Bozor iqtisodiyotida narxning regulyatorlik V



Yüklə 292,73 Kb.
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü292,73 Kb.
#143481
1   2   3   4   5
Ismoilov Muhammad Aliiii

Tavsifli alomatlar

Innovatsiyaning guruhli tavsifi

Innovatsiyani tadbiq etish sohalari

Boshqaruv, tashkilot, ijtimoiy sanoat

Ilmiy texnik jarayoni (ITJ) bosqichlari

Ilmiy, texnik, texnologik, konstrtuktorlik, ishlab chiqaruvchi, informatsion

Innovatsiyaning intensiv bosqichi

bun”, teng kuchsiz, to‘liq

Innovatsiyaning amalga oshish tezligi

Tez, sekinlashtirilgan, kanalovchan, tarqoq, teng o‘lchovli, har tamonlama o‘zgarish

Innovatsiya miqdori

Transkontenental, transmilliy, hududiy,yirik, o‘rta, kichik

Innovatsiyaning natijaliligi

Baland, past, mustahkam

Innovatsiya samaradorligi

Iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik integral

Ilmiy texnik jarayon bosqichlari bo‘yicha innovatsiya o‘ziga xos xususiyatlarga ega:


Ilmiy texnik jarayon bosqichlari bo‘yicha innovatsiya o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1 .texnik mahsulotlarni ishlab chiqarishda rivojlangan usullardan foydalanish;
2. tashkiliy boshqaruv xususiyati avvalo, ishlab chiqarish, transport va savdo, ta’limotda optimallikni tashkil etish bilan bog‘liq;
3. Informatsion xususiyat ilmiy texnik sohada innovatsion faoliyatda ratsional informatsiyani yuzaga keltirish bilan bog‘liq;
4. Ijtimoiy xususiyati mehnat sharoitini yaxshilash, sog‘liqni saqlash, ta’lim, madaniyat muammolarini echishga qaratilgan.
Olingan axborotlar asosida innovatsiya bosqichlari:
1 .marketolog to’plagan ma’lumotlarni jamlash va qayta ishlash;
2. optimal g’oya tanlab olish va u asosida yangi mahsulot yaratish;
3. texnika-texnologiya uchun mablag’ yig’ish;
4. sinov tarzida mahsulot yaratish va yaqin hududlarda iste’molchilarga maqul tushishini sinash, reklama;
5. bozorda sotish;
6. ommaviy-seriali tarzda ishlab chiqish.
Xususan, Yaponiyada bugungi kunda to’rtta g’oyani atigi bittasi amaliyotga joriy qilinadi. Yaponiya korxonalari innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishda muvaffaqiyatga erishishning muhim omillari quyudagilar:
Korxona yuqori boshqaruv bo’g’ini tomonidan yangi g’oyalar qo’llab-quvvatlanishi kerak;
Muvaffaqiyatli tashkil etilgan tashkiliy strukturaga ega bo’lishi kerak;
Yangi mahsulotlar bozor talabiga yo’naltirilgan holda ishlab chiqarilishi kerak;
Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishda qatnashuvchi insonlarning xulq-atvori e’tiborga olinishi kerak;
Yaratilayotgan yangi mahsulotlar betakror bo’lishi lozim.
Rejalashtirish. Rejalashtirish – bu innovatsion menejmentning maxsus vazifasi, u tashqi va ichki muhit omillarini tahlil qilish, tashkilot faoliyatini bashoratlash firma strategiyalarini amalga oshirish va qo’yilgan maqsadga erishishni rejalashtirish b o’yicha tadbirlar tizimini boshqarishdan tashkil topadi. Rejalashtirish jarayoni ishlarni bajarish muddatlari (qisqa muddatli, o’rtacha muddatli, uzoq muddatli), maqsadlar (strategik va operativ rejalashtirish), ob’ektlar (IITKI, ishlab chiqarishlari, ta’minot, sotish va h.k. rejalashtirish), ishlab chiqarish omillari (uskunani modernizatsiyalash, texnologiyani takomillashtirish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilash, xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash va h.k.) bo’yicha bo’linadi. Rejalashtirish jarayoni quyidagilarning tahlilidan tashkil topadi: - tashqi va ichki muhit omillari; - ishlab chiqarish imkoniyatlari va ishlab chiqarish apparatining holati; - ITTKI, yangi texnologiyalar, mahsulotning yangi namunalari; - moliyaviy holat va moliyaviy imkoniyatlar va boshqalar. Keyingi bosqich quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tadbirlar rejalarining holatidan iborat: - yangiliklar g’oyalarini ishlab chiqish bo’yicha ilmiy – tadqiqot ishlari, laboratoriya tadqiqotlarini o’tkazish, yangi mahsulotning laboratoriya namunalari, yangi texnika va yangi buyumlarining turlarini ishlab chiqish; - tajriba konsturktorlik ishlarini tashkil qilish va o’tkazish; - mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqish uchun xom ashyo va materiallarning zarur turlarini tanlab olish; - yangi mahsulotni tayyorlashning texnologik jarayonlarini ishlab chiqish; - yangi mehnat qurollari (mashinalar, mexanizmlar, asboblar, uskunalar va h.k.)ni loyihalashtirish, ishlab chiqish, sinovdan o’tkazish va o’zlashtirish; - ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash va yangi texnika va texnologiyalarni tadbiq etish; - yangi tashkiliy tuzilmalar va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qo’llash; - kerakli axborot qurilmalari va resurslarini xarid qilish va qo’llash; innovatsion faoliyat uchun xodimlarni tayyorlash, o’qitish, ixtisosini o’zgartirish va tanlab olishning maxsus usullaridan foydalanish; - marketing tadbirlarini tashkil qilish, sotish kanallarini shakllantirish va yangiliklarda bozorda joylashtirish. Rejalashtirishning keyingi bosqichi rejalarni xodimlarga yetkazish va rejalarni amalga oshirish uchun sifatlarni tashkil qilishdan iboratdir. Yanada yangilanishning rezervlarini qidirib topish va ishlab chiqarishni takomillashtirish rejalashtirishning ajralmas qismi bo’ladi. Tashkilotni o’sishi va rivojlanishini bashorat qilish jarayoni o’z ichiga tashkilotni uzoq istiqbolda strategik ko’rishni oladi. Ishlab chiqarishni o’sishi va yangilanishini bashorat qilishni yanada rivojlanishi rivojlanishning muqobil variantlarini tanlash bilan bog’liqdir. Bunda loyihali va dasturli yondashishlar qo’llaniladi. ITTKI, texnologiyalar, investitsiyalar, xodimlar i mkoniyatlarini, hamda resurslarni qidirish muammolarini baholash bashoratlashning majburiy bosqichi bo’ladi. Bashoratlashda vaziyatli va imitatsion (tahlidli) modellashtirishga asoslangan miqdoriy usullar keng qo’llaniladi. Bozor iqtisodiyotida rejalashtirish jarayoni ko’rsatmali xarakterga ega emas, ammo u ko’pincha rivojlanishning strategiyasini belgilash, faoliyat ko’rsatkichlari tizimidan foydalanishga imkon beradi. Rejalashtirish jarayoni, innovatsion menejmentning markaziy vazifasi bo’lgan holda, rivojlanish ustuvorliklarini tanlashdan iborat bo’ladi.

Test savollari


1.Innovatsion strategiyani tanlashga qaysi omil hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi?
1. Yuqori boshqaruv lavozimi
2. Xodimlarning malakas
3. Moddiy bazaning holati
4. Kapitalning mavjudligi
2.Tashkilotda to'planib borayotgan texnologik bo'shliqni bartaraf etish imkoniyatini beruvchi strategiyalarning nomlari qanday:
+ 1.Innovatsion rivojlanish
2. Ekstensiv rivojlanish
3. Qisqartmalar
4.Integratsiyani rivojlantirish
3. Menejment –bu:
+1. boshqaruv munosabatlari
2.ishlab chiqarish munosabatlari
3.bozor munosabatlari
4.savdo munosabati
4.Innovatorlar, investorlar va ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar tizimi qanday nomlanadi?
1. Innovatsiyalar bozori
+ 2. Innovatsion soha
3.Innovatsiyalarni boshqarish
4. Innovatsion bozor
5.Innovatsion strategiyani amalga oshirishni ta'minlovchi korxonaning tashkiliy mexanizmi qanday nomlanadi?
+ 1.Innovatsion salohiyat
2. Strategik salohiyat
3.Innovatsion loyiha
4. Ishlab chiqarish quvvati

Yüklə 292,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə