Mavzu: Bronza davri xususiyatlari


O‘zbekistonning janubiy hududlarida, ya’ni Surxondaryo viloyati hududlarida ilk bronza davridayoq qadimgi dehqonchilik madaniyati shakllangan. U Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklari asosida o‘rganil



Yüklə 29,29 Kb.
səhifə4/4
tarix22.03.2024
ölçüsü29,29 Kb.
#180032
1   2   3   4
Bronza davri xususiyatlari

O‘zbekistonning janubiy hududlarida, ya’ni Surxondaryo viloyati hududlarida ilk bronza davridayoq qadimgi dehqonchilik madaniyati shakllangan. U Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklari asosida o‘rganilgan.


  • O‘zbekistonning janubiy hududlarida, ya’ni Surxondaryo viloyati hududlarida ilk bronza davridayoq qadimgi dehqonchilik madaniyati shakllangan. U Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklari asosida o‘rganilgan.

Sopollitepa manzilgohi Surxondaryo viloyatidagi Sherobod cho‘lida Amudaryodan 2,5-3 km sharqda Ko‘ngitong daralaridan biri bo‘lgan Qaynarbuloq asosida vujudga kelgan Ulanbuloqsoyning yoqasida joylashgan. U Termiz shahridan 70 km shimoliy—g’arbdadir. Bu manzilgoh Sherobod cho‘lini o‘zlashtirish jarayonida, 1968 yilda topilgan. 1969 – 1974 yillarda uni A.Asqarov o‘rgangan. Surxondaryo xududidan 20 dan ortiq yodgorlik topilgan.

Bugungi kunda Sopollitepa madaniyatining rivojlanishi 5 ta bosqichga bo‘linadi;

1.Sopolli davri—miloddan avvalgi 2150—1900 yillar;

2.Jarqo‘ton davri—miloddan avvalgi 1900—1600 yillar;

3.Ko‘zali davri—miloddan avvalgi 1600—1500 yillar;

4.Mo‘lali davri—miloddan avvalgi 1500—1400 yillar;

5.Bo‘ston davri—miloddan avvalgi 1400—1300 yillar;
















Xulosa

Bronza davri yutuqlarini quyidagilar qilib ko‘rsatishimiz mumkin: bronzadan yasalgan qurollar mehnat unumdorligini oshirdi, sug’orma dehqonchilik asosida doimiy qishloqlar ko‘paydi, yangi yerlar o‘zlashtirildi, hunarmandchilikning yangi sohalari—metallurgiya, zargarlik rivojlandi, kulolchilikda charxdan foydalanishga o‘tildi, uy-joy qurilishida g’ishtdan foydalanildi, mustahkam mudofaa devorlari shaklandi.

Bronza davri xo‘jaligining eng katta yutug’i bu dehqonchilik madaniyatining keng yoyilishi va uning chorvachilikdan ajralib chiqishidir. Bu jarayon fanda birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti deb nomlanib, miloddan avvalgi IIming yillikning 2 chi yarmida sodir bo‘lgan. Ijtimoiy mehnat taqsimoti birinchi navbatda tabiiy sharoit muhitidan kelib chiqib ixtisoslashdi, ya’ni cho‘l va dasht zonalarida chorvachilar, dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan janubiy-sharqiy, markaziy hududlar va daryo boyida dehqonchilik madaniyati yetakchi o‘rinni egalladi. Ikkinchidan bronza davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirdi, natijada dehqonchilik yoki chorvachilikni rivojlantirish uchun alohida keng hududlar va ma’sul odamlar zarur bo‘lib qoldi.











Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Al`baum L.I. «Balaliktepa». Tashkent, 1960

  2. Gerasimov M. «Lyudi kamennogo veka». M.,1964

  3. Masson V.I. «Poselenie Djaytun». M., 1971

  4. Mirsaotov G. «Drevnie shaxti Uchtuta». T., 1973





Yüklə 29,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə