Bozor iqtisodiyotida narxning regulyatorlik V



Yüklə 292,73 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü292,73 Kb.
#143481
  1   2   3   4   5
Ismoilov Muhammad Aliiii




Reja:




1
Innovatsion menejmentning maqsad va vazifalari.
2
Innovatsion menejmentni tashkil etish va nazorati.

3
Innovatsiyaning klassifikatsiyasi.




Asosiy tushuncha va atamalar:
bu innovatsion jarayonlar, innovatsion faoliyat, bu faoliyat bilan band bo‘lgan tashkiliy tuzilmalar va ularning xodimlarini boshqarish tamoyillari, usullari va shakllarning majmuasidir.




Innovatsion iqtisodiyotda menejment strategiyalari.










1 . Innavatsiyon menejmentning maqsadi va vazifalari.
Innovatsion jarayon innovatsion o‘zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi o‘zaro bog‘-langan pallalardan tas hkil topgan. Bu jarayonning natijasida amalga oshirilgan o‘zgarish innovatsiya paydo bo‘ladi. Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya – yangi sharoitlar va qo‘llash joylarda bir marta o‘zlashtirib va foydalanib bo‘lingan innovatsiyalarni vaqtda tarqatish juda katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davraviy xarakerga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur.
Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy–texnik taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro‘yobga chiqadiganga aylanishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishlar muammolari ko‘p yillar davomida ITTning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan.
“Innovatsiya” atamasidan O‘zbekistonning o‘tish iqtisodiyotida ham mustaqil va ham bir qator o‘xshash tushunchalar: “Innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon”, “innovatsion qaror” va h.k. belgilash uchun foydalanilgan.
Har xil olimlar, ayniqsa xorijlilar (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E. Mensfild, R. Foster, B. Tviss, Y. SHumpeter, E. Rodjers va boshqalar) bu tushunchani o‘zlarining tadqiqotlari ob’ekti va predmetiga ko‘ra har xil talqin qiladilar, ammo innovatsiyalarning bu har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki, o‘zgarishlar innovatsiyalarning o‘ziga xos mazmunini tashkil qiladilar, o‘zgarishlar vazifasi esa innovatsion faoliyatning asosiy vazifasi bo‘ladi.
Avstriyali olim Y. SHumpeter tomonidan beshta tipik o‘zgarishlar ajratilgan:
1) yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni yangi ta’minotidan foydalanish;
2) yangi xususiyatlarga ega ma’lumotlarni tadbiq etish;
3) yangi xom ashyodan foydalanish;
4) ishlab chiqarish va uning moddiy–texnik ta’minotini tashkil qilishdagi o‘zgarishlar;
5) yangi sotish bozorlarini paydo bo‘lishi.

Innovatsion menejment bu kompaniyaning yuqori pog’onasidagi rahbariyati amalga oshiradigan strategik boshqarishning bir yo’nalishidir. Uning maqsadi firmaning ilmiy texnik va ishlab chiqarish faoliyati asosiy yo’nalishlarini aniqlashdan iborat. Buning doiraisiga quyidagi masalalar kiradi:


1. chiqarilayotgan mahsulotni modernizasiyalash va takomillashtirish;
2.mahsulotning an’anaviy turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirib borish;
3.eskirgan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash.
Innovatsion faoliyat maqsadi boshqaruv jarayonini aniq vaqt oralig‘ida shakllantirishdan iboratdir. Tashkilot yoki faoliyat maqsadlari ma’lum vaqt oralig‘ida o‘zining aniq yo‘nalishiga ega bo‘lishi kerak. Shunday qilib tashkilot maqsadi, bir tomondan jarayonni baholanishi va prognozi natijasi bo‘lsa ikkinchi tomondan rejalashtirilgan innovatsion tadbirlarga chegara bo‘lib xizmat qiladi. Shu ikki funksiyaga amal qilish uchun innovatsiya maqsadini shakllantirish bir qancha talablarga javob berishi kerak.
Ularning asosiylariga quyidagilar kiradi.
Innovatsiya maqsadi aniq shaklga ega bo‘lishi va o‘lchana olishi kerak. Ular mohiyati bo‘yicha ilmiy yangiliklar ko‘rinishida, texnik ishlanmalar misol yangi texnikaning ixtiro qilinishi, iqtisodiy oldindan barcha daromad va xarajatlar inobatga olingan xolda.
Maqsadli innovatsiya kerakli natijalarga erishishi uchun aniq vaqt bo‘yicha taqsimlanmog‘i lozim. Maqsadlarni vaqt bo‘yicha yo‘nalishi oldinga qo‘yilgan vazifalarni aniq davrlarga taqsimlagan holda amalga oshirish imkonini beradi, ya’ni bosqichma-bosqich bir tekisda tashkilot rivojlanishining to‘xtovsizligini ta’minlash imkonini yaratadi. Innovatsiya deyildimi maqsadga erishish aniq bo‘lishi kerak. Buning uchun maqsadga erishish strategiyasini shakllantirish va qabul qilingan rivojlanish strategiyasini realizatsiya qilish bo‘yicha rejaviy tadbirlar dasturi tayyorlanadi. Shuning uchun innovatsion faoliyat amalga oshirilayotganda jamoaga ham aniq vazifalarni bo‘lib berilishi kerak.
Innovatsiyalarning maqsadlari xilma-xiligi bir-biri bilan bog‘liq va bir biriga qarama - qarshi bo‘lmasligi kerak.

Yüklə 292,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə