O`zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti “Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat” fakulteti



Yüklə 1,12 Mb.
tarix10.05.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#109431
Dars ishlanma Ochilov R


O`zbekiston-Finlandiya Pedagogika
Instituti “Aniq-tabiiy fanlar va
jismoniy madaniyat” fakulteti
Kimyo ta`lim yo`nalishi 151-guruh
talabasi Baxriddinova Sevaraning
“Fosfor”mavzusida
1-soatlik dars ishlanmasi






80-maktab kimyo fan o`qituvchisi: Fayzullayev N

Samarqand-2023

Qismlar

Ajratilgan vaqt

Tashkiliy qism

3 minut

Pedagogik iqlim yaratish

4 minut

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

6 minut

Yangi mavzu bayoni

20 minut

Yangi mavzuni mustahkamlash

7 minut

O’quvchilarni baholash

3 minut

Uyga vazifa

2 minut

Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad:
O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, davlat ta’lim standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib, ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish.
2.Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarimizni Ona-Vatanga, tarixiy va madaniy merosimizga , o’zbek xalqining buyuk siymolariga , ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuyg’usi ruhida tarbiyalash, kologok madaniyatni shakllantirish
3.Rivojlantiruvchi maqsad:
Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari: Plakatlar , tarqatma materiallar, proektor yordamida slayd.
Darsda qo’llaniladigan metod: Aralash , interfaol metodlar, savol-javob.
Foydalanilgan adabiyotlar: Kimyo 8. Toshkent-2019.
Sahifa:174-177. R.Asqarov, N.X.To’xtaboyev, K.G’.G’opirov.
Darsning borishi :
1.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomat.
2.Pedagogik iqlim yaratish: Darsga tayyorgarlik ko’rish.
3.O’tilgan mavzuni mustahkamlash: Savol-javob tarzida.
4.Yangi mavzu bayoni: Slayd ko’rinishida.
5.Yangi mavzuni mustahkamlash: Savol-javob tarzida.
6.O’quvchilarni baholash: 5 ballik baholash tizimi asosida o’quvchilarning darsda faolligiga qarab.
7.Uyga vazifa: Kitobning 177-sahifasidagi savollarga mustaqil javob topib, o’tilgan mavzuni o’qib kelish.
Fosfor ham azot singari kimyoviy elementlar
davriy sistemasining beshinchi guruhi bosh
guruhchasida joylashgan. Tashqi energetik
qavatidagi valent elektronlari
energetik qavatchalarda joylashgan va qo‘zg‘algan holatda quyidagicha, ya’ni 5 ta toq elektronlarni hosil qila oladi:
Demak, fosfor asosan 3 va 5 valentli birikmalarni hosil qiladi.
Fosfor –3, 0, +3, +5 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi.
Tabiatda, asosan, +5 oksidlanish darajasidagi fosfor birikmalari
uchraydi.
Tabiatda fosfor. Fosfor kimyoviy jihatdan faol bo‘lganligi
sababli tabiatda faqat birikmalar tarzida uchraydi.
Fosforit va apatitlar fosforning tabiiy birikmalari. Uning
Kimyoviy tarkibi . Fosfor tirik organizmlar tarkibida ko‘plab uchraydi va hayot faoliyatida juda muhim omil sanaladi. Oqsillar va nuklein kislotalar fosforli organik
birikmalardir. Odava hayvonlar suyaklarining anorganik tarkibiy qismini, asosan, tashkil etadi.
Olinishi. Fosfor fosforit yoki apatitdan olinadi. Elektr pechlarida havosiz muhitda fosforit yoki apatit kremniy (IV)-oksidi hamda koks ishtirokida qizdiriladi:
+5C + 3 → 3+ 2P +5CO.
Reaksiya natijasida olingan fosfor bug‘lari maxsus kamerada
suv ostida kondensatlanadi. Yig‘ilgan fosforning tarkibi ko‘rinishidagi oq fosfordir. Oq fosfor qorong‘uda shu’lalanadi.
Fizik xossalari. Fosfor erkin holda bir necha allotropik shakl
o‘zgarishlarni hosil qiladi. Masalan, oq va qizil fosfor (22- jadval). Oq va qizil fosfor tarkibidagi fosfor atomlarining
birikish tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Oq fosfor yorug‘lik va harorat ta’sirida qizil fosforga aylanadi:
Qizil fosfor esa havosiz joyda oq fosforning bug‘larini hosil
qiladi. Bug‘lar kondensatlanib, oq fosforga aylanadi.
Kimyoviy xossalari. Oq fosfor kimyoviy jihatdan faoldir.
Kislorod, galogenlar, oltingugurt va ayrim metallar bilan
bevosita birika oladi:
4P + 5 = 2
2P + 3S =
2P + 3 = 2
2P + 3Ca =
Vodorod bilan reaksiyaga kirishib fosfin ni hosil qiladi.
Fosfin ammiakka o‘xshasa-da, beqaror birikmadir:
2P + 3 =
Ishlatilishi. Qizil fosfor gugurt ishlab chiqarishda asosiy xomashyodir. Gugurt cho‘pining uchida qizil fosfor, gugurt qutisi yonboshida surtilgan Bertole tuzi bilan ozgina ishqalangandayoq, reaksiyaga kirishadi, ya’ni gugurtni tezda yondirib yuboradi:
Pedagogik tavsiya
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
80-maktab kimyo fan o`qituvchisi: Fayzullayev N
Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə