1. Milliy va harakatli o’yinlar tushunchasi Jahon xalqlarining harakatli o’yinlari


O’zbek milliy harakatli o’yinlari



Yüklə 86,7 Kb.
səhifə3/11
tarix26.10.2023
ölçüsü86,7 Kb.
#131068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy maruza 1

O’zbek milliy harakatli o’yinlari
O’zbek xalqining milliy harakatli o’yinlari besanoq ko’p. Ularning ko’pchligi qadimgi ajdodlarimiz ijtimoiy mehnat va turmush madaniyati bilan bog’langan.
E’tiborli tomoni shundaki, «chillik», «oq suyak», «eshak mindi», «quloq cho’zma», «piyoda poyga», «yelka urishtirish» va shu kabi o’yinlar Respublikamizning barcha hududlarida sevib o’yinab kelingan. Lekin, Surxon va Qashqa vohasining, shuningdek, Zarafshon va Farg’ona vodiysi xalqlarining o’zlariga xos milliy harakatli o’yinlari ham mavjud. Sirdaryo oqimi oxirlaridagi xalqlarning ham mazmun jihatdan farq qiluvchi harakatli o’yinlari bor.
Usmon Qoraboyevning ta’rificha o’zbek xalq milliy o’yinlari va uning tarkibidagi harakatli o’yinlar bir necha ming yillik tarixga ega bo’lib, ular ijtimoiy turmushda o’ziga xos mazmunlarga egadir. Ya’ni ijtimoiy tuzumlar davrida vujudga kelgan o’yinlar mazmun va mohiyat jihatdan takomillashib borib, qo’yidagi yo’nalishlarga ega, ya’ni:

  1. To’y marosimlari, bayramlardagi o’yinlar.

  2. Oila, mahalla, ko’cha-maydonlarda o’ynalayotgan harakatli o’yinlar.

  3. Yakka va juft bo’lib o’ynashlar.

Mazkur o’ynalishdagi harakatli o’yinlar mazmun jihatdan qo’yidagi turlarga ajratilgan:
- mehnat va ijtimoiy turmushni ifoda etuvchi o’yinlar;
- fasillarda o’ynaladigan yoki ularni aks ettiruvchi o’yinlar;
- hayvonlar, parrandalar hayotiga mansub bo’lgan o’yinlar.
Shu asosda milliy harakatli o’yinlarimizni o’rganishda F.N.Nasriddinov, T.S.Usmonxo’jayev, F.Xo’jayev, A.Sh.Qosimov, O.O.Po’latov, va boshqalarning to’plamlari amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlash lozimki, deyarli barcha to’plamlar va o’quv qo’llanmalardagi harakatli o’yinlar araash holda joylashgan. Ya’ni, bog’cha va maktab o’quvchilari uchun maxsus o’yinlar bir tizim va tartibda berilmagan. Ba’zi to’plamlarda (O.O.Po’latov, A.Sh.Qosimov, F.N.Nasriddinov) jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi yoki sport o’yinlari, mashg’ulotlari jarayonlarida qo’llanilishi mumkin bo’lgan o’yinlarni ketma-ket tartibda solib foydalanishga tavsiya etilgan.
Harakatli o’yinlarning yo’nalishlari (mazmun) va tarbiyaviy jihatlarini e’tiborga olgan holda bir tizim-tartib bo’yicha berilsa talabalar va mutaxassis xodimlar uchun bir muncha qulaylik yaratadi. Ya’ni, bolalar tarbiya muassasalari, o’quv yurtlari, ulardagi kasb-hunar yo’nalishlariga qarab o’yinlarni o’rgatish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Pirovardida ta’kidlash lozimki, uzoq qishloqlar, ovullarda saqlanib kelinayotgan milliy harakatli o’yinlar to’laligicha va batafsil o’rganilgan emas. Ayniqsa, Qoraqalpoq, Xorazm, Navoiy, Surxon vohasi, Farg’ona vodiysidagi harakatli o’yinlarni yanada kengroq o’rganish lozim bo’ladi. Shuningdek, «Chillik», «Oq suyak», «Poda to’p», («Cho’pon»), kabi harakatli o’yinlarni sport darajasiga ko’tarish lozim. Buning uchun esa ularni qishloq maktablarining «Jismoniy tarbiya» dasturi hamda ko’p bosqichli sport musobaqalarining dasturi tarkibiga kiritish lozim bo’ladi. Talabalarning mustaqil ishlarida mazkur o’yinlarni bajarishni talab etish, ularga sharoitlar yaratib berish hozirgi davr taqozosi bo’lishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, harakatli o’yinlarning mazmuni va mohiyatini aks ettiruvchi tarixiy davrlarni chuqurroq o’rganish zarur. Chunki ular milliy madaniyatimiz, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyamiz bilan uzviy bog’liqdir.
Shu jihatdan qaraganda milliy kurashchilarimiz va ot o’yinlarimiz (ko’pkari-uloq, poyga, otdan ag’darish, qiz quvmoq, otda nayza sanchish, qilichlashish va h.k.) ijtimoiy-madaniy turmushimizda qanday mohiyat kasb etsa, ba’zi sportga xos milliy harakatli o’yinlar ham millat shon-shuhratini jahonga keng yoyishda xizmat qilishiga shubha yo’q.
Yana e’tiborli va muhim tomoni shundaki, jahon xalqlarining milliy harakatli o’yinlarini o’rganish, ularning ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi tomonlaridan amalda foydalanishni talabalarga chuqurroq o’rgatiщ zarur bo’ladi.
O’z navbatida, harakatli o’yinlarning qaysi millatga mansubligi, ularning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlari haqida o’quvchi-yoshlar va kasb-hunar yo’nalishlari bo’yicha talabalarga ma’lumot berish ham hozirgi davr talablaridan biri bo’lmog’i lozim.
Milliy va harakatli o’yinlar salomatlikni ta’minlovchi va milliy g’ururimiz, iftixorimizni anglashda ijobiy ta’sir etuvchi zarur omillardan ekanligini e’tirof etmoq kerak.
O’yin so’zi ko’pqirrali va tarixiy o’zgaruvchandir. U harakatni ifodalashda, turli xil xodisalarni ko’rsatishga xizmat qiladi.
«Narx o’yini», «O’yin kuchi» kabim iboralar tanish. «Qadimgilar o’yini», «Olimpiya o’yinlari», «Sport o’yinlari» degan so’zlar har xil ma’noni beradi.
O’yin madaniyat elementi sifatida yaratilgan odam o’ziga xos harakat faoliyati.
Jamiyatning madaniyati bilan rivojlanib borib kishilarning talab, istaklarini qondiradi. (dam olishda, ma’naviy va jismoniy kuchlar rivojlanishida)
O’yin faoliyati jamiyat va ba’zi bir shaxslar uchun juda qiziqarlidir.
U harakatning ko’pqirrali, maqsadlarning mohiyati bilan xarakterlidir.
Jiddiy reglamentlantirilgan mashqlar bilan ifodalanadi.
Lekin mustaqillik, ozod (erkin) harakatlar o’yinlarda majburiyatlar bilan beriladi.
O’yin faoliyatiga moddiy boyliklar yaratilmaydi va tabiatning boyligi, tiriklik uchun kerakli bo’lgan, o’zlashtirilmaydi.
Harakatli o’yinlar o’yin faoliyatining shunday bir qirralaridan biri-ki, unda harakatlarning roli juda yorqin ifodalangan.
Harakatli o’yinlar uchun ijodiy, faol harakatlar g’oyaviy, mazmunan salohiyatli bo’lishi lozim.
Bu harakatlar qisman qoidalar asosida bo’ladi (o’yinchilar yoki rahbarlar tomonidan tuzilgan, yoki ommaviy qoidalar asosida bo’ladi). Ular har xil qiyinchiliklarni yengish (to’siqlarning) o’z oldilariga qo’yilgan maqsad sari intilish (g’olib bo’lish, birinchilikni egallash, ba’zi bir usullarni o’rganish kabi).
To’siqlar bo’lib mexanik to’siqlar (kapop, uning ustidan hatlab o’tish) harakat usullari (ularni o’rganish) taktik maqsadlar va raqib komanda yoki intiluvchanlik harakati (ularni o’yin paytida yengib o’tish kerak bo’lsa) xizmat qiladi.
Harakatli o’yinlar yig’uvchan tushuncha.
U o’z ichiga turli xil o’yinlar, harakat asosida kurilgan bo’lsa, o’z ichiga oladi.
Ular ichida harakatli (asosiy, elementli) o’yin va sport o’yinlari (murakkabroq)ni ajratish mumkin. Harakatli o’yinlar maxsus tayyorgarliksiz bo’lishi mumkin.
Kalendar asosida reglamentlangan o’yinlar bundan mustasno. Ular va xudi shu Harakatli o’yinlar turli sharoitlarda o’tkazilib, miqdori turli qoidalar asosida qatnashuvchilar kam yoki ko’p bo’lishi mumkin.
Harakatli o’yinlarning ko’p nomlari va qoidalari mavjud. Harakatli o’yinlar bolalar va o’smirlar orasida keng tarqalgan.
Maxsus yo’nalish bo’yicha (sport mashg’ulotlari uchun, faol dam olish va davolash maqsadida o’smirlar, o’rta yoshli va katta yoshli bolalar orasida kam qo’llaniladi.)
Pedagogik faoliyatda asosiy o’rin harakatli o’yinlarga berilib, ularga kichik guruhlar yoki butun sinf bo’lib, sport seksiyalari va ba’zi paytlarda kattaroq jamoalar o’ynaydi.
Yakka tartibdagi (individual) harakatli o’yinlar bolalar tomonidan rejalashtirilib o’tkaziladi. Bu o’yinlarda har bir qatnashuvchi o’z rejasi asosida, o’ziga qiziq bo’lgan holda o’tkaziladi.
Harakatli o’yinlar tartibi (qatnashuvchilarning munosabati) uning mazmuni bilan aniqlanadi.
Gimnastika, sportning turli xillari, turizmda o’yin metodlari qo’llaniladi qo’llaniladi. Bunda musobaqa elementlari harakatlarning tabiyligi, g’oyaviyligi ko’zda tutiladi.
Bunda harakatli o’yinlarda sport turlari bilan shug’ullanganda (maxsus tanlangan, xalq o’yinlari) o’yin texnikasini rejalashtirishga qaratilgan.
Pedagogik amaliyotda o’yin metodi jismoniy tayyorgarlik ko’rishga va sport mashg’ulotlarida keng qo’llaniladi.
Shu bilan birgalikda u qatnashuvchilarda ijobiy xislatlarni, irodani mustaxkamlashda, asosiy faktor bo’lib xizmat qiladi.
Harakatli o’yinlarning pedagogik guruhlarga bo’linishi o’yinlar mazmuni haqida aniq tushuncha berib, ularni to’g’ri tanlashga imkon beradi.
O’yinlar o’tkazilishining asosi jismoniy tarbiyada rivojlanishning g’oyaviy mohiyati, estetik tarbiya va o’yin metodlarini rejalashtirishga asoslangan.

Yüklə 86,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə