2. Til ijtimoiy hodisa sifatida. Tillarning paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojlanishi



Yüklə 9,91 Kb.
səhifə3/3
tarix29.11.2023
ölçüsü9,91 Kb.
#142500
1   2   3
2. Til ijtimoiy hodisa sifatida. Tillarning paydo bo\'lishi, shak-fayllar.org

Tarixga nazar
Tilning inson ongi tufayli yuzaga kelishi
Ba'zi olimlarning fikricha, insonning aqliy qobiliyatlari to`xtovsiz rivojlanishi natijasida kishilar bir biri bilan muloqot qilish imkoni tug`ildi. Ushbu taxmin ancha mantiqqa yaqin tuyuladi. Biroq ko`plab olimlar va tilshunoslar uni rad etadilar. Zero inson aql zakovati darajasini uning tilisiz baholab bo`lmaydi. Til bo`lmasa ong qanday rivojlanishi mumkin? Ular bir birini taqozo qiluvchi hodisalar hisoblanadi.


Tilning qo`qqisdan paydo bo`lishi
Ba'zi olimlar tilni dastlabki zaminsiz to`satdan paydo bo`lgan degan fikrni ilgari surishadi (Вильгельм Гумбольдт. 1767-1835). Ularning ta'kidlashicha, insonga gaprish qobiliyati avvaldan mavjud bo`lgan, taraqqiyotning ma'lum bosqichida kishilar ushbu qobiliyatni sezib qolib, muloqot uchun so`zlar va imo-ishoralarni qo`llay boshladilar. Keyinchalik lug`at tarkibini boyitib bordilar. Ammo til murakkab mantiqiy tizimga ega bo`lgani holda to`satdan o`z-o`zidan paydo bo`lishi mumkin emas.
Uzoq vaqtlargacha ba’zi olimlar tilni hayvon, o‘simlik kabi tabiatdagi tirik (tabiiy) organizm deb tushunganlar. Ularning fikricha, til tirik organizm singari, tabiat qonunlariga itoat qilgan holda tug‘iladi, o‘sadi va taraqqiy qiladi, so‘ng eskirib, o‘ladi. Tilni bunday tushunish ayniqsa XIX asrning o`rtalarida, tabiiy fanlarning, ayniqsa, darvinizmning muvaffaqiyatlari inson va unga xos xususiyatlrni o`rganuvchi ko`p sonli kishilarni o`ziga jalb qilgan paytda avj oldi.
Insonning tabiiy-biologik xususiyatlari kishilik jamiyatidan tashqari, jamiyatga bog‘liq bo‘lmagan holda, masalan, yangi tug‘ilgan go‘dak hayotining takomili (nafas olishi, ko‘rishi, ovqat yeyishi, asta-sekin yurib ketishi va hokazolar) tabiat qonunlariga muvofiq holda taraqqiy etaveradi, o‘saveradi. Ammo insonlarning so‘zlashi, fikrlay bilishi uchun jamiyat, kishilik jamiyatinng bo‘lishi shart.
Shuni e’tirof etish zarurki, kishining tabiiy-biologik xususiyatlari nasldan naslga o‘tishi mumkin, biroq bolaning tili - so‘zlash xususiyati nasldan naslga o‘tmaydi, o‘zbeklar orasida yashagan boshqa millat vakillari o‘zbeklardek yashashi, o‘zbek tilida so‘zlashi mumkin, biroq uning yuz ko‘rinishi o‘zbeklarnikiga o‘xshamasligi aniq.
Ko‘rinadiki, til tabiiy-biologik hodisa bo‘lmay, kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiluvchi sinfga bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy hodisadir. Shunga ko‘ra quyidagi xulosalarni qilish mumkin:
- til muayyan jamiyatda shakllanadi, taraqqiy etadi va shu jamiyat uchun xizmat kiladi;
- til tabiiy-biologik emas, ijtimoiy hodisadir;
- til kishilarning tabiiy-irqiy belgilariga aloqador bo‘lmaydi;
- til jamiyatning ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan ijtimoiy hodisa sanaladi.
Har bir til o‘ziga xos rivojlanish davrini boshidan kechiradi va bu shu til amal qiladigan jamiyatga, undagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi. Birorta til paydo bo‘lganidan boshlab to hozirgacha o‘zicha rivojlanmaydi, u faqat jamiyat tildan foydalangani uchungina rivojlanadi. Demak, tilning rivojlanishi bevosita jamiyat bilan, uning tarixi jamiyat tarixi bilan uzviy bog‘langan.
Til ma’lum bir tabaqa, guruhlar uchun xizmat qilmaydi, jamiyat a’zolari uchun baravar xizmat qiladi. Tilning yashashi va rivojlanishi ham jamiyat bilan uzviy bog‘liq: jamiyat bor joydagina til bo‘ladi, til bor joyda esa jamiyat bo‘ladi.
Til – inson hayotidagi buyuk jumboqlardan biridir.

Shuni ham qayd qilish kerakki, tildagi o‘zgarishlar keskin, to‘satdan sodir bo‘lmaydi. Tilda hech qachon inqilobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi, tildagi o‘zgarishlar asta-sekin, evolyutsion yo‘l bilan amalga oshadi. Shu bilan birga til taraqqiyotida turg‘unlik ham bo‘lmaydi, u doimo rivojlanishda bo‘ladi. Jumladan, milliy tillarning paydo bo‘lishi ijtimoiy tuzumga, millatning paydo bo‘lishiga bog‘liq bo‘lib, hamma yerda bir vaqtda sodir bo‘lmagan. Millat va milliy tillarning paydo bo‘lishi turli xalqlarda turlicha amalga oshadi. Ayrim xalqlar esa hali millat darajasigacha o‘sib yetmaganini, demak, ushbu jamiyatda milliy til ham shakllanmaganini kuzatish mumkin.



110-guruh talabasi Sodiqjonova Sevara
http://fayllar.org
Yüklə 9,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə