Mavzu: Bronza davri xususiyatlari



Yüklə 29,29 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü29,29 Kb.
#180032
  1   2   3   4
Bronza davri xususiyatlari


Mavzu: Bronza davri xususiyatlari

Reja:

Kirish

Asosiy qism


  • 1.Bronza davri va uning o’ziga xos xususiyatlari.

  • 2.Bronza davri xo’jaligida yuz bergan o’zgarishlar.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


























Kirish

Bronza davrining umumiy tavsifi. Bronza davri metallurgiya taraqqiyotining to‘rtinchi bosqichiga to‘g‘ri keladi. Bronza-misga qo‘shimcha metall (mishyak, qo‘rg‘oshin, qalayi, 9:1 nisbatda) qo‘shib eritish asosida hosil qilinadigan metall turi. Bronzadan foydalanish boshlangan davrdan ilk temir asrigacha davom etgan insoniyat tarixi bronza davri deb nomlanadi. Bronzadan foydalanish yer yuzining barcha joylarida bir xil kechmagan. Bronza quyish texnologiyasi dastlab qadimgi sharqda, xususan, Mesopotamiyada mil. avv. IV ming yillikning oxirlarida vujudga kelgan. Bu yerdan qo‘shni hududlarga yoyilib, yer yuzining boshqa joylariga tarqalgan. Yevrosiyoning chekka hududlarida bronza davri nisbatan kech boshlanib mil. avv. I ming yillikning boshlarigacha davom etgan. Yevrosiyo hududida bronza davri sanasi mil. avv. III-II ming yilliklar doirasida belgilash qabul qilingan.














Bronza davri va uning o’ziga xos xususiyatlari.

Mehnat qurollarini yasashda bronzadan foydalanish ibtidoiy jamoa xo‘jaligida buyuk o‘zgarishlarga olib keldi. Bu insoniyatning iqtisodiy hayotigagina emas, balki siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida ham tub o‘zgarishlar yasadi. O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida dehqonchilik madaniyati ravnaq topib, ilk shahar madaniyati tarkib topdi. O‘zbekistonning janubiy – sharqiy va markaziy hududlarida, ya’ni Farg’ona, Toshkent, Qarshi hududlarida o‘troq dehqonchilik madaniyati, ilk shahar madaniyati izlari so‘nggi bronza bosqichiga kelganda vujudga keldi. Ilk va o‘rta bosqichlarida bu hududlarda ko‘chmanchi chorvadorlar madaniyati, ya’ni dasht qabilalari madaniyati–Tozabogyob madaniyati izlarini ko‘ramiz. O‘zbekistonning shimoliy hududlarida cho‘l va dasht chorvachilik xo‘jaligi yetakchi o‘rinni egallagan. Zarafshon, Sirdaryo va Amudaryo etaklarida so‘nggi bronza davrida chorvador qabilalar o‘troqlashib, sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullanadilar va uning bazasida qishloqlarni tashkil etadilar


Yüklə 29,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə