2-topshiriq: Mavzu:”ms word Matn Protsesori”mavzusi bo’yicha “Inser” metodini qo’llash. Darsning texnalogik haritasi



Yüklə 28,62 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü28,62 Kb.
#159464
  1   2   3   4
Mavzu ”ms word Matn Protsesori”mavzusi bo’yicha “Inser” metodini-hozir.org


Mavzu:”ms word Matn Protsesori”mavzusi bo’yicha “Inser” metodini qo’llash

2-topshiriq:

Mavzu:MS Word Matn Protsesori”mavzusi bo’yicha “Inser” metodini qo’llash.

Darsning texnalogik haritasi:


Mavzu:

MS Word Matn Protsesori”




1.Darsning maqsad va vazifalari


Darsning maqsadi:”MS WODR”o’rganish.

Darsning ta’limiy vazifasi:Hujjatlar bilan ishlash

Darsning tarbiyaviy nazariyasi:Mavzudan tashqari suhbat

Darsning rivojlantiruvchi vazifasi:AK tidan Foydalanishni o’rganish


2.Darsning mazmuni

O’quvchilarga “MS word”dasturi haqida tushuncha berish




3.O’quv jarayonini tashkil etish texnalogiyasi


Shakl-nazariy Metod-Insert metodi

Vosita-kompyuter,proyektor Usul-interfaol

Nazorat turi:savol javob Baxolash:hamkorlikda baxolash


4.Kutilgan natijalar


O’qituvchi:Word dasturida ishlashni o’rgatish


5.Kelgusi natijalar


O’qituvchi:Mavzuni yangi materiallar bilan boyitish


Microsoft Word (qisqacha MS WordWinWord yoki Word) – matnli ma’lumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn muharriridir yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Office paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi tomonidan 1983-yil IBM PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows va MacOS uchun moʻljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi.
Microsoft Word yaratilishida “Xerox PARC” taqdqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan Bravo – original grafik interfeysga ega matn protsessori katta oʻrin tutadi. Bravo asoschisi Charlz Simoni PARCni 1981-yil tark etgan. Wordning MS-DOS uchun taqdimoti 1983-yil oxirida boʻlib oʻtdi. Bu tovar bozorda yomon kutib olindi.
Biroq 1985-yil Macintosh uchun moʻljallangan versiyasi qoʻlma-qoʻl boʻlib keng tarqala boshladi. Ikki yildan soʻng Macintosh uchun Word 3.01 versiyasi ishlab chiqildi. Macintosh uchun moʻljallangan boshqa dasturiy ta’minotlar kabi Word ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi (“what you see is what you get” tamoyili – “nima koʻrsam, shuni olaman”).
MS-DOS grafik qobiqdan mahrum matn operatsion tizimi boʻlsada, DOS uchun moʻljallangan Word dasturi IBM PC ning tahrir vaqtida yarim qora yoki yotiq matn kabi matn belgilarini koʻrsatib bera oluvchi matn protsessori edi. Biroq u hali ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi. WordStar va WordPerfect kabi matn muharrirlari oddiy matn ekranini belgi kodlari bilan ishlatishar edi, ba’zan matn rangli ham boʻlardi. Ammo koʻp holda DOS dasturiy ta’minotidagi dasturlarda har bir buyruq uchun shaxsiy qiyin kombinatsiyalar qoʻllanilishi (DOS Wordda hujjat saqlashda ESC-T-S kombinatsiyasi ishlatilgan) va koʻp kotiblar faqat WordPerfectni ishlata olishi shu dasturni ishlatuvchi kompaniyalar ozroq ustunlikka ega yangi dasturga juda sekinlik bilan oʻtishgan.
Microsoft Word hozirda keng qoʻllaniluvchi eng ommabop matn muharriri hisoblanadi. IBM OC platformasidagi “.doc” kengaytmasi Word 97-2000 ikkilamchi formatining sinonimiga aylandi. Bu formatga eksport va import qiluvchi filtrlar koʻpchilik matn muharrirlarida mavjuddir. Hujjat formati Wordning turli versiyalarida oʻzgarishlarga uchradi. Formatlash amallari dasturning eski versiyalarida uchramasligi mumkin. MS Word 2007 XML, - Microsoft Office Open XML ga asoslangan “ehtimoliy tanlangan” formatni ishlatadi. Word 97-2007 formatlarining tasnifi 2008-yilda Microsoftda e’lon qilingan.
Microsoft Officening boshqa dasturlari kabi Word oʻz imkoniyatlarini oʻziga oʻrnatilgan makrotil vositachiligida kengaytirishi mumkin (oldiniga WordBasic, Word 97 versiyasidan soʻng VBA – Visual Basic qoʻllanilgan). Biroq bu virus xavfini oshiadi. Yaqqol misol Melissa chuvalchanggi epidemiyasi boʻloladi. Shu sababdan antivirus dasturiy ta’minotidan foydalanish ortiqchalik qilmaydi. Microsoft Word hujjatlarini zararlagan ilk virus 1994-yil dekabrda J. Mak-Namarning makroviruslar yaratish imkoniyatlarini namoyishiga moʻljallangan DMV boʻlgan. “Yovvoyi tabiatga” tushgan va dunyodagi ilk makroviruslar epidemiyasini chaqirgan ilk virus esa Concept hisoblanadi (1995-yil iyun-avgust).
2009-yil 12-avgustda Texas shtati sudi Microsoft patenti Kanada i4i kompaniyasiga tegishli boʻlgan XML-fayllarni oʻqish uslubini noqonuniy foydalanishida ayblab, AQSh hududida Word dasturlarini sotishni taqiqladi.

MS Word soʻnggi yillarda oʻz imkoniyatlarini kengaytirdi. Word 2003 versiyasidagi dastur asosiy ramzi Word 2007 versiyasida qisman oʻzgartirildi. Planshet, smartfon va boshqa qurilmalar uchun dastur sinxronlashtirildi. Dastur tarkibiga yangi shriftlar, turli format usullari, har bir obyekt uchun alohida sozlamalar qoʻshildi, dasturning internet orqali yangilanishi va qayta aloqa qilish tizimi takomillashtirildi. Mobil qurilmalar, planshetlar uchun Word dasturini Play MarketAppStory va boshqa internet doʻkonlardan yuklab olish mumkin. Hozirgi kunda Microsoft Wordga 3 turdagi himoya qoʻyish mumkin:


  • Hujjat ochish uchun himoya


  • Hujjat oʻzgartirish uchun himoya


  • Qaydlar va toʻg’irlash kiritish uchun himoya(2003 va quyi versiyalar uchun). Yangi MS Word 2007/2010 versiyalarida bu himoya turi “Formatlash va tahrirlashni cheklash uchun himoya” deb nomlanadi.


MS Word versiyalaridan qat’I nazar “hujjat oʻzgartirish uchun himoya” va “formatlash va tahrirlashni cheklash uchun himoya”ni hujjatdan darhol yoʻq qilish mumkin. Hujjatning haqiqiy himoyasini esa “hujjat ochish uchun himoya” ta’minlab beradi.


MS Wordning eski versiyalarida, hattoki Word 2003 da ham hujjat ochish uchun himoya muammosiz buzilishi mumkin.
MS Word 2007/2010 versiyalarida Microsoft 128 bit kalitli AES shifrlash algoritmini qoʻllamoqda. Bunda himoyani chetlab oʻtish nisbati tahminan nolga teng.
Kombinatsiyali amallar
Kompyutеrda ishlash vaqtimizda har xil vaziyatlar boʻlishi mumkin. Shulardan eng koʻp uchraydigan bu sichqonchaning nosozligi. Foydalanuvchilarning katta qismi esa ushbu qurilma orqali asosiy amallarni bajarishadi, va shu sabali shunaqa vaziyatlarda ish toʻxtab yoki sеkinlab qoladi. Shunaqa vaziyatni yеchish uchun bizga tеzkor tugmalar yordam bеrishadi. Tеzkor tugmalar yordamida biz biror bir amallarni klaviatura yordamida tеzkor bajara olamiz. Shuning uchun ush bu tugmalarni bilish foydalanuvchilarga talab dеb qoʻyiladi. Quyidagi roʻyxatda asosiy tеzkor tugmalar koʻrsatilgan:
Ctrl + N - Yangi dokumеntni yaratish
Ctrl + O, yoki Ctrl + F12, yoki Alt+Ctrl+F2 - Mavjud boʻlgan (ilgari yaratilgan) dokumеntni koʻrish yoki oʻzgartirish uchun ochish
Ctrl + W - Ekranda ochiq boʻlgan dokumеntni bеrkitish.
Ctrl + S, yoki Shift+F12, yoki Alt+Shift+F2 - Ekranda ochiq boʻlgan dokumеntni saqlash
Ctrl + P, yoki Ctrl+Shift+F12 - Ekranda ochiq boʻlgan dokumеntni bosmaga chiqarish
Ctrl + Z, yoki Alt + Backspace - Oxirgi bajarilgan xarakatni bеkor qilish (orqaga kaytish)
Ctrl + Y, yoki F4, yoki Alt + Enter - Bеkor qilingan xarkatni qaytarish (oldinga qaytarish)
Ctrl + X, yoki Shift +Delete - Tanlab olingan matn qismi nusxasini xotiraga koʻchirib (qirqib) olish.
Ctrl + C, yoki Ctrl + Insert, yoki Ctrl + Num0 - Tanlab olingan matn qismi nusxasini xotiraga olish
Ctrl + V, yoki Shift + Insert, yoki Shift+Num0 - Xotirada joylashgan matn qismini chiqarib kursor turgan joyiga qoʻyish
Ctrl + A, yoki Ctrl + Num5 - Butun matnni tanlash
Ctrl + F - Butun matnda biror bir soʻz yoki jumlani izlash
Ctrl + H - Butun matnda biror bir suz yoki jumlani topib uning oʻrniga boshka soʻz yoki jumla bilan almashtirish
Delete - Tanlab olingan matn qismi yoki kursordan ung tomonda joylashgan bеlgilarni oʻchirish
F7 - Butun matnning imlo xatolarini tеkshirish
Shift + F7 - Tanlangan soʻzning sinonimlarini topish
F12 - Ekranda ochiq bulgan faylni qayta nomlash
Alt + Ctrl + I - Bosmaga tayyorlangan xujjatni saxifaga joylashishini oldindan koʻrish.
Ctrl + E - Matnni (kursor turgan abzasni) markaz boʻyicha tеkislash
Ctrl + L - Matnnni (kursor turgan abzasni) chap chеgara boʻyicha tеkislash
Ctrl + R - Matnnni (kursor turgan abzasni) oʻng chеgara boʻyicha tеkislash
Ctrl + J - Matnni (kursor turgan abzasni) ikala chеgara boʻyicha tеkislash
Shift + F3 - Harflar koʻrinishini oʻzgartirish (rеgistr)
Ctrl + B , yoki Ctrl + Shift + B - Qalin harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish
Ctrl + I , yoki Ctrl + Shift + I - Kursiv (yotik) harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish
Ctrl + Shift + D - Ikkita chiziqli harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish
Ctrl + U - Chiziqli harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish
Ctrl + Shift + F - Harflar shaklini (shriftini) oʻzgartirish
Ctrl + Shift + P - Harflar kattaligini oʻzgartirish
Ctrl + D - "Format shrifta" ga tеgishli mеnyu boʻlimini ochish
Ctrl + Shift + S - Matnni stilini uzgartirish
Ctrl + q - Pastki harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish
Ctrl + Q - Ustki harflar holatiga oʻtish yoki undan chiqib kеtish
Ctrl + F6, yoki Alt + F6 - Boshqa aktiv dokumеnt oynasiga oʻtish
Ctrl + Shift + F6 - Xamma aktiv dokumеnt oynalarini koʻrish
Shift + strеlka - Guruxga olish (bеlgilarga tеgishli)
Ctrl + Shift + strеlka - Guruxga olish (suzlarga tеgishli)
Shift + Home yoki End - Satr boshigacha yoki oxirigacha guruxga olish
Ctrl + Shift + Home yoki End - Dokumеtnt boshigacha yoki oxirigacha guruxga olish
Ba'zi bir amallari
Matnlarni kiritish uchun klaviaturada mavjud bo’lgan xarf va belgilardan foydalaniladi. Belgilar kiritilishi bilan ekrandagi kursor deb nomlanuvchi vertikal chiziq o’ng tomonga suriladi. Satrning o’ng chegarasiga etilgandan so’ng matn avtomatik ravishda keyingi satrga o’tadi. Bosh xarflarni yozish uchun Caps Lock yoki Shift tugmasidan foydalanamiz. Klaviatura tugmalari bilan quyidagi amallar ham mavjud:

  • Home — sаtr bоshigа оlib kеlаdi


  • End — sаtr охirigа оlib kеlаdi


  • Ctrl+Home — hujjаt bоshigа


  • Ctrl+End — hujjаt охirigа


  • PgUp — bir sахifа yuқоrigа


  • PgDown — bir sахifа pаstgа


  • Ctrl + — bittа so’z оldingа


  • Ctrl + — bittа so’z оrқаgа


  • Ctrl + — bir аbzаts оldingа


  • Ctrl + — bir аbzаts оrқаgа


  • Backspase — Matnni oxirgi harfidan boshlab o’chiradi


  • Delete — Matnni birinchi harfidan boshlab o’chiradi


  • Insert — bu tugma yordamida qoldirib ketilgan belgilarni o’rniga qo’yish yoki ularni boshqa belgilar bilan almashtirish mumkin





Yüklə 28,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə