2016 Xarakatli 1p65. p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124
5894176c8f652

Jamoalarga bo‘lish
Jamoalarga bo‘lish har xil usullar bilan o‘tkaziladi.
Rahbarning ixtiyori bo‘yicha kuchlari teng bo‘lgan ja-
moani tuzish kerak bo‘lganda, o‘ynovchilar jamoalarga
bo‘linadi.
Bu usul katta sinf o‘quvchilari bilan murakkab harakatli
sport o‘yinlarini o‘tkazishda qo‘llaniladi.
Bunday usulda o‘ynovchilar jamoani tuzishda faol
ishtirok etmaydilar.
O‘ynovchilarni sanash yo‘li bilan jamoalarga bo‘lish
mumkin: bitta safda turib, bir-ikki deb sanaydilar; bir
raqamlilar bitta jamoani, ikki raqamlilar esa boshqa jamoani
tashkil qiladilar. Xuddi shunday usul 3–4 jamoaga xos
bo‘lishi mumkin. Bu usul teng ma’qul usul bo‘lib, undan
hammadan ko‘ra ko‘proq jismoniy tarbiya darslarida tez-
tez foydalanadilar.
Bunday usulda jamoalarga bo‘lish kuchi bo‘yicha har
doim ham bir xil bo‘lavermaydi.
Harakat qilayotgan qatorda sinash yoki figurali yurish
yo‘li bilan o‘ynovchilarni jamoaga bo‘lish mumkin. Har bir
qatorda jamoada o‘yin uchun qancha talab qilinsa, shuncha
odam bo‘lishi kerak. Bunday usulda jamoaning tarkibi
tasodifan bo‘ladi yoki ko‘pincha kuchi teng bo‘lmaydi.
O‘yin bo‘yicha oxirgi ikkita usul o‘tkaziladigan dars
uchun juda qulay, chunki ular ko‘p vaqtni talab qilmaydi
va bitta mashq turidan boshqa turiga tashkiliy ravishda
o‘tishga imkon beradi.
Shuningdek, til biriktirish bo‘yicha jamoalarga bo‘lish
usuli ham qo‘llaniladi. O‘ynovchilar juft-juft bo‘lib (taxminan
kuchlari teng bo‘lgan), sardorlarini (boshliq) saylaydilar,
o‘zlari kim bo‘lishlarini gaplashib olganlaridan keyin, ularga
nom qo‘yib, kapitanlarini saylaydilar.
Bunday usulda jamoalarga bo‘lish kuchlari har doim
teng bo‘ladi. Bu usulni bolalar juda yaxshi ko‘radilar, chunki
u o‘ziga xos o‘yin hisoblanadi, lekin uni faqat shunday
holatda qo‘llash mumkinki, unda o‘yinchi vaqtga che-
garalanmagan bo‘ladi (asosan darsdan tashqari vaqtda
o‘tkaziladi).


52

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə