Reja: Treningga tayyorgarlik va treningni tashkil etish


Trening guruini yig‘ishning o‘ziga xosligi, guruh ishtirokchilarining



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix13.04.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#105378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3- Mavzu. GURUHIY TRENINGLARNING TASHKILIY-USLUBIY JIHATLARI

4.Trening guruini yig‘ishning o‘ziga xosligi, guruh ishtirokchilarining 
soni va yoshi. 
Ijtimoiy treningning yana bir jihati borki, bunda ishtirokchilar 
o’rtasida samimiy, iliq munosabatlar o’rnatilishi ular o’zaro bir birlariga 
ishonishlari lozim. Buning uchun trening tashkil etuvchi shaxs mashg’ulot 
boshida shunday sharoit yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir birini tanib iliq 
munosabatlarga moyillik sezishlari shart.
Buning uchun masalan: Trening qatnashuvchilari bir birlariga xushomat 
qilishlari taklif etiladi. Xushomat yoki takalluf albatta yonidagi shaxsning tashqi 


43 
ko’rinishi, yuz ifodasi, kiyimining rangi, didi kabilarga talluqli bo’lishi mumkin. 
Ammo bu xushomatda asl xushomad elementlari minimal ifodalanishi zarur, 
ya’ni bo’rtirib yo’q narsani aytish ham muloqotga xalaqit berishi mumkin.
Shuningdek, ijtimoiy psixologik trening maxsus tarzda uyushtirilib unda 
alohida vaziyatlarda har bir trening ishtirokchisining shaxsiy ehtiyojlari ularda 
individual shakllinishi zarur bo’lgan sifatlar katta rol o’ynaydi va shaxs ataylab 
u yoki bu ijtimoiy psixologik vaziyatlarga qo’yiladi. 
Trening mashg’ulotlari uchun maxsus vaziyat aniq maqsad, shaxsiy 
ehtiyojlar hamda ana shunday mashg’ulotlarni o’tkazuvchi bo’lishi lozim. Yana 
boshlovchida zarur trening mashg’ulotlari muvaffaqiyatli bo’lishi uchun ayrim 
tomonlarga aniq bo’ysunish va boshqarish malakasi mavjud bo’lishi lozim. 
Trening muloqotlarida yana bir umumiy jihat borki, bunda muloqot yoki 
ishtirokchilari o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlar o‘rnatilishi, ular bir-birlariga 
ishonishlari lozim. Buning uchun boshlovchi o‘yin boshida shunday sharoit 
yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir-birlarini tanib, iliq munosabatlarga 
moyillik sezishlari shart. 
Treningning asosiy ustanovkasi: rolli o`yin shaklida bo’lib, rolli vaziyatni 
idrok etishni tashkil qilish mutlaqo zarur, chunki trening qatnashchilarida 
trenerning yordamida o`yinda yaratilgan vaziyatlarga nisbatan individual 
munosabatini uyg`otish zarur.
Treningni o`tkazish davomida uni qatnashchilarining shaxsiy muloqot 
usullarini o`zining boshqalarga nisbatan pozitsiyasini yaqqol anglashtiruvchi 
vaziyatni rag`batlantirish joiz. 
Trening faoliyati 8-10 mashg`ulotni o`z ichiga qamrab oladi xolos. 
Treningning hamma mashg`ulotlari uning ishtirokchilari bilan faqat do`stona, 
samimiy his-tuyg`ular asosida va ixtiyoriy tarzda o`tkaziladi. 
Trening ishtirokchilarining soni 8-10 kishidan 15-20gacha bo’lishi 
maqsadga muvofiqdir. Eng yaxshi guruh 12-15 kishidan iborat bo’lgan guruhdir. 
Ishtirokchilarning ko’payib ketishi o’zaro ishonch muhitinining tarkib topishiga 
halaqit berishi mumkin. A’zolari kam bo’lgan alohida guruhlarda esa 
ishtirokchilar bir-birlarini tezroq tushunishlari va tez til topisha olish sharoitini 
yaratadi. Agar ishtirokchilar soni 25 kishidan oshib ketsa, dastur asosida 
ishtirokchilarni bir necha kichik guruhlarga bo’lgan holda o’kaziladi, lekin 
bunda treningni tashkil etish bosqichi ko’p vaqtni talab etadi. Natijada 
ishtirokchilarning diqqati ham bir muncha bo’linib, ko’zlangan natijaga 
erishishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ishtirokchilarning yoshi orasidagi farqi 
esa 4-5 yoshni tashkil etishi treningni mahsuldorligini, o’zaro bir-birini 


44 
tushunishi, his qilishi, hurmatini saqlashi kabilarning yuzaga chiqishiga olib 
keladi. 
Har qanday trening trenerning qisqacha axboroti ya’ni treningni maqsadi, 
vazifalari , ishtirokchilar egallashi mumkin bo’lgan omillar haqida fikr bildirishi 
bilan boshlanadi. Shuningdek, ishtirokchilarga trening haqida tushuncha, uning 
qanday tashkil etish, o’tkazilishi, mashg’ulot so’ngida qanday natijalarga 
erishishi haqida tushunchalar beradi. Keyingi bosqichda trener guruh a’zolari 
bilan mashg’ulot davomiyligini kelishib olib, mashg’ulotning davomiyligi 
quyidagicha tashkillash mumkinligini aytadi:
1.
Mashg’ulot haftasiga 4-5 kun 8 soatdan(orada 1 soat yoki 30 minut 
tanaffus beriladi). Bunday trening eng samarali natija beradi. 
2.
Mashg’ulot haftasiga 2-3 kun har kuni 4-5 soat. Samarali natija beradi.
3.
Mashg’ulot haftasiga 1 kun 3-4 soatdan . Bunda kamroq samara beradi. 
Guruh bilan mashqlarni o`tkazishda (majburiy mashqlarni) shartlar 
bo`yicha qoidalarga rioya qilinmasa, u holda o`yinli trening ijobiy natija 
bermasligi to`g`risida oldindan kelishib olishish kerak. Jumladan: 
- bir-biriga samimiylik, xayrixohlik: 
- bir-biriga ishonish. ( o`zaro ishonch ): 
-mashqlarni bajarish davomida shaxsga baho bermaslik, balki uning 
faoliyatiga va muloqot usullariga baho berishlik: 
- ishtirokchilar o`yindan qay darajada qanoatlanganligi haqidagi 
taassurotlarini shu zaxotiyoq trenerga ma'lum qilishlik: 
- topshiriqlarni bajarish faqat ijobiy gepotezaga mo`ljallanganlik: 
- jismoniy nuqsonlarga nisbatan e'tiborni qaratmaslik: 
- treningning borishi jarayonida hech kimga hech qanday maslahat 
bermaslik: 
- “Bu yerda va hozir”-degan shartni bajarish ya'ni trening paytida ro`y 
bergan hamma narsa tashqariga olib chiqilmaslikka va hozirgi muloqotda 
nimalarni his etayotganligini ma'lum qilmaslik: 
- tomoshabinlar trenerning ruxsati bilan emas, balki guruhning barcha 
a'zolarining roziligiga binoan qatnashishlik kabilar: 
Treningni 
muvaffaqiyatli 
o`tkazishning 
va 
uning 
sermahsulligi, 
muvaffaqiyati ko`p jihatdan trener bilan ishtirokchilar o`rtasidagi o`zaro bir-
birini tushinish darajasiga bog`liqdir. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə