2-mavzu: Davlat byudjeti ijrosi hisobining tashkiliy uslubiy jihatlari reja



Yüklə 31,37 Kb.
səhifə1/7
tarix23.12.2023
ölçüsü31,37 Kb.
#155177
  1   2   3   4   5   6   7
2-MAVZU Davlat byudjeti ijrosi hisobining tashkiliy - uslubiy jihatlari


2-MAVZU: Davlat byudjeti ijrosi hisobining tashkiliy - uslubiy jihatlari


REJA:

  1. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida ,davlat maqsadli jamg’armalari buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari.

  2. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalari buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan buxgalteriya xujjatlari.

  3. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida ,davlat maqsadli jamg’armalari buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlar va buxgalteriya balansining tuzilishi.

  4. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida davlat maqsadli jamg’armalari, buxgalteriya hisobi registrlari va ularga yozuvlar qilish tartibi.

  5. Moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi.

6. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida xamda davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi bo’yicha budjet hisobining ahborot tizimlari va ulardan foydalanish.
7.Davlat budjeti ijrosi bo’yicha budjet hisobini tashkil etishning horij tajribasi

  1. Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari

Davlat budjeti ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining "Budjet tizimi to’g’risida" va "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonunlariga, “Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma”, G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat budjeti kassa ijrosi .O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013 yil 2 dekabr 157-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti g’azna ijrosi budjet hisobi to’g’risida yo’riqnoma ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda va boshqa tegishli qonuniy xujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari Qaroqalpog’iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlari buxgalteriya hisobini yuritadi. Xozirda budjet ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sababli, Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yagona “G’azna dasturi”da yuritmoqda. Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterlari o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar.
Moliya organlarida, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida buxgalteriya hisobini yuritishdan maqsad davlat budjeti ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirishdan iboratdir.

Yüklə 31,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə