2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124
5894176c8f652

1.19. YORDAMCHILARNI ÒAYINLASH
Rahbar tomonidan saylangan yordamchilar qonun-
qoidalarga rioya qilishni kuzatadilar, o‘yin kapitanlarini
hisobga oladi, shuningdek, asbob-anjomlarni tarqatadi va
qo‘yib chiqadi. Yordamchilar – bo‘lajak o‘yin tashkilotchi-
laridir, shuning uchun iloji boricha, o‘quv yili davomida
yoki oromgohlarda dam olish davrida ularning o‘rnida
barcha o‘quvchilar ishtirok etishlari kerak.
Yordamchilar soni o‘yin qoidasining murakkabligiga va
o‘ynovchilarning soni va jamoa maydonchasining katta-
kichikligiga va binoga bog‘liq bo‘ladi. Rahbar yordamchilarni
tayinlash haqida barcha o‘yinchilarga e’lon qiladi.
Sardorlarni tayyorlash mashg‘ulot jarayonida hal etila-
digan o‘yinning murakkabligiga va vazifasiga bog‘liq bo‘ladi,
yordamchilar o‘yinchilar safga turgunicha yoki o‘yin e’lon
qilinganda o‘yinboshini saylaganidan keyin tayinlanadi. Agar
kuch va chidamlilikni talab qiladigan o‘yin belgilangan bo‘lsa
(masalan, «Oq ayiqlar») unda rahbar oldindan jismoniy
jihatdan bo‘sh bo‘lgan bolalarni yordamchi roliga tayinlaydi.
Joylarda o‘tkaziladigan o‘yinlar uchun yordamchilarni oldin-
dan tanlash kerak bo‘ladi, chunki ular bilan bo‘lajak o‘yin-
larga tayyorgarlik ko‘rilishi zarur. Jamoalarga bo‘linib o‘yna-
ladigan o‘yinlar uchun (masalan, «Otishma», «Oq terakmi,
ko‘k terak») yordamchining bolalarning tayyorgarligini
hisobga olgan holda, o‘yinni tushuntirib bo‘lgandan keyin
saylash mumkin.
Bolalarni yordamchilarning vazifasini bajarishga o‘rga-
tishni birinchi sinfdan boshlash tavsiya qilinadi. Dastlab,


54
ularga oddiy topshiriqlar berish kerak (masalan, o‘yinchilar-
ning maydonchani chegarasidan chiqib ketmasligi, signal
berguncha chiziqning bosmasligi va hokazo) so‘ngra, ularni
asta-sekin murakkablashtirib borib, yordamchilar ikkinchi
rahbar roligacha olib chiqiladi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə