Reja: Treningga tayyorgarlik va treningni tashkil etish



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix13.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#105378
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3- Mavzu. GURUHIY TRENINGLARNING TASHKILIY-USLUBIY JIHATLARI



33 
3- Mavzu: GURUHIY TRENINGLARNING TASHKILIY-USLUBIY 
JIHATLARI 
 
Reja: 
1.
 
Treningga tayyorgarlik va treningni tashkil etish.
2.
 
Treningni moddiy texnik jihozlash.
3.
 
Trening guruhining tuzilishi va trening guruhining psixologik o‘ziga 
xosligi.
4.Trening guruini yig‘ishning o‘ziga xosligi, guruh ishtirokchilarining 
soni va yoshi. 
5. Guruh ishtirokchilariningrasmiy mavqei, ma’lumoti, kasbiy 
mansubligi va milliy va diniy mansublik. 
6. Ishtirokchilaming individual-psixologik xususiyatlari va trening 
mahg‘ulotlarining reja va dasturi

Tayans tushunchalar: 
treningga tayyorgarlik, guruhni tashkil etish yoki 
yig’ish bosqichi,boshlang’ich bosqich, ishni olib borish bosqichi,yakunlash 
bosqichi,moddiy texnik jihozlash, ishtirokchilar mavqei, ma’lumoti, kasbiy 
mansubligi va milliy va diniy mansublik, individual-psixologik xususiyatlar.
 
1.Treningga tayyorgarlik va treningni tashkil etish. 
Psixologik 
treninglar tabiiy va maxsus tarzda uyushtirilgan bo’ladi. Maxsus tarzda 
uyushtirilgan treningda alohida vaziyatlar va o‘yin ishtirokchilarining shaxsiy 
ehtiyojlari, ularda individual shakillanishi zarur bo‘lgan sifatlar katta rol 
o’ynaydi va shaxs ataylab u yoki bu ijtimoiy psixologik vaziyatga o‘zgalar 
tomonidan tushurilishi haqida oldingi bo’limlarda ham keltirib o’tgan edik. 
Trening mashg‘ulotlari uchun maxsus vaziyat, aniq maqsad, shaxsiy 
ehtiyojlar hamda mashg‘ulotlarni o‘tkazuvchi shaxs yoki boshlovchi bo’lishi 
zarur. 
 


34 
Eng muhimi guruhni tashkil qilish bosqichi bo’lib, bunda quyidagi 
jihatlarga e’tibor berish kerak: 

Har qanday treningda (faqat nogironlar bilan o’tkaziladigan maxsus 
treninglarni hisobga olmaganda) tashqi jismoniy defektga ega 
bo’lgan va psixik holatida buzilishlar bo’lgan kishilar ishtirok 
etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan ana shunday 
kamchilikka ega bo’lganlarda aks ta’sir bo’lishi ehtimoli 
kuchliroqligi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo’lsa kerak. 

guruh a’zolarining soni 8 tadan 12 tagacha (ba’zi hollardagina 20 
tagacha) bo’lgani ma’qul. 

ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bo’lishi, ya’ni ular 
orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi mumkin (Alohida qayd etish 
lozim, 45-50 yoshdan kattalar uchun trening juda katta va ahamiyatli 
ta’sirga ega bo’lmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi ham 
mumkin). 

ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng 
bo’lishi kerak. 

Bundan tashqari yana quyidagilarga ham e’tibor berish lozim bo’ladi: 

Treningda muammosi bir xil bo’lgan odamlarni to’plash kerak.

Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo’lishlari 
lozim.

Trening o’tkaziladigan xona albatta izolyatsiyalangan bo’lishi shart, 
ya’ni hech kim ularni bezovta qilishi mumkin emas va ular ham 
boshqalarga halaqit bermasligi kerak. 

Rasmiylashgan guruh bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim.

Trenerdan auditoriya erkin bo’lishini ta’minlash va auditoriyani 
yaxshi bilish talab etiladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə