1. Milliy va harakatli o’yinlar tushunchasi Jahon xalqlarining harakatli o’yinlari


Jahon xalqlarining milliy va harakatli o’yinlari



Yüklə 86,7 Kb.
səhifə2/11
tarix26.10.2023
ölçüsü86,7 Kb.
#131068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy maruza 1

Jahon xalqlarining milliy va harakatli o’yinlari.
Insonlar qaysi qit’ada, qaysi davlatda yashamasin va millatidan qat’iy nazar sog’lom yashash va uzoq umr ko’rish niyatida bo’ladi. Ularning ijtimoiy turmush sharoitida va mehnat jarayonida barcha madaniy tadbirlar qatorida jismoniy tarbiya va sport muhim o’rin egallaydi.
Oila, tarbiya va o’quv muassasalarini jismoniy tarbiyasiz tasavvur qilish qiyin. Shuningdek, sog’lomlashtirish markazlari, dam olish maskanlari va, ayniqsa, sport inshootlarida turli tuman ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish jahon xalqlarining milliy an’analariga aylanib ketgan.
Ma’lumki, tarbiya va o’quv masalalarida jismoniy tarbiya davlat ixtiyorida bo’lib, barcha tadbirlar va ta’minot ishlari ularning nufuzida bo’ladi. O’quv dasturlari tarkibida esa harakatli o’yinlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Yer yuzidagi barcha davlatlarning milliy bayramlari va sport musobaqalarida harakatli o’yinlardan maqsadli foydalaniladi.
Ta’kidlash joizki, hozirgi davr sport turlarining aksariyat ko’pchilik qismi Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrika xalqlarining milliy harakatli o’yinlaridan kelib chiqqan. Ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmigacha, avvalo, oddiy tomosha sifatida va keyinchalik sport (musobaqalashish, kuch sinashish) xususiyatiga ega bo’lgan o’yinlar shaklida ommaviy tadbirlar o’tkazilgan. Ularda kurash, boks, qilichbozlik, o’q otish, suvda suzish va h.k. ko’proq qo’llanilgan. Shu bilan bir qatorda, qishloq sharoitlarida dehqonlar mehnati va ijtimoiy-madaniyatini aks ettiruvchi harakatli o’yinlar (Rossiya: «O’tin yorish», «Kartoshka ekish», «Sholg’om tortish», «Qarmoq», «Qor bobo» va h.k.) chuqur singib ketgan.
Hind xalqida «Chim xokkeyi», Amerikada «Regbi», Xitoyda «Ushu», Yaponlarda «Karate», Shimoliy Yevropa mamlakatlarida (Norvegiya, Skandinaviya va boshqa) konkida uchish, chang’ida yurish, chanada o’ynash, itlar, bug’ularda poyga qilish kabi harakatli o’yinlar milliy bayramlarning mazmuni bo’lgan. Ular hozirgi davrda ham o’z mazmuni va mohiyatini yo’qotmagan va ko’pchiligi xalqaro sport darajasiga chiqqan.
Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston va ularning atrofidagi davlatlarda (Kavkaz, Sibir, Afg’oniston, Eron, Turkiya va h.k.) milliy o’yinlar hisobida ot o’yinlari (poyga, qiz quvmoq, tortishish, ag’darish, otda to’p o’ynash), kaklik, qirg’iy (lochin) bilan ov qilish, to’y ma’rakalari va milliy bayramlarda kurash, yelka urishtirish, arqon tortishish kabi xalq milliy o’yinlari keng tarqalgan.
Yana bir e’tiborli tomoni shundaki, sobiq ittifoq davrida «Harakatli o’yinlar» (podvijnыye igrы) to’plamlari nihoyat darajada ko’p nusxada nashr etiladi. Ular ittifoqchi respublikalarning barcha o’quv yurtlari va maktabgacha ta’lim muassasalarida keng tarqalgan. Shu sababli mazkur to’plamlardagi harakatli o’yinlar xalq orasiga singib ketib, hozirgi davrda ham ulardan foydalanilmoqda.
E’tirof etish lozimki, hozir mavjud bo’lgan va qo’llanilayotgan harakatli o’yinlar mazmun va mohiyat jihatdan o’zining qiymatini yo’qotgan emas.
Xulosa qilib aytganda, jahon xalqlarining madaniy aloqalari asosida harakatli o’yinlar ham u yoki bu xalqning ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy jarayonlariga tobora chuqur singib bormoqda. Bu o’z navbatida, xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish va ularning hayoti bilan yaqindan tanishishda, eng muhimi esa, o’quvchi-yoshlarni jismoniy jihatdan barkamol qilib tarbiyalashda xizmat qiladi.

Yüklə 86,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə