iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy
nafliligining puldagi ifodasidir.
Bu erda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda
alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual
sarflari emas yoki alohida
olingan individual shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham
emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur
bo’lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste’mol
qiymat) o’z ifodasini topadi. Tovarlar va xizmatlar
uchun qilingan ijtimoiy
sarflarning asosli ravishda o’sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko’rsatkichlarining
o’sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi. Masalan, avtomobil dvigatelida
ot kuchining oshishi, saloni,boshqaruv tizimi va tezligida bo’lgan o’zgarishlar uning
narxi oshishiga sabab bo’ladi. Chunki shu o’zgarishlar bilan bir vaqtda unga
sarflangan xarajatlar ham oshgan bo’ladi. Bunday ikki tomonlama o’zgarishlar
natijasida narxlarning o’zgarishi hamma tovarlar va xizmatlarga xosdir.
Narx tovar va xizmatlardagi ikki xususiyatning
puldagi ifodasi sifatida,
ularning o’zgarishi natijasida o’zgaradi. Shuning uchun real hayotda turli tovarlar
va xizmatlardagi ikki xil xususiyat o’zgarishlari ularning hajmini hisoblashda ikki
xil narxda hisobga olinadi
Narxning mazmunini to’laroq
tushunishda, uning darajasiga ta’siretuvchi
omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari bo’lib qiymat yoki
ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif
nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar
ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo’lib xizmat qiladi
Boshqa omillar esa narxning ijtimoiy qiymat bilan ijtimoiy naflilik miqdori
atrofida goh birinchisining, goh ikkinchisining foydasiga tebranishiga sabab bo’ladi.
Masalan, talab va taklif nisbatini olaylik. Agartovarlarning ayrim turiga talab
taklifga nisbatan baland bo’lsa, ijtimoiy qiymat o’zgarmagan
holda narxning
darajasi nisbatan yuqori bo’ladi, yoki aksincha taklif talabga nisbatan ko’proq
bo’lsa, ijtimoiy qiymat o’zgarmagan holda narxning darajasi unga nisbatan past
bo’ladi.Hozirgi
davrda
iqtisodiyot
nazariyasi
bo’yicha
ko’plab
chop
etilayotgandarslik va o’quv qo’llanmalarda narx darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi
omillar qatorida pulning qadr-qimmati e’tibordan chetda qolmoqda. Holbuki,
pulning qadr-qimmatining o’zgarishi ham narx darajasiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Bu, ayniqsa, milliy valyutani chet el valyutalariga
ayirboshlash nisbatining
o’zgarishi orqali yaqqolroq namoyon bo’ladi. Masalan, 1 AQSh dollari 1300 so’mga
teng bo’lgan chog’da 10 dollar turuvchi qandaydir tovarning narxi 13000 so’m
bo’ladi. Agar, so’mning qadri oshib, 1 dollar 1000 so’mga tenglashsa, u holda shu
tovarning narxi 10000 so’m bo’ladi. Narx darajasiga boshqa omillarning ta’siriga
alohida to’xtalmasa ham bo’ladi. Chunki soliq miqdori qancha ko’p bo’lsa, narx
darajasi shuncha yuqori bo’lishi hammaga ayondir.
Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalari ko’rib chiqilganda yanada
yaqqol namoyon bo’ladi. Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1.
Dostları ilə paylaş: