1. Milliy va harakatli o’yinlar tushunchasi Jahon xalqlarining harakatli o’yinlari


Milliy va harakatli o’yinlarning sog’lomlashtirishdagi ahamiyati



Yüklə 86,7 Kb.
səhifə7/11
tarix26.10.2023
ölçüsü86,7 Kb.
#131068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
milliy maruza 1

Milliy va harakatli o’yinlarning sog’lomlashtirishdagi ahamiyati.

To’g’ri tashkillashtirilgan harakatli o’yinlar bolalarning va o’smirlarning bo’yi o’sishida suyak bo’g’in va suyak sistemasining qomatini to’g’ri o’sishida ijobiy ta’sir etadi.


Bunga asosan bolalarning tanadagi katta va kichik mushaklarining bo’g’inlarida harakatni oshiruvchi harakatli o’yinlar katta ahamiyatga egadir.
Milliy va harakatli o’yinlar yurak, o’pka faoliyatini oshirib, qon va modda almashinuvini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.
O’yinlarda jismoniy mashqlarning hajmiga alohida e’tibor berish kerak.
Asta-sekin bola organizmi mashg’ulotlarning og’irligiga ko’nikib boradi. Bu ayniqsa hayotda, ishda katta ahamiyatga ega.
Lekin o’yin qatnashuvchilarning toliqishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Bolalarning va o’smirlarning muhim organlarining funksiyasini rivojlantirishda aktiv (faol) ko’p marta takrorlanadigan harakati (lekin uzoq davom etadigan emas) o’yinlar juda muhim.
Shuning uchun o’yinlarda mushaklarning toliqishi va nafas olish qiyinlashuvi (shamollashga yo’l qo’ymaslik kerak.).
Bu o’yinchilar diqqati va yodda saqlashini yaxshilashi uchun yaxshi ta’sir o’tkazib, shuningdek ularda ijobiy his-tuyg’uni o’stiradi.
Shu bilan birga o’yindagi salbiy his-tuyg’u nerv faoliyatiga, sog’lig’iga ta’sir o’tkazib, bu faoliyatni buzishiga sabab bo’ladi.
Doimiy yil bo’yi o’tkaziladigan, ochiq havoda to’g’ri tashkillashtirilgan o’yinlar bolalarning chiniqishiga yordam beradi.
Katta gigiyenik ahamiyatga ega bo’lgan mashg’ulotlar maktab o’quvchilarida bolalar faol dam olishga muxtoj bo’lgan paytda va yozda ta’til paytida quyoshdan to’g’ri bahramand bo’lib, toza havo va suv mashqlari yordamida o’tkaziladi.
Mashg’ulotlarning o’yinlardagi rollarini to’g’ri taqsimlaganda, (har bir o’yinchining qiziqishi, qobiliyatini hisobga olib) o’yinchilarning bir-biriga nisbatan hurmat hissini o’yg’otib ularda har bir harakatiga o’zlari javob berib, o’rtoqlariga o’zlari yordam beradi, agar bu o’yin paytida kerak bo’lsa.
Jamoa bo’lib o’ynaladigan o’yinlar o’rtoqlik hissini uyg’otib, o’zining hatti harakatiga to’g’ri tanqidiy qarashni o’rgatadi.
O’yinchilarda chaqqon, aniq tez harakatlarni ko’rib, ularning go’zalligiga baho berish estetik tarbiyani oshiradi.
O’yin mashg’ulotlari to’g’ri koordinasiyani tashkillashtirish va ularni to’g’ri taqsimlash bolalardagi tezlik bilan kirishib ketib, to’g’ri harakatlarni bajarish uchun ayniqsa muhimdir.
O’yinlarda tarbiyaviy, ta’limiy, sog’lomlashtiruvchi masalalar birgalikda va birlikda yechish kerak.

Yüklə 86,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə