0.2 N kuch ta’sir etsa, magnit maydon
induksiyasini aniqlang.
50.4.
20 A tok oqayotgan 5 sm uzunlikdagi o’tkazgich induksiyasi 0.1 Tl bo’lgan magnit
maydonga kiritilganda unga 0.05 N kuch ta’sir etdi. O’tkazgichdagi tok yo’nalishi
va magnit induksiya vektori orasidagi burchakni aniqlang.
Dostları ilə paylaş: