Wps presentation



Yüklə 1,52 Mb.
tarix11.10.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#126988
Xayol

Xayol.

  • 1.Xayolning asosiy xossalari va turlari.
  • 2.Xotira haqida tushuncha
  • 3.Xotiraning harakat, emotsional, obrazli va so‘z-mantiqiy turlari
  • 4.Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha.
  • 5.Xayol va ijodkorlik. Xayolning individual xususiyatlari va rivojlanishi.

Individning o‘z hayotiy tajribasini esida olib qolishi, esda saqlab turishi va keyinchalik esga tushirib turishi xotira deb ataladi.

Xotira inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarda qatnashishi tufayli uning namoyon bo‘lish shakllari ham nihoyat darajada har xildir.

Xotira inson hayoti va faoliyatining barcha sohalarda qatnashishi tufayli uning namoyon bo‘lish shakllari ham nihoyat darajada har xildir.


Faoliyat maqsadi xarakteriga ko‘ra xotira ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlariga bo‘linadi.
Materialni qancha esda olib qolish va esda saqlash muddatiga qarab qisqa muddatli, uzoq muddatli, oparetiv xotira turlariga bo‘linadi.

Xotira jarayonlari

Xotira turlaridan tashqari ularning jarayonlari ham harakaterlanadi. Bular esda olib qolish (mustahkamlash), esga tushirish (aktuallashtirish, qayta tiklash), esda saqlash va unitish jarayonlaridir.


Esda olib qolish natijasida yangi materialni oldin o‘zlashtirilganlari bilan bog‘lash orqali mustahkamlanadi.
Esda olib qolish ham qisqa muddatli va uzoq muddatli, ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolish tarzida bo‘ladi.
Qayta esga tushirish – ilgari esda olib qolingan materialni aktuallashtirish. Qayta esga tushirishning tanish, qayta esga tushirish va xotirlash kabi turlari farqlanadi.
Xotirlash-o‘tmishdagi obrazlarimizni zamon va makonda lokallashtirilgan holda qayta esga tushirishdan iborat.
Unutish – esda olib qolingan materialni vaqtinchalik yoki butunlay qayta tiklay olmaslik.

Xayolning maxsus vazifalari


birinchisi voqelikni obrazlarda ifodalash va masalalarni hal etishda ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdan iboratdir. 
Uchinchi vazifasi xayolning inson bilish jarayonlari va holatlari, xususan, idrok, diqqat, xotira, nutq va hissiyotlarni ixtiyoriy boshqarishdagi ishtiroki bilan bog‘liq. 
ikkinchi vazifasi emotsional holatlarni boshqarishdan iborat.
Beshinchi vazifasi – bu faoliyatni rejalashtirish va dasturlash, bunday dasturlarni tuzish, ularning bexatoligi, joriy qilish jarayonini baholash.
To‘rtinchi vazifasi harakat ichki rejasining shakllanishi – obrazlardan foydalanib, ularni ongda bajarish layoqatidan iborat.

Faollik belgisi bo‘yicha xayol faol va sust xayolga bo‘linadi.


Sust xayol ichki, sub’ektiv omillarga bo‘ysunadi.
Faol xayol doimo ijodiy va shaxsiy masalani hal etishga qaratilgan, aniq amaliy faoliyatni bajarish bilan bog‘liq. 

Sust xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. 


Oldindan ko‘zlangan, maqsadga yo‘naltirilgan tarzda inson tomonidan o‘z tajribasining mos elementlaridan foydalanish va ularni yangi obrazlarda qayta yaratish ixtiyoriy xayol deyiladi.
Ixtiyorsiz xayol inson irodasidan tashqarida, boshqa u yoki bu idrok qilishga bog‘liq ravishda yuzaga keladi.

Maqsadli xayol o‘zini uch xil shaklda:


orzular – istalgan kelajak obrazlari
shirin xayol – dolzarb kechinmali irreallik obrazlari
fantaziyalar – yaqin kelajak obrazlari

Xayol jarayonlari


Agglyutinatsiya – «yelimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. 
Giperbolizatsiya – obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o’zgartirishdir.
Tizimlashtirish – o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish
Aksentlashtirish (urg’u berish) – ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish
E`TIBORINGIZ UCHUN
TASHAKKUR!
Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə