Amaliy mashg‘ulotlar -amaliy mashg‘ulot soat Mavzu: Ekologik va tabiatni muxofaza qilish kartalarini o‘rganish va taxlil qilish



Yüklə 17,68 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü17,68 Kb.
#160217
1-Amaliy ish


Amaliy mashg‘ulotlar


1-Amaliy mashg‘ulot 2 soat
Mavzu: Ekologik va tabiatni muxofaza qilish kartalarini o‘rganish va taxlil qilish. (O‘zbekiston respublikasi uchun chop etilgan tabiatni muhofaza qilish va ekologik kartalar misolida)
Talabalar ekologik va tabiatni muxofaza qilish kartalarini o‘rganish uchun ularga kafedrada mavjud bo‘lgan tabiatni muhofaza qilish kartalari, ekologik kartalar, hamda ekologik atlaslar tarqatiladi. Masalan, “ Ekologicheskaya atlas O‘zbekistana”, “O‘zbekiston respublikasining ikki jiltli atlasi” va chop etilgan tabiatni muhofaza qilish va ekologik kartalar.
Talabalar qo‘yidagi tartibda amaliy ishni bajaradilar:
Atlas va kartalarni tahlil qilish murakkab jarayon bo‘lib, unda atlas va karta elementlari, mazmuni hamda ulardan foydalanish (ilmiy izlanishlar, o‘quv, amaliy ishlar va boshqa maqsadlar uchun) imkoniyatlari har tomonlama ko‘rib chiqiladi va taxlil qilinadi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik kartalarini boholash ularni batafsil tahlil qilish natijasida bajariladi. Kartani ma’nosi, ilmiy va mantiqan to‘g‘ri tuzilganligi, sifati, grafik jihozlanishi, hamda mo‘ljalangan ishlarga mos kelish-kelmasligi aniqlanadi va baxolanadi. Atlas va kartalarni baholashda quyidagi xususiyatlariga e’tibor beriladi:
-Mazmuning mantiqan to‘g‘ri va to‘liqligiga;
-Tasvirning geometrik aniqligiga;
-Matematik asosiga;
-Zamonaviyligiga;
-Jixozlanish sifatiga;
-Ilmiy va siyosiy jixatdan yo‘nalishiga.
-Kartaning grafik yuklanishiga
-Ishlatilgan ma’lumotlarga.


Amaliy ishini bajarish tartibi.
Amaliy ishi, ya’ni tabiatni muhofaza qilish va ekologik kartalarini , hamda atlas kartalarni tahlil qilish yozma shaklda bo‘lib quyidagilarga javob beriladi:

  1. Atlas yoki kartaning nomi, kim tomondan yoki qanday tashkilot tomonidan tuzilganligi (muallifi) nashr qilingan atlasning chop etilishiga doir ma’lumotlar va nashr qilingan vaqti.

  2. Kimlarga mo‘ljallanganligi va unda bajariladigan kartometrik ishlar.

  3. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik kartalarini, hamda ekologik atlas kartalarning matematik asosi. Bosh masshtabi. Kartografik proektsiyasi (xatoligi va uni tarqalishi, proektsiyani geografik nuqtaii nazardan to‘g‘ri tanlanganligi) bayon qilinadi.

  4. Geografik asosida suv ob’ektlarini, rel’efni, o‘simliklarni, tuproklarni, aholi yashaydigan joylarni, chegaralarni, aloqa yo‘llari va sotsial-iqtsodiy ob’ektlarni , hamda karta elementlari yozilgan shiriftlar va boshqalar o‘rganilib taxlil qilinadi.

  5. Kartalarni nashr qilishda ishlatiladigan ranglar soni va chop etilish strukturasiga ahamiyat beriladi

  6. Kartalar mazmunini yoritishda ishlatiladigan legenda turlari va karta komponovkasi batafsil taxlil qilinadi.

  7. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik kartalarini va ekologik atlas kartalari mazmunini tasvirlashda ishlatilgan kartografik tasvirlash usullari o‘rganiladi va bayon qilinadi.

  8. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik kartalarini va ekologik atlas kartalari ma’nosini boshqa ma’lumotlar bilan to‘ldirilganligi: qo‘shimcha karta vrezkalar, grafiklar, profillar, matn va jadval tarzida berilgan ma’lumotlar o‘rganiladi va bayon qilinadi.

  9. GIS texnologiyalaridan qanchalik foydalanganligiga e’tibor beriladi.

  10. Taxlil qilingan kartalar to‘g‘risida umumiy xulosa va fikrlar beriladi.

Hisobot turi:
Berilgan tabiatni muhofaza qilish yoki ekologik kartalarini tahlil qilingan yozma bayoni.
Yüklə 17,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə