O’zbekiston Respublikasida byudjet g’azna ijrosi joriy etilishining huquqiy-me’yoriy asoslari



Yüklə 83,61 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü83,61 Kb.
#139499
O’zbekiston Respublikasida byudjet g’azna ijrosi joriy etilishining huquqiy-me’yoriy

O’zbekiston Respublikasida byudjet g’azna ijrosi joriy etilishining huquqiy-me’yoriy asoslari

Bajardi;Baxtiyor Soataliyev


Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjetlarining ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining "Budjet kodeksi" va "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi qonunlariga, “Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Budjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma”, G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat Budjeti kassa ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011 yil 14 yanvardagi 2-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Davlat Budjeti, Davlat maqsadli va Budjetdan tashqari boshqa jamg’armalari Budjeti g’azna ijrosi buxgalteriya hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda va boshqa tegishli qonuniy xujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari Qaroqalpog’iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlari buxgalteriya hisobini yuritadi
Hozirda budjet ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sababli, Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yagona “G’azna dasturi”da yuritmoqda. Moliya organlari shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterlari o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat Budjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjetlarining ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirishdan iboratdir.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjetlari ijrosi buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
  • Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjeti ijrosi jarayoni muomalalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish;
  • Buxgalteriya hisobvaraqlarda Budjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish;
  • Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjeti ijrosi natijalarini aniqlash;
  • Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjeti ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzish, taqdim etish va boshqalar

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi bo’yicha Budjet hisobida qo’llaniladigan hisob xujjatlari va registrlari
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining ijrosi buxgalteriya hisobini amalga oshirish uchun g’aznachilik bo’linmalarining birlamchi hujjatlarga va hisobga olish registrlariga imzo qo’yish huquqiga ega hodimlari tomonidan imzolangan birlamchi hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Birlamchi hisob hujjatlarida ma’sul shaxslarning imzolari bo’lmasa, ular haqiqiy hisoblanmaydi. Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya yozuvi uchun quyidagi belgilangan tartibda rasmiylashtirilganlar asos bo’lib xizmat qiladi:
- G’aznachilik bo’linmalarining g’azna hisobvaraqlaridan, ushbu hisobvaraqlardan pul mablag’larining (o’tkazish va qabul qilish) harakatini tasdiqlovchi xizmat ko’rsatuvchi banklarning tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va boshqa to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz holatidagi) ilova qilingan bank ko’chirmalari;
  • 11-sonli shakldagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha bildirishnoma;
  • - 3-sonli shakldagi Budjetlarni g’azna hisobvaraqlariga Davlat budjeti, jamg’armalar Budjeti, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyotiga kelib tushgan daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnoma;
  • - 274-sonli shakldagi memorial order;
  • - Davlat budjeti, jamg’armalar budjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek Budjetdan mablag’ oluvchilarning budjetdan tashqari boshqa mablag’lari hisobini yuritishda ishlatiladigan boshqa hujjatlar.

"Bosh jurnal" daftari;
Budjet mablag’lari kassa xarajatlari kitobi, jamg’arma mablag’lari taqsimlovchilari kassa xarajatlari kitobi, Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi, bojxona organlari g’azna depozit schyotiga mablag’lar tushumi va sarflanishi hisobi kitobi, Budjetdan mablag’ oluvchilarning boshqa Budjetdan tashqari mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi;
Budjetlar bilan hisoblashuvlar kitobi, budjetlar va jamg’armalar bilan hisoblashuvlar, shuningdek jamg’armalar bilan ssudalar bo’yicha hisoblashuvlar kitobi;
boshqa Budjetlar bilan hisob-kitoblar kitobi;
Budjet mablag’lari daromadlari va tushumlari hisobi kitobi, jamg’armalar mablag’lari daromadlari va tushumlari hisobi kitobi.
Davlat Budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjetlarining ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi quyidagi hisobga olish registrlarida yuritiladi:

AKTIV

PASSIV

Bo’lim

Bo’lim

1

Pul mablag’lari

1

Daromadlar

2

Xarajatlar

2

Olingan ssudalar

3

Berilgan ssudalar

3

Hisoblashuvlar

4

Hisoblashuvlar

4

Olingan mablag’lar

5

Berilgan mablag’lar

5

Natijalar

Balans

Balans

Davlat Budjeti ijrosi bo’yicha buxgalteriya balansi
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Yüklə 83,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə