2-mavzu: Ekstremal vaziyatlarni engish strategiyalari (coping-strategiyalar)



Yüklə 15,59 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü15,59 Kb.
#151718
12 mavzuEE


12-mavzu: Ekstremal vaziyatlarni engish strategiyalari (coping-strategiyalar) (2 soat maruza, 2 soat seminar)

Ekstremal vaziyatlarning psixologik oqibatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadqiqotlar sub’ektiv, shaxsiy va ob’ektiv vaziyat omillarining o‘zaro tobeligi murakkab ko‘rinishga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ikkinchi va uchinchi bo‘limlarda ko‘rib chiqqanimizdek, ekstremal vaziyatlarda xulqni boshqarish sifati vaziyatning ob’ektiv qurilmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq emas. Boshqa tomondan, individual moyillik ko‘rsatkichlari, birinchi navbatda shaxsning dinamik xaraktyeristikalari ekstremal vaziyat kuchayib borgan sari xulqni belgilay olmay qoladi. Boshqacha aytganda, vaziyat qanchalik ekstremal bo‘lsa, vaziyatni idrok qilishning individual moyilligining axamiyati shunchalik kamayadi.


Odamning turli murakkab vaziyatlar bilan o‘zaro hamkorligining turlicha usullari Z. Freyd tomonidan o‘rganilgan. Z. Freyd defensive behavior (himoya xulqi), tushunchasini taklif qilgan, uning mazmuni shundan iboratki, odamning hayot qiyinchiliklariga reaksiyasi “MEN”ning chidab bo‘lmas fikrlar va og‘riqli affektlar bilan kurashining turlicha ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. XX asrning 60 yillarida R. Lazarus ushbu definisiyani coping (ingl. cope – uddasidan chiqish, moslashish) tushunchasiga transformasiya qildi, bu tushuncha individ tomonidan stressni bo‘shashtirish uchun sarflanadigan kognitiv va xulqiy harakatlar to‘plamini anglatadi. Lazarus harakatlar yo‘nalishiga mos ravishda koping-xulqning ikkita tipini ajratdi.
Birinchi tip muammoli-yo‘nalgan (problemfocused), ikkinchisi – emosional-yo‘nalgan (emotionfocused), deb ataldi. Muammoli-yo‘nalgan koping-strategiyalar vujudga kelgan muammoni hal qilishga qaratilgan bo‘lsa, emosional-yo‘nalgan koping – strategiyalar shaxsning vaziyatga ustanovkalarini o‘zgartirishga qaratilgan. Lazarusning fikricha, koping-strategiyalarning asosiy vazifasi sozlash va boshqarishdan iborat.
Ayni paytda psixologiyada engish xulqiga uchta asosiy yondashuv mavjud. Dispozision yondashuv ekstremal sharoitlarni engishning aloxida usullari mavjudmi va shaxs dispozisiyasini tashkil qiluvchi qaysi qirralari qiyinchiliklarni bartaraf qilishga yaxshiroq yordam byeradi, degan savollarga javob izlashdan iborat. Ushbu yondashuv vakillari o‘z intilishlarini ekstremal sharoitlarda inson faoliyati samaradorligini ta’minlaydigan shaxs xususiyatlarini aniqlash vazifasini hal qilishga jamlashgan. Shu narsa aniqlanganki, pessimizm, negativ affektivlilik, dushmanlik kabi shaxs sifatlari murakkab vaziyatlarni bartaraf qilish adekvatliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ekstravyertlilik – munosabat bildirish bilan, ya’ni ichidagini to‘kib solish, ochiq gapirish bilan, vijdonlilik – shaxsiy o‘sish ehtiyoji bilan, ochiqlik – yangi ma’lumotlar, muammoni hal qilishning yangi yo‘llarini qidirish bilan bog‘liq.
Situativ, vaziyatli yondashuv jarayonga, ekstremal vaziyatlarni bartaraf qilish dinamikasiga va har bir konkret ekstremal vaziyatda foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos strategiyalarni o‘rganishga jamlangan. Ushbu yondashuv doirasida ishlayotgan tadqiqotchilar xulqning engish modelini tanlash xatar darajasini baxolash, vaziyatni engish uchun kyerak bo‘ladigan resurslarni safarbar qilish, vaziyatda o‘z xatti-harakatlarini baholash bilan bog‘liq bo‘ladi, deb hisoblashadi.
Integrativ yondashuvga muvofiq, hayot qiyinchiliklarini engishga shaxsiy sifatlar ham, shuningdek vaziyat omillari ham ta’sir ko‘rsatadi. Aynan vaziyatni sub’ektiv tasavvur qilish shaxs uchun uning reaksiyalarini va vaziyatni engish usullarini aniqlab byeradi. T.L. Kryukova tasvirlaganidek, kopingning psixologik vazifasi, «vaziyatni engish, vaziyat talablarini bo‘shashtirish yoki yumshatish, undan qochish yoki odatlanib qolishdan saqlash uchun odamni vaziyat talablariga yaxshiroq adaptasiya qilishdan iborat».
Integrativ yondashuv doirasida engish xulqining asosiy mexanizmlari xaqidagi tasavvurlar vaziyatga javob byerishning quyidagi usullarini ajratgan:
1. muammoga-yo‘naltirilgan usul, vaziyatni bartaraf qilish rejasini yaratish va bajarish uchun muammoni rasional taxlil qilishga qaratilgan. Bunday usul vaziyatni mustaqil taxlil qilish, boshqalarga yordam so‘rab murojaat qilish, qo‘shimcha ma’lumotlar qidirish kabi xulq shakllarida namoyon bo‘ladi;
2. sub’ektga-yo‘naltirilgan usul, aniq harakatlarni amalga oshirmaydigan, vaziyatga emosional javob byerish oqibati hisoblanadi. O‘z-o‘zini ayblash, o‘z kechinmalariga chuqurlashish, boshqalarni ham o‘z kechinmalariga tortishda namoyon bo‘ladi;
3. qochish, muammodan uzoqlashish, o‘ylamaslikka harakat qilish, bo‘lib o‘tayotgan xodisalarni infantil baxolash. Muammo xaqida umuman o‘ylamaslik, vakolatli odamlar orqasiga yashirinishda namoyon bo‘ladi: alkogol yoki boshqa depressantlar yordamida hamma narsani unutish, salbiy emosiyalarni ovqat yordamida kompensasiya qilish.
Tadqiqotchilar javob byerishning ikkita tipini ajratishadi – konstruktiv xaraktyerga ega bo‘lgan engish xulqining o‘zi va vaziyatga dezadaptasiya bilan farq qiladigan himoya xulqi. Shunday qilib, insonning vaziyatga javobi o‘ziga xos shkala ko‘rinishida taqdim qilinishi mumkin. Vaziyatga javoblarning chekka nuqtalari ko‘rinishidagi qutblari o‘rtasida G. Tome taklif qilgan uslubiy xaraktyeristikalar joylashgan. Bu hayot texnikasi yoki tipik reaksiyalar iyerarxiyasidir. “Yuqori”, yoki pozitiv texnikalarga muvaffaqiyat qozonishga yo‘naltirilgan xulq, vaziyat xaqida mushoxada yuritish va o‘zini taqdirlash kiradi. “Quyi”, yoki himoya texnikalari passivlik, bosh tortish, qochib ketish xulqi, vaziyatning axamiyatini, boshqa odamlar yoki odamlar guruhini, o‘zini qadrsizlantirishni rasionallashtirish, sog‘ligidan shikoyat qilishni birlashtiradi.
Tome ta’kidlaydiki, ko‘pchilik odamlar muammoni hal qilishning oz sonli repyertuariga egalar, shuning uchun bitta yoki bir nechta texnikani qo‘llashadi. Ushbu muallif u yoki bu texnikani tanlashning sabablarini ko‘rsatadi. Bu omillar quyida ajratib ko‘rsatilgan “individual hayot yo‘li” tushunchasiga birlashadi:
1) Yutuqlar texnikasi (konkret muammolarni hal qilishda qo‘llaniladi va kuzatish mumkin);
2) Moslashish texnikasi (muhit talablariga moslikni ta’minlash uchun shaxsning xulqi va kechinmalarini o‘zgartirishi bilan bog‘liq);
3) Himoya texnikalari (ayni paytda bas kelish mumkin bo‘lmagan muammoni rad qilish yoki keyinroqqa surish ko‘rinishida);
4) Saqlovchi yoki ekspressiv texnikalar (muammoni hal qilish yoki anglashga urinmasdan undan yuz o‘girish);
5) Nisbatan adaptiv strategiyalar.
Engish xulqi nafaqat murakkab vaziyatlarga javob byerish jarayonini, shuningdek engishning vazifasi hisoblangan, aniq maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan intilishlarni ham o‘zida mujassamlashtiradi. O‘z vaqtida Lazarus kopingning beshta asosiy vazifasini ajratib ko‘rsatgan:
1) Sharoitning negativ ta’sirini minimallashtirish va faollikni tiklash imkoniyatlarini oshirish;
2) Sabr, moslashish yoki hayot vaziyatlarini sozlash, qayta qurish;
3) Pozitiv, ijobiy “MEN” obrazini qo‘llab-quvvatlash, o‘z kuchlariga ishonch;
4) Emosional muvozanatni saqlash;
5) Boshqa odamlar bilan etarlicha yaqin o‘zaro aloqalarni saqlash va qo‘llab-quvvatlash.
Engish xulqi aloxida mezonlarga mos kelgandagina muvaffaqiyatli baxolanishi mumkin. Bunday mezonlarga quyidagilar kiradi:
A. fiziologik zo‘riqishlarni bartaraf qilish va psixologik zo‘riqishlarni kamaytirish;
B. faollikni tiklash imkoniyatlarining paydo bo‘lishi;
C. distress yoki jaroxatdan keyingi stress buzilishining oldini olish.
Shuning uchun, odamning ekstremal vaziyatdagi xulqi va faoliyati murakkab tashkillangan tizim ko‘rinishida mavjud bo‘ladi, T.L. Kryukova bu tizimga quyidagi omillar mansub, deb hisoblaydi: tizimli, dinamik, ekologik, tartibga soluvchilik. Engish xulqining tizimli bo‘lagiga o‘ziga xos tashkillashgan shaxs qirralari, odamga xulq usuli va strategiyasini tanlash imkonini byeradigan sifatlar kiradi. Dinamik omil o‘z ichiga odam tomonidan mustaqil baxolanadigan konkret va o‘zgaruvchan vaziyatlarni engish jarayonining xususiyatlarini oladi. Ushbu omil ekstremal vaziyatda masalani ijodiy hal qilish, tipik bo‘lmagan texnologiyalar va x.z. lardan foydalanish ko‘rinishida bo‘ladi. Ekologik omil sub’ektning empatiya, ekstremal vaziyatlarda boshqalar bilan adekvat hamkorlik qila olish, rolli xaraktyeristikalar va boshqalar ko‘rinishidagi turli intyerindividual sifatlariga yuqori talab ko‘rinishida bo‘ladi. Aynan shu sifatlar odamga boshqalardan qayta aloqani olish va ekstremal vaziyatlarda xulq strategiyasini tanlash hamda o‘z-o‘zini tartibga solish imkonini byeradi. Regulyativ-sozlash omili quyidagilarda namoyon bo‘ladi: professional uchun zarur bo‘lgan kasbiy pozitiv koping-strategiyalarni shakllantirish va rivojlantirish unga o‘z psixologik kompetentliligini oshirish imkonini byeradi.
Xozirgi vaqtda adaptiv imkoniyatlari darajasiga ko‘ra koping-strategiyalarning uchta guruhi ajratilgan: adaptiv, nisbatan adaptiv i noadaptiv.
Yüklə 15,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə