Reja: Treningga tayyorgarlik va treningni tashkil etish


Psixologik trening o’tkazishning umumiy qoidalari



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix13.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#105378
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3- Mavzu. GURUHIY TRENINGLARNING TASHKILIY-USLUBIY JIHATLARI

Psixologik trening o’tkazishning umumiy qoidalari. 
1)Barcha qatnashchilar doira bo’lib o’tirishlari kerak; 
2)Qatnashchilar soni 15 tadan ortmasligi shart. 


45 
3)Psixolog qatnashchilar bilan birga trening barcha topshiriklarini bajarishi 
shart. 
4)Qatnashchilarning har biri hamma mashg’ulotlarda qatnahish lozim.
5)Treningni boshqaruvchi mashg’ulotlarini mahorat bilan boshqarish kerak 
ya'ni kishining mijozning shaxsiyatiga tegadigan, uyaltiradigan vaziyatlardan 
kochish va har bir mijozning fikrini ma'qullash va uni rag’batlantirib turishi 
kerak. 
6)Boshqaruvchi qo’yilgan muammolarini qatnashuvchilarning o’zlari xal 
qilishlari uchun qulay haroit yaratish kerak. 
7)Mashg’ulot davomida qatnashchilarda o’z taassurotlarini yozib borishi 
uchun kundalik tutishga ruxsat etiladi. 
8)Har bir qatnashchi albatta har bir mashq davomida bildirishi lozim. 
9)Hamma boshqalarni diqqat –e'tibor bilan tinglashi kerak. 
10)Hamma qatnashchilar ro’y-rost samimiy va ichidagi gapni gapirishi 
shart. 
11)Qatnashchining biron-bir nuqsoniga e'tibor bermasligi kerak. 
12)Trening borishi jarayonida hech kimga hech qanday maslahat berish 
mumkin emas. 
13)Trening jarayonida bemalol ‘bu erda’ va ‘hozir’ kabi so’zlarni ishlatish 
shart . 
14)Boshqaruvchi har bir mashg’ulot oxirida yakun yasab qatnashchilardan 
qanaqa yoki qanday yangilik olganlarini ularda qanday o’zgarish bo’lganini 
so’rashi kerak. 
15)Boshqaruvchi albatta uyga vazifa berishi va bajarilishini nazorat qilishi 
kerak. 
Treningni muvaffiqiyatli o’tkazish uchun va uning sermahsulligi 
boshqaruvchi bilan qatnashchilar o’rtasida o’zaro bir-birini tushunish darajasiga 
bog’liq. Treningni uyushtirishda quyidagi qiyin narsalarni nazarda tutish 
maqsadga muvofiq: 
A)Har kim o’zining shaxsiy ichki siqiqligini engish va barcha 
ishtirokchilarning ko’zlariga to’g’ridan to'g’ri qarash. 
B)Trening davomida yaxshi qulay vaziyat yaratish. 
V)Treningning muvaffiqiyati boshqaruvchidan katta psixik intellektual va 
tashkiliy kuch sarflashni talab qilish. 
S)Mashg’ulotni katta, keng, yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega bo’lgan 
xonada o’tkazish lozim va qulay rohatbaxsh etadigan ko’ngil ochadigan 
muloyim derazalarga nafis pardalar bo’lishi kerak. 


46 
D)Har bir ishtirokchi o’yinini tayyorgarliksiz bajarish shart. 
E)Trening boshlashda avval o’zining chaqiruv ya'ni karton qogozlari 
yozish kerak va berish kerak. 
Yuqorida ta'kidlab o`tilgan talablarga rioya qilmasdan turib, aslo o`ynovchi 
guruh hosil qilib bo`lmaydi. Va bunga trening ijobiy ta'sir ko`rsata olmaydi ham. 
Har bir ishtirokchi o`zining o`yinga va o`yin yuzasidan ruhiy jihatdan 
tayyorlamog`i va improzatsiya qilishga (tayyorgarliksiz bajarishga) tayyorlashi 
darkor. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə