Reja: Treningga tayyorgarlik va treningni tashkil etish


Treningda metodik qo’llanmalarni tadbig’ qilishda trening



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix13.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#105378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3- Mavzu. GURUHIY TRENINGLARNING TASHKILIY-USLUBIY JIHATLARI

Treningda metodik qo’llanmalarni tadbig’ qilishda trening 
yo’nalishini tanlanishi quyidagi omillarga bog’liqdir:

Trening mundarijasi. 

Guruhning o’ziga xosligi. 

Holatlarning o’ziga xosligi. 

Trenerning imkoniyatlari. 
Trening boshlanishidan oldin qoidalari (qonunlar) qabul qilib olinadi. 
Trening — emotsiyaga boy, noan’anaviy mashg’ulot bo’lib, shaxsning muloqot 
usulini o’zgartirish, uyg’unlashtirishga, shaxslararo munosabatlarni yaxshilash, 


35 
boshqa odamlar bilan muloqotda yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarni hal 
etishga yo’naltirilgan.
Trening maqsadlari inson psixologiyasining murakkab jarayonlariga, nozik 
tomonlariga ta’sir etishi mumkin, shuning uchun trenerning ishini qimmatbaho 
toshga ishlov berayotgan zargar mehnati bilan taqqoslashgan. Shuningdek, 
trenerning zargarlik mahorati guruhda intizomni (ayniqsa guruh maktab 
yoshidagi bolalar va o’smirlardan tashkil topgan bo’lsa) o’rnatishdan, treningni 
yangi goyalarniqollash bilan boshlanadi. 
Trening qoidalari yoki qonunlari guruh ichidagi jarayonlarni nazorat qilish 
va tartibga keltirish uchun xizmat qiladi. Bu qonunlarni qo’llash trening 
qatnashchilari uchun yordam bo’ladi va aksincha, agar trener bularga e’tibor 
bermasa trening guruhi “bo’linib ketishi” yoki qatnashchilarni ko’ngliga 
“jarohat” yetkazishi mumkin. Shuning uchun treningni tashkiliy bosqichida 
trener tomonidan ishtirokchilarga treningni asosiy quyidagi qoidalariga rioya 
qilish kerakligi tushuntiriladi. 
Treningning asosiy qonunlari:
1. “00” qonuni.
Barcha ishtirokchilar mashg’ulot boshlanishiga va 
tanaffusdan keyin kechikmay kelishlari, bunda trener ularga namuna bo’lishi 
kerak. Trening boshlovchisi faqatgina treningni boshqarmasdan guruh bilan 
birgalikda tahlil qiladi va o’zini tutishi va muloqoti bilan qatnashchilarga 
namuna bo’ladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə