1. Milliy va harakatli o’yinlar tushunchasi Jahon xalqlarining harakatli o’yinlari



Yüklə 86,7 Kb.
səhifə4/11
tarix26.10.2023
ölçüsü86,7 Kb.
#131068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy maruza 1

O’yinning paydo bo’lishi.
Insoniyatning qadim o’tmishida rivojlanish dasrida ularning faoliyati hayvoniy mehnat faoliyatiga asoslangan. Bu vaqtda ularda ovqat topishda hayvoniy harakatlar bajarilar edi.
(hayvoniy o’yinlar)
Bunday harakatlar inson ajdodlarining jismoniy rivojlanishiga yordam berar edi.
Hayvoniy instinktning fikrlashga olib kelib, I.P.Pavlov aytganiday harakat hayvonning miyasida har xil fikrlar qoldirar edi.
O’tish davrida bo’lgan insonning psixikasi uning harakati, tanasining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan.
Shunga binoan qandaydir harakat funksiyalari insonning tabiatdan ajralishiga olib kelgan degan xulosaga kelish mumkin.
Jamiyatda o’yinning rivojlanishi jamiyatning rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’lgan.
Buni rivojlanishga eng birinchi davrida ovchilar mexnat xarakatining takrorlanishi deb tushunish mumkin.
Ular ijodiy-taraqqiyot harakatlarni, qo’shiq, musiqani olib kirishdi.
Bu yerda o’yin bilan birga boshqa harakatlar ham kiritilgan.
San’atning birlamchi davrdagi ko’rinishi harakatlar bilan bog’liq bo’lib, qadimgi odamlarning rivojlanishida, tabiat bilan bo’lgan kurashda va dushman bilan bo’lgan janglarda yordam berib, insonda muloqotga, muloqotga, birgalikdagi harakatga olib keldi.
Bolalar kattalarga taqlid qilar edi. Bu bolalarning qadimiy o’yinlarga bo’lgan qiziqishi deb faraz qilishi mumkin.
Buni XIX asrda ba’zi bir qabila va xalqlarning ibtidoiy jamoasi saqlab qolinganidan va arxeologik qazilmalar topilganidan bilish mumkin.
Mehnat faoliyatining oshirilishi san’atning rivojlanishiga olib kelgan. Asosiy sabablari ishlab chiqarishning murakkablashuvi, (o’q-t bilan ov qilish), ayol va erkaklar mexnatining ajralishishi va hokazo.
Ishlab chiqarish rivojlanishning rivojlanib borishi ibtidoiy san’atdan asta-sekin harakatli o’yinlar mustaqil bo’lib chiqa boshladi.
Bu ovchilar va harakatlar o’yinida, ritmik o’yinlar, dramatik o’yinlarda asosan bolalar va ayollarning xo’jalik harakatida aks ettiriladi.
Musobaqalar, tasviriy o’yinlar, ibtidoiy davrdan hozirgi davrgacha murakkab davrni boshdan kechirdi.
O’yin tarbiya vositasi sifatida.
Harakatli o’yinlarning rivojlanishi o’sib kelayotgan avlodning hayotiy faoliyatga tayyorlashda yordam berish uchun deb tushunish mumkin.
Jamiyatning sinflarga bo’linishi bilan quyi tabaqa bolalari va oqari tabaqa bolalariga ajralib chiqib o’yinlar ham farq qila boshladi.
Xalq orasida harakatni o’yinlar jismoniy tarbiya vositasi sifatida qo’llanib kelingan.
Ko’p o’yinlar avloddan avlodga o’tib kelib o’zgarib kelgan va yangi qiyofa aks etgan.
Xalq yangi o’yinlar tashkil qilib kelgan, ularda oddiylik, katta his-hayajon va jismoniy kuch va qobiliyatni oshirishga keng yo’l ochib berilgan.
Bunday o’yinlar asrlar bo’yi jamiyatda keng ommalashib kelgan.
O’yinlarda xalqlarning tarbiyasi, madaniyati urf-odati va fanidagi nutqlari namayon bo’ladi.
Bundan tashqari ba’zi o’yinlar geografik va iqlimiy jihatdan ham farq qilib, bular o’yinlarda aks ettirilgan.
Bola hayotidagi o’yin.
O’yinlar bolaning mehnat faoliyatiga qiziqishga asosiy omil bo’lib qoladi.
I.M.Sechenov kichik bolalar (go’daklar) o’yinida bolalarning tashqi olamini tushunish, tashqaridan olingan lazzatlanish (masalan yorqin narsalardan, qo’ng’iroq ovozidan) asos bo’ladi deb aytgan.
Harakat kam bo’lsa unda kayfiyati yomonlashib boradi. Mushak harakati bolada fikrlashga, o’ylashga yordam beradi.
Bola keyinroq o’zining hatti-harakatini his-hayajon bilan emas, fikrlash qobiliyati bilan ham ifoda eta boshlaydi.
U ongli harakatlar qila boshlaydi, deb I.M.Sechenov aytgan. Bu harakatlarni qilish deb aytgan edi u.
I.P.Pavlov aytganday bola faoliyatini ongli ravishda rivojlantirishda xizmat qiluvchi reflekslar deb aytgan.
N.I.Krasnogorskiy, N.M.Щyelovonov, N.M.Aksarinov ishlaridan kelib chiqib aytish mumkinki yangi to’g’ilgan bola faqat mahalliy reflekslarga ega (ko’z yumish, oyog’ini qitiqlaganda olish va hokazo).
Katta miya sharlarining faoliyati ikkinchi oyning oxirida ishlay boshlaydi.
Bola predmetlarini, qiyofalarini ko’rib taniy boshlaydi.
Lekin 3 oylik bolaning harakati signal sistemasi katta rol o’ynaydi.
4-5 oylarda o’yinchoqlar bilan o’ynash davomiyroq kechadi, 6 yoshida ushlash harakatlari dadilroq kechadi. Yaxshi ko’rgan o’yinchoqni olish, bir o’yinchoqni boshqasi bilan qiyoslash kabi.
7-8 oydan keyin bola ba’zi bir tovushlar chiqara boshlaydi.
Kattalar aytgan so’zlarni qaytarib ayta boshlaydi. Ba’zi so’zlarni u predmetlar bilan bog’lay boshlaydi. Bola nerv sistemasi faoliyatining yangi bosqichi boshlanadi.
Keyinroq so’zlasha olish va jismoniy rivojlanish faoliyati boshlanadi.
Shunday qilib harakatli o’yin faoliyati to’g’ma qobiliyat emas. O’yin faoliyati rivojlanishiga reflekslar xizmat qiladi.
Bola hayotidagi o’yin faoliyati shartli refleks yo’li bilan paydo bo’ladi.



Yüklə 86,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə