1. Milliy va harakatli o’yinlar tushunchasi Jahon xalqlarining harakatli o’yinlari


Kichik yoshdagi bolalarning harakatli o’yinlari



Yüklə 86,7 Kb.
səhifə8/11
tarix26.10.2023
ölçüsü86,7 Kb.
#131068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy maruza 1

Kichik yoshdagi bolalarning harakatli o’yinlari.
Maktabda o’qiyotgan bola har kuni 4 soat maktabda va 1,5 soat uyida shug’ullanadi.
Ular turli o’yin yugurish, sakrash bilan bog’liq o’yinlarni yaxshi ko’radi. 7-9 yoshli bolalar va qizlar (1-3 sinf o’quvchilari) bilan birga harakatli o’yinlarda bu bolalar organizmining atrof muhitning turli ta’siriga uchishi va uning charchashini ko’zda tutish kerak. bu yoshda suyaklar hali to’la rivojlanmagan. Suyak to’qimalarining qavatma-qavatligi ularning juda egiluvchanligini, (asosan orqa suyak) tashkillashtiradi. Mushaklari hali juda nimjon (orqa va qorin mushaklari)
Shuning uchun mushaklarga ta’sir qilmaydigan turli harakatli o’yinlar katta ahamiyatga egadir.
7-9 yoshli bolaning yuragi juda ham baquvvat: tomirlari keng, devorchalari elastik (egiluvchan), bu esa yurak mushaklarini ishlashiga keng sharoit yaratib beradi, lekin yurakning faoliyatini tekshiruvchi nerv (asab) apparatlari hali mukammal emas.
Bolalar o’yinlarda va tez harakat qilishga qodir, qachonki yugurish va boshqa harakatlar katta energiya va kuch sarf qilish kerak bo’lgan paytda kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining diqqatini bir joyga qo’ya olmaydilar, ular bir predmetdan boshqa predmetga darov o’tib ketadilar. Shuning uchun ularga kam muddatli harakatli o’yinlar tavsiya etiladi. Bu o’yinlar kichik tanaffusli bo’ladi.
O’yinlar turli xil, ozod, yengil harakatlardan iborat bo’ladi, mushaklar bunda faol qatnashadi 7-9 yoshli bolalar o’yini kichik yoshdagi bolalar o’yinidan murakkabroq bo’ladi.
Bolalarda mustaqillik, faollik, qiziquvchanlik rivojlanib, ular birdaniga turli xil o’yinlarga birdan kirishib ketadi.
O’ynayotgan bolalar qisqa muddat ichida aniq maqsadga erishishga muvaffaq bo’lishadi. Ularning kayfiyati tez o’zgaradi, tez xafa bo’lishadi, lekin o’yinga kirishib ketib, xafagarchiliklarini tez unutishadi.
Kichik yoshdagi bolalar ko’rganlarini, eshitganlarini, yorqin, keng va chuqur qabul qilishadi.
Lekin obrazli ko’rish qobiliyati tushunchali fikrlash qobiliyatidan farq qiladi. O’yinlarda fikrlash, ta’surotlarni taqqoslash kabi tushunchalar kelib chiqadi. O’yinlarda o’rtoqlarini kuzatib borib, ularga tanqidiy qarab, harakatlari va faoliyatini taqqoslab boradilar.
Kichik predmetlar bilan o’ynash ham muhim ahamiyatni kasb etadi.
To’p bilan, xaltachalar bilan va xokazolar. Teri mushak- harakat-sezgilarini oshirib, qo’l va barmoq harakat funksiyalarini oshiradi. Dars mashg’ulotlari harakatli o’yinlardagi texnikani va taktik harakatlarni o’rganishda xizmat qiladi.
Shularni ko’zda tutgan holda o’quvchilarga maqsadga muvofiq va tejamkor o’yin qoidalarini, foydali taktik harakatlarni turli holatlardagi, tipik harakatli ba’zi bir o’yinlarni ko’rsatish mumkin. Oddiy o’yinlarni o’ynashda ham bu harakatlarni o’rganish tavsiya etiladi.
Jismoniy tarbiya darslarida o’yinlar frontal va guruh bo’lib o’ynaladi. O’quvchilarga kichik guruh bo’lib dam olish paytlarida o’ynaladigan o’yinlar ko’rsatish mumkin. Bu o’yinlarni ular turar joylarida o’ynashi ko’zda tutiladi.
Darsdan keyin o’ynaladigan o’yinlar aniq ta’limiy ahamiyatga ega.
Ko’pgina xalq o’yinlari avloddan-avlodga o’tib kelmoqda. Bolalar va yoshlar xalq o’yinlarining boy durdonasi bilan tanishib, ularni to’ldiradilar, o’zgartiradilar, yangilarini yaratadilar.
Bu ishda ularga pedagoglar va murabbiylar yordam beradilar.
Ko’pgina harakatli o’yinlar oxirgi vaqtda yaratilgan, ular yuksak baholanib, kiritilgan «Jismoniy tarbiya» dasturiga kiritilmagan. (masalan «To’nika va bo’talar 1 sinf», «Qarmoq bilan sakrash» 4 sinf, «Uchib kelayotgan to’p» 5 sinf ).
Yangi kashf qilingan harakatli o’yinlar mamlakatimizning turli joylariga tarqalib ketgan. Masalan «Rezinkacha o’yini».
Bolalarni yangi harakatli o’yinlar bilan tanishtirish maqsadida yangi maktabdan tashqaridagi ishlar qo’llaniladi. (Sportlandiya, Quvnoq startlar, Olimpiya klublari, teleko’rsatuvlar va hokazolar)
Milliy va harakatli o’yinlar musobaqasi qatnashuvchilari o’yinni baholash va sport uchrashuvlarini o’tkazish qoidalari bilan tanishadi.
Ba’zi harakatlar o’yinlar harbiy-sport o’yinlari sifatidan o’ynaladi.

Yüklə 86,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə