1. Milliy va harakatli o’yinlar tushunchasi Jahon xalqlarining harakatli o’yinlari



Yüklə 86,7 Kb.
səhifə1/11
tarix26.10.2023
ölçüsü86,7 Kb.
#131068
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy maruza 1


1.MAVZU: Fanga kirish, milliy va harakatli o’yinlarni tarixi va fanning umumiy talablari
1. Milliy va harakatli o’yinlar tushunchasi
2. Jahon xalqlarining harakatli o’yinlari.
3. O’zbek milliy harakatli o’yinlari
Milliy va harakatli o’yinlar tushunchasi
Milliy va harakatli inson faoliyatining jismoniy tarbiya vositasi sifatida majmuiy (kompleks) tarbiyaviy jarayondir. O’yinlar esa harakat faoliyatlarini o’stiruvchi va rivojlantiruvchi tabiiy va amaliy omillardan biridir. Ularning mutanosibligi esa harakatli o’yinlar tushunchasini hosil qiladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida harakatli o’yinlar eng muhim vosita sifatida insonlarning jismoniy kamolotini tarbiyalashda xizmat qiluvchi pedagogik jarayon hisoblanadi.
Milliy va harakatli’yinlarning vujudga kelishi va rivojlanishi haqida aniq ma’lumotlar beruvchi manbalar juda ko’p. Ulardan, asosan, ikki yo’nalishdagi tarixiy voqyelikni keltirishning o’zi kifoyadir.
Birinchidan, ibtidoiy jamoa davrida mehnat va ov qilishga o’rganish jarayonida hayotiy harakatlar, tabiatda uchraydigan turli voqyelikni (hayvonlar, parrandalar hayoti, fasllarning almashishi va h.k.) ularni aks ettiruvchi o’yinlarning kelib chiqishiga sabab bo’lgan.
Ikkinchidan esa, ov qilish, kabilar orasidagi urushlar, mehnat jarayonlarining muzmunini ifodolovchi toshlarga o’yib chizilgan suratlar hamda toshlar, yog’ochlar va boshqa qattiq buyumlardan yasalgan shakllardir.
E’tirof etish joizki, bunday dalillarni taniqli rus olimi N.I.Ponomarev (Leningrad 1972), O’zbekistonlik arxeolog olimlar Ya.G’ulomov (akademik), T.Omonjo’lov (yosh iste’dodli olim) va boshqalarning tadqiqotlarida ham uchratish mumkin. Ya’ni, Termizdagi Dalvarzin tepa, Teshiktosh, Samarqandning Omonqo’ton tog’lari, Toshkent viloyatining Chotqol va Qurma tizma tog’laridagi toshlarga o’yib chizilgan suratlarda ko’rish mumkin bo’ladi.
O’zbekiston madaniyati va san’atining yetakchi olimlari U.Qoraboyev, M.Murodov, jismoniy madaniyat tarixi namoyandalaridan Yu.S.Щolomiskiy, J.Toshpo’latov (Termiz), H.Botirov (Buxoro), A.Abdumalikov (Toshkent), A.Akromov (Toshkent) va bir qator mutaxassislarning o’quv-uslubiy qo’llanmalarida ham harakatli o’yinlarning paydo bo’lishi, ularning ij timoiy turmush va ta’lim-tarbiya jarayonlaridagi mohiyatlari bayon etilgan.
Tarixiy manbalar, maxsus adabiyotlarni o’rganish, «Harakatli o’yinlar» to’plamlarini ilmiy-nazariy va pedagogik jihtdan tahlil qilish natijalari shuni ko’rsatadiki, harakatli o’yinlar ijtimoiy tuzumlarning taraqqiyoti, insonlar ongining o’sishi hayot mazmunini ifodalovchi cheksiz ko’p harakatli o’yinlarni yuzaga kelgtirgan.
E’tiborli tomoni shundaki, harakatli o’yinlarning turlari, ularning mazmunlari va ijtimoiy-tarbiyaviy jarayonlari inson mehnati, aql-zakovati, jismoniy kamolotini tasvirlaydi. Shu asosda hosilni yig’ib olish, tabiat hodisalari, fasllarni aks ettiruvchi o’yinlar ko’proqdir. Hayvonlar, parrandalarning o’yinlari (mushuk va sichqon, zovurdagi bo’ri, kalhat, cho’loq hakka va h.k.) orqali insonlarning ijobiy yoki salbiy xislatlari ifoda etiladi.
Milliy va harakatli o’yinlar qaysi soha, yo’nalishda bo’lmasin ular insonlarning faol harakatini tezlashtiruvchi, jismoniy rivojlanishni ta’minlovchi va aql-zakovatini (tafakkur) o’stiruvchi ijtimoiy tarbiyaviy xususiyatlarga egadir.

Yüklə 86,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə