2. Yuz yilik urush sabablari Yuz yillik urushning eng so`ngi bosqichi


Yuz yillik urushning eng so`ngi bosqichi



Yüklə 50,63 Kb.
səhifə4/13
tarix17.10.2023
ölçüsü50,63 Kb.
#127926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kurs ishi

Yuz yillik urushning eng so`ngi bosqichi
1453-yil 19-oktabr kuni Fransiya qiroli Karl VII ikki oydan ortiq davom etgan qamaldan so‘ng, Bordo shahriga kirdi va hududdagi Angliya hukmronligiga barham berdi. Bordo qamali 1337–1453-yillarda yuz bergan Fransiya va Angliya o‘rtasidagi yuz yillik urushning eng so‘nggi fazasiga kiruvchi janglardan biri bo‘lib, “Daryo” bugungi maqolada mazkur jarayon haqida hikoya qiladi. Fransiya va Angliya qirolliklari o‘rtasida 1337-yildan 1453-yilgacha bo‘lgan davrda bo‘lib o‘tgan harbiy to‘qnashuvlar XIX asr tarixchiligida Yuz yillik urush nomi ostida berilishni boshlagan edi. Bugungi kunda ham tarixchilikda shu nom qo‘llanadi. Ikki qirollik o‘rtasidagi urush boshlanishiga quyidagi uch asosiy omilni sabab qilib ko‘rsatiladi : Fransiya va Angliya qirolliklari o‘rtasida 1337-yildan 1453-yilgacha bo‘lgan davrda bo‘lib o‘tgan harbiy to‘qnashuvlar XIX asr tarixchiligida Yuz yillik urush nomi ostida berilishni boshlagan edi. Bugungi kunda ham tarixchilikda shu nom qo‘llanadi. Ikki qirollik o‘rtasidagi urush boshlanishiga quyidagi uch asosiy omilni sabab qilib ko‘rsatiladi : Urush bir nechta fazalarni o‘z ichiga oldi. Angliya urushning dastlabki bosqichlarida ko‘plab g‘alabalarga erishdi. Fransiya esa 1364-yilga kelibgina ustunlikni qo‘lga ola boshladi. 1378-yilga kelib, inglizlar Fransiya hududidagi bir nechta shaharlarnigina o‘z qo‘lida saqlab qola oldi xolos.
1380-yildan boshlab iqtisodiy inqiroz va ikki davlatda boshlangan fuqarolar urushi sababli urushda tanaffus bo‘ldi. Inqirozdan birinchi bo‘lib Angliya chiqib keta oldi va qirol Genri V Fransiya qiroli Karl VI ning ruhiy xastaligidan va mamlakatda davom etayotgan burginyonlar va armanyaklar o‘rtasidagi fuqarolar urushidan foydalanib yana harbiy harakatlarni tikladi.
Burginyonlar bilan ittifoq tuzib, 1420-yilgi Trua shartnomasiga muvofiq Fransiya taxtini o‘g‘li Genri VI ga olib berdi. Shunday sharoitda Fransiyada milliy g‘ururning uyg‘onishi va iqtisodiy yangi shart-sharoitlar inglizlarning Fransiyadagi mavjudliklariga soya sola boshladi. 1429- qahramonliklari fransuzlarni ruhlantirib yubordi va Karl VII ning legitimligi borasidagi shubhalarni yo‘qqa chiqardi. Karl VII 1435-yilda Burgundiya grafi bilan tinchlik shartnomasi imzoladi va 1436-yilda Parij inglizlardan tortib olindi. Shu davrdan boshlab inglizlar chekina boshladi va 1453-yilda urush tugaganda ular faqatgina Kale portini o‘zlarida saqlab qola oldi. 1558-yilda Kale porti ham qaytarib olingach, inglizlarning Fransiyadagi mavjudligiga barham berildi. 1451-yil 29-iyun kuni Bordo shahri Karl VII tomonidan egallangan edi. Ammo bir yildan keyin Lord Talbot tomonidan qaytarib olingan edi. 1453-yil 17-iyul kuni fransuzlar Kastiyon jangida g‘alaba qozondi. Bu orqali ular Bordoga boradigan yo‘lni o‘zlari uchun ochgan bo‘ldi. Kastiyon shahrining qo‘lga kiritilishi ortidan atrofdagi Sent Emilion, Liburn, Fronsak, Burg, Bley kabi shaharlar ham egallandi. Bordo esa shu tariqa o‘rab olingan edi. 13-avgust kuni qirol Karl VII qamalni boshqarish uchun Ambes burniga yetib keldi. Bordo shahri uch qavatli devor bilan o‘ralgan bo‘lib, yigirmadan ortiq minoralari bor edi. Shaharni himoya qilish uchun hozir bo‘lgan sakkiz ming odam ikki oy mobaynida qarshilik qildi. Yon atrofdagi qal’alarning mag‘lubiyati bordoliklarning ruhiyatini tushirib yubordi. Shuningdek, shaharlik boy savdogarlar o‘z mol-mulklaridan ayrilib qolishdan qo‘rqdi. Karl VII ga qo‘shimcha 15 ta golland harbiy kemasi yordamga yetib keldi. Shunday sharoitda 9-oktabr kuni qirol va bordolik 9 nafar yuqori martabali shaxslar o‘rtasida tinchlik sulhi imzolandi. Shartnomaga muvofiq Bordo qirolga 100 ming ekyu (tanga) to‘lashi va fransuz asirlarni ozod qilishi belgilab qo‘yildi.Shunday sharoitda 9-oktabr kuni qirol va bordolik 9 nafar yuqori martabali shaxslar o‘rtasida tinchlik sulhi imzolandi. Shartnomaga muvofiq Bordo qirolga 100 ming ekyu (tanga) to‘lashi va fransuz asirlarni ozod qilishi belgilab qo‘yildi. Shahardan inglizlar chiqib ketdi va 19-oktabr kuni qirol Karl VII shaharga kirib bordi. Shahar boshqaruvi mahalliy aholiga berilishi va’da etilgan bo‘lsa-da, mer tayinlash qirolning huquqi edi. Shahar boshqaruv kengashini ham qirolning o‘zi tayinlash huquqiga ega bo‘ldi. Vino eksportiga soliq yuklandi. Bu tonnasiga 25 sent degani edi. Shaharning fransuzlar tomonidan egallanishi va uning ahamiyatining pasayishi ko‘plab burjuaziya vakillari va ziyolilarning Angliyaga ko‘chib ketishiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa Bordo shahri Fransiya qirolligi tarkibiga qo‘shib olindi.


Yüklə 50,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə