2 Zoogeografiya fanidan ma’ruza mavzulari va mazmuni



Yüklə 256,18 Kb.
səhifə28/36
tarix26.10.2023
ölçüsü256,18 Kb.
#132122
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
AMIR TEMURNING XOKIMIYATGA KELISH ARAFASIDA MOVAROUNNAHRDAGI SIYOSIY VAZIYAT

Yangi Zelandiya oblasti
Ushbu oblastga Yangi Zelandiyaning har 2 katta oroli (Shimoliy va Janubiy) hamda mayda orollar – Oklend, Kermadek, Chatem va boshqa orollar kiradi.
Yangi Zelandiya - muzliklar, ko’llar bo’lgan tog’li alp zonasi sanaladi. Suvi qaynab turgan buloqlar ham uchraydi. Iqlimi yumshoq, yillik yog’in miqdori 815-1090 mm, yillik o’rtacha harorat 12-13`C, minimal harorat 5`C dan kam emas.
Asosiy landshafti qalin nam o’rmonlar bo’lib, ularda daraxtsimon paporotniklar, janubiy buk daraxtlari o’sadi. Janubiy Orolning sharqiy sohillari bo’ylab dasht zonasi joylashgan.
Yangi Zelandiya faunasini quyidagi hayvonlar tashkil qiladi:

Sut emizuvchilar sinfi:

Kemiruvchilar: Maori kalamushi.

Qo’lqanotlilar: G’ilofqanotlilar – Mustacinidae endemik oilasiga mansub – Yangi Zelandiya g’ilofqanotlisi.

Qushlar sinfi:
Tarixiy zamonlarda bo’yi 3 – 5 m keladigan moalar yashagan, ular insonlar tomonidan butunlay qirib yuborilgan. Ko’kraktojsiz qushlardan Apterugiformes endemik turkumiga mansub Apterygidae oilasiga kiruvchi kivi (1 urug’ga mansub 3 tur) yashaydi.
Pastushka Ocudromus urug’iga kiruvchi turlar – takaxe Notornis mantelli (Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan). To’tiqushlarning uchmaydigan 2 turi – boyqush to’ti yoki kakapo.
Uchadigan qushlar: Yangi Zelandiya krapivniklari Xenicidae guiylar Callacidae oilasiga kiruvchi turlar; boyo’g’lilar, kakkuqushlar, kaptarlar, zimorodoklar, turli chumchuqsimonlar.


Reptiliyalar sinfi:
Tumshuqboshlilar Rhynchocephalia turkumi, Ponatishlilar Sphenodontidae oilasiga mansub gatteriya yoki guatara (“Qizil kitob” ga kiritilgan); Gekkonlarning tiriktug’uvchi 2 urug’i (endemik), stsinklar. Bu oblastda ilonlar va toshbaqalar uchramaydi.


Amfibiyalar sinfi:
Silliq oyoqlilar Leiopelmidae oilasi, Leiopalma urug’iga mansub baqalarning 2-3 turi tarqalgan.


Baliqlar sinfi:
Chuchuk suv baliqlari – ugorlarni bir turi (ugri); Retropinnidae va Aplochitonidae oilasiga kiruvchi bir necha turlar, galaksiidlar.


Umurtqasizlar:
Yomg’ir chuvalchanglari, kuya kapalaklari, vizildoq qo’ng’izlar, uzunburun qo’ng’izlar, termitlarning 3-4 turi.


Yüklə 256,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə